O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
-4-mavzu: Hozirgi o`zbek she’riyati
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
3-4-mavzu: Hozirgi o`zbek she’riyati
Reja: Bugungi o‘zbek she’riyatining asosiy xususiyatlari. Zamonaviy she’riyat janrlari, vaznlari, lirik qahramon. Bugungi o‘zbek poeziyasida badiiy mahorat masalasi. An’anaviy va modern sheriyatning o`ziga xosligi. Yirik lirik janr namunalarida olamni badiiy masalasi, qayta gavdalantirishning o‘ziga xosligi. Tayanch tushunchalar: she’riyat, taraqqaiyot tamoyillari, she’riyatda shakliy-mazmuniy yangilanishlar, she’riy janrlar traqqiyoti, she’riyatda mavzu va g‘oya, she’riyatda yangilanish xususiyatlari, istiqlol davri she’riyati, falsafiy-estetik asos, realistik metod, modern yo‘nalish, etakchi tamoyil, uslubiy yangilanish, tasvir xillari, poetik obraz, lirik qahramon. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida teran falsafa, haqqoniyik va hozirjavoblik kuchaydi. Musatqillik davriga kelib xalq va millat manfaatlarini tiklash, turmush sharoitini yaxshilash, uning ruhiy olamini tushunishga intilish tamoyillari ustuvor bo‘lganligini she’riyat namunlari ham ko‘rsatib turadi. Insoniy dard bilan yo‘grilgan she’riyat yuqimli va ta’-sirchan bo‘ladi. CHunki insonning qalbi kulgidan emas, dard va iztirobdan poklanadi. Davr she’riyatida Vatan, erk, mutsaqillik, muhabbat, sadoqat, tabiat, odamiylikni ulug‘lash kabi juda ko‘plab mavzularda qalam tebratildi. Ammo ushbu mavzudlar orasida Vatan va istiqlolni ulug‘lash masalasi etakchilik qildi. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining ma’naviy miqyosi, badiiy salohiyati sezilarli darajada o‘sdi. Shu ma’noda hozirgi o‘zbek adabiyotida lirika alohida o‘ringa ega. Unda zamondoshimiz qalbida kechayotgan his-tuyg‘ularni aks ettirish barobarida, she’riyat jamiyatimizning har bir a’zosida mustaqillikka shukronalik, porloq kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi. El-yurt ravnaqi, xalq farovonligida, yurt tipchligi, fikr ongi ezgu maqsad sari yo‘nalishida, komil insoning shakllanishida milliy g‘oya va milliy mafkuraning o‘rni o‘zgacha. Uni odamlar qalbi va ongiga singdirishda bir qancha omillar qatorida adabiyot alohida rol o‘ynaydi. Milliy g‘oya va milliy mafkura keng tushuncha va tarkibiga ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, diniy masalalarni qamrab oladi. Milliy g‘oya insop va jamiyat hayotiga juda katta ma’no va mazmun kasb etadigan falsafiy fikr hamda dunyoqarash olib kiradi. Bu fikrlar insoniylik bilai yo‘g‘rilgani uchun uni ezgu maqsadlar sari etaklashi, tabiiy. Mafkura esa ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish g‘oyasipi ishlab chiqadi. Davr she’riyatida milliy g‘oya va mafkurmiz tamoyillarini teran badiiy mazmun va serjilo bo‘yoqlarda kitobxonga etkazxish harkatlar ko‘rindi. Milliylik, milliy urf-odatlar, o‘zbek millati mentalitetiga xos ajoyib axloqiy jihatlar she’riyat namunlari orqali komil insonni tarbiyalashdek adabiyotning muqaddas va bosh vazifasini to‘laqonli amalga oshirish ishini ado etishga kirishdi. O‘zgargan, yangilangan ijtimoiy sharoitda shaxs faollashdi, uning jamiyatdagi o‘rni, mavqei o‘zgarib, o‘zini shaxsiy turmushi va ijtimoiy tartibotlarni o‘zgartirishga qodir sifatida his etadi. O‘zgalar turmushi bilan qiyoslash imkoni millatning mavjud holidan qoniqmaslik tug‘dirib, islohotlar zaruratining anglanishiga zamin yaratdi. Zaruratni teran idrok etgan ziyolilarni birlashtirgan aadbiyot ana shu mafkurani xalqqa anglatishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ayni shu narsa she’riyatdagi ijtimoiylashuvni mafkuralashuv o‘zaniga burgan bosh omillardandir. Milliylik bilan yo‘g‘rilgan she’rlarning ahamiyati shundaki, u yurtga, vatanga, xalqqa, odamlarga nnsbatan kishi qalbida katta mehr uyg‘otadi, xalqning tarixiy qadriyatlari, urf-odat, udumlari, mehnatkashligini ulug‘laydi, eng muhimi, kitobxonda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun xizmat qiladi. YAngi davri o‘zbek she’riyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g‘oyani ochib berish, uning etakchi goyaviy-badiiy tamoyillarini aniqlash o‘zbek she’riyatinipg istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi. Istiqlol davri adabiyoti kechagi adabiyotdan ijodkor masala mohiyatini, maqsadini, ilgari surmoqchi bo‘lgan fikrini tashqi jihatlariga ko‘ra emas, botinan yoritishi bilan ajrab turadi. Bunda ijodkorlarimiz mehr-oqibat va muhabbat tuyg‘ularini balandparvoz va soxta hayqiriqlar bilan emas, balki sokinlik bilan nihoyatda samimiy holda ifodalashadi. Xurshid Davron "Sen umrimning tongisan" degan she’rida mustaqil vatanni shunday ta’riflaydi: Men ko‘ksingga boshim qo‘ydim: Sen chekan g‘am, hasratda kuydim, Suydim sening Oqdaryog‘ingni Hamda Qoradaryog‘ingni suydim, Ey, qalbimning onasi, Vatan! Bunda erda Vatan so‘zi mavhum ko‘rinishga ega emas, balki aniq sifatga, jonli qiyofaga ega tarzida gavdalanadi. So‘zdagi ifoda ana shunday ta’rifni taqozo qiladi. Ma’lumki, hayotda onaning ko‘ksiga, otaning elkasiga bosh qo‘yiladi, Demak, Vatan ona qiyofasida kelyapti. Hayot haqiqatidan ma’lumki, odatda otadan ko‘ra, ona ko‘proq g‘am chekadi va hasrat tortadi. CHindan, shoirning Vatanning g‘amidan kuyinganiga kitobxonda ishonch ruhi paydo bo‘ladi. CHunki Vatanning boshiga ko‘p savdolar tushgani - haqiqat. SHe’rda Oklaryo va Qoradaryo ifodasi ham o‘z tabiiy ma’nosidan ko‘ra, salmoqli falsafiy mazmunga ega. SHoir Oqdaryo deganda Vatanning yorug‘, nurafshon kunlarini nazarda tutsa, Qoradaryoda esa boshiga tushgan qora kunlariga ishora qiladi. SHoir Vatanni yaxshi- yomonlik kunlari bilan barobar sevadi. CHunki u - ona. Har qanday farzand onaga birday aziz. SHoir uchun Vatan shunday azizdir va mo‘‘tabar ekanligi she’r orqali yaqqol anglashilib turadi.. Istiqlol davri she’riyatida xilma-xil she’riy shakllardan foydalanildi. Ikkilik, uchlik, to‘rtliklardan tortib, mumtoz she’riy janrlargacha, G‘arb adabiyotidagi she’riy shakllargacha juda ko‘plab shakliy-uslubiy xususiyatlar namoyon bo‘ldi. Ushbu xususiyat she’riyatimizdagi shakliy-badiiy xilma-xillik va izlanishlarni ko‘rsatib turgani holda, she’riyatning mazmuniy yangilanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. YAngi davr she’riyatida mumtoz adabiy an’analarni badiiy o‘zlashtirish orqali janrlar o‘zining yangicha ko‘rinshlariga ega bo‘ldi. Mumtoz adabiyotda ko‘plab qasidalar yozilgani bizga ma’lum. Qolaversa, mumtoz qasidalar ko‘proq ulug‘ kishilar, shoh yoki yuyuqori martabali, el-yurt hurmatini qozongan shaxslar faoliyatini ulug‘lab yozilgan. Ammo istiqlol davri adabiyotiga kelib mazkur janr namunlarining ham mazmun-mohiyati kengaydi. Aadbiyotimizda ayniqsa, Vatanni ulug‘lab yozilgan qasidalar ko‘paydi. Sirojiddin Sayyid o‘zining "Bag‘ishlov" she’rida ezadi: Quyoshu oy kecha-kunduz Azal posboni bo‘lgan yurt, Go‘zal CHo‘lponlariyu ham Go‘zal osmoni bo‘lgan yurt, Sen, ey, sha’ni balandu ham Baland ayvoni bo‘lgan yurt, Tikilsam gar, sevinchdandir, Ko‘zimdan ketmagay namlar. SHoir Vatan ta’rifini shoir CHo‘lpon ta’rifi bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘ziga xos ifodalamoqda. Qolaversa, she’rdan ijodkorning yurtiga bo‘lgan otashin muhabbati sezilib turibdi. Mustaqillik davri she’riyatida yirik janrlardagi she’rlarning ham bzaga kelayotganligi ijobiy holatdir. Yirik janrdagi she’rlarda muallif davr va makon, zamondoshlar dunyoqarashidagi o‘zgarishlarni keng epik talqinlarda ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazarda qaraganda Xurshid Davronning “Vatan haqida etti qo‘shiq”, Azim Suyunning “O‘zbekiston”, Ikrom Otamurodning “YObondagi yolg‘iz daraxt”, “Xaritaga tushmagan joy”, Abdulla SHe’rning “YOnayotgan yo‘l” kabi dostonlari janrdagi yangilanishlar bilan bir qatorda xalqimiz qalbidagi og‘riq unqtalarni, o‘tmishdan qolgan jarohatlarni, zamondoshlar qalbida jo‘sh urayotgan fidoyilik, vatanparvarlik tuyg‘ularini falsafiy ohangda, badiiy jozibadorlikda tasvirlash orqali mustaqillik davri adabiyotini yuksak ma’naviy durdonalar bilan boyitdi. Davr she’riyatining muhim va zalvorli yutuqlaridan biri lirik qahramondir. Davr she’riyatining lirik qahramoni turli qiyofalari, turli ruhiy holatlari, turli vaziyatdagi tutumlari bilan namoyon bo‘ldi. Davrning etakchi ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, SHavkat Rahmon, Muhammad YUsuf, Tursun Ali, Abduvali Qutbiddin, Umson Azim, Azim Suyun, Iqbol Mirzo, Faxriyor, Ulug‘bek Hamdam, Sirojiddin Sayyid kabi o‘zbek shoirlari asarlarida lirik qahramon qalbi, hissiyotlari turfa xil jilolarda jonlandi. Masalan, shoir Erkin Vohidovning “Vatan umidi” she’ridan quyidagi satrlarni o‘qiymiz: SHukrkim, keldi istiqlol, Umidimni rost qil, Ollohim, Ki shoyad beqafas bulbul Kabi sohib chaman bo‘ldim. SHe’rdagi lirik qahramon istiqloldan ruhlanib, o‘zini behad shod va shukronalik kaayfiyatida his etadi, mustaqil yurtiga bo‘lgan e’tiqodi, muhabbati, samimiy tuyg‘ularini jo‘shqinlik bilan ifoda etadi. Davr she’riyatning lirik qahramoni goh zamondoshimiz bo‘lsa, goh o‘tmish davrdagi ajdodimiz, goh esa yozuvchining estetik niyatiga ko‘ra ramziy obraz qiyofasi bilan namoyon bo‘ldi. Ammo eng muhimi istiqlol davrining lirik qaharamoni Vatan va istiqlolning shukuhidan shodlangan, milliyligini anglagan, odamiylik fazilatlarini ulug‘lagan, diniy-va dunyoviy ilmlarda tilga ulug‘langan fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarning badiiy tajassumi sifatida yuzaga chiqdi. SHuningdek, istiqlol davri she’riyati iymon mustahkam, e’tiqodi but, vatanparvar va millatsevar, odamiy insonning ma’naviy qiyofasi, ruhiy olamini tasvirlash orqali adibiyotning komil insonni tarbiyalashdek oliy vazifasini ado etishga intildi. Mustaqillik davri adabiyotida shoirlarning o‘z nigohini tashqaridagi muammolardan uzib, ichkariga – botinga qaratishi shu davr she’riyatining tub yangiligi hisoblanadi. Bunday sharafga o‘zbek shoiri qariyb chorak kam bir asr mobaynida mustaqillik sharofati tufayli erisha oldi. U o‘zi xohlagancha ko‘ngil rozini to‘kib solishga, u bilan bahslashish, yaqindan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bunday she’rlarda fuqaroni qandaydir buyuk ishlarga da’vat etadigan otashin chaqiriqlar yo‘q, ijtimoiy masala yo‘q. Biroq ular aynan biz haqimizda, ko‘ngilimizdagi adoqsiz siru sinoat va iztiroblar haqidadir. SHu jihati bilan bizga yaqin va qadrdondir. Masalan, Z.Mirzoning “Nur kukunlari”, H.Ahmedovaning “Umid soyasi”, R.Rahmonning “Xastalik daftari” deb atalgan kitoblarini mutolaa qiling: nuqul hijron, dard, o‘limni kuylaydi. Garchi bular umuminsoniy tuyg‘ular bo‘lsa-da, 20-30 yil oldin ularning dunyoga kelishi dargumon edi. Bunday she’r mualliflari albatta tegishli jazosini olardi. Biroq shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, istiqlol davri she’riyati faqat ko‘ngilning intim kechinmalarini kuylash bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. S.Sayyid, I.Mirzo, M.Mirzo, U.Azim, A.Suyun, Tursun Ali kabi shoirlar ijodida ijtimoiy masalalar ham baland pardalarda kuylanmoqda. Ammo bu ijtimoiy masalalar ayrim shoirlar tomonidan balandparvoz so‘zlar orqali hissiz, quruq holda ifodalanayotgani ham sir emas. Fikrim isbotsiz bo‘lib qolmasligi uchun bitta misol keltiray: Bu dunyoda millatlar ko‘p, ellar ko‘p, Ellatlar ko‘p, taqdirlar ko‘p, yo‘llar ko‘p, Bir yon chaman, bir yon sahro, cho‘llar ko‘p, O‘zing mening yagonamsan diyorim, Durlar ichra durdonamsan diyorim. (K. Sindarov. O‘zing mening yagonamsan. T., 2008. 3-b.). Endi mavzu va g‘oya birligi masalasini hozirgi o‘zbek she’riyati misolida ko‘rib chiqaylik. SHu narsa quvonchliki, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida mavzu cheklanmagan, sho‘rolar paytidagidek ta’qiqlangan mavzu yo‘q. Ijodkor xohlagan mavzu bo‘yicha asar yaratishi mumkin. Faqat uning g‘oyasi umumbashariy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lsin. Insonni yovuzlikka emas, ezgulikka chorlasin. Ijodiy erkinlik berilganligi tufayli hozirgi o‘zbek she’riyatining mavzu ko‘lami keng va rang-barangdir. Adabiyotshunos U.Hamdam “bugungi o‘zbek she’riyati mavzularining ishlanish ko‘lami va darajasiga qarab” quyidagicha tasnif etishni taklif qiladi: ishqiy intim mazmundagi she’rlar; intim mazmunli she’rlar (bularning farqi shundaki, birida oh-voh, tushkunlik ko‘p; ikkinchisida – umidbaxshlik kuchli; yana ko‘ngilning turfa intilishlari, faqat yor emas, ona, yurt, do‘st va h.k.). madhiya – bag‘ishlov she’rlar; uhroviy mazmundagi she’rlar (biz buni ruhoniy she’rlar deb ataganmiz, ya’ni dunyoning o‘tkinchiligi. YAratganga iltijo, tavba – tazarru – Y.S.); tarixiy mazmundagi she’rlar; pand – nasihat she’rlar; Vatan va uning mustaqilligi haqidagi she’rlar; o‘lim mavzusidagi she’rlar; boshqa har xil mavzudagi she’rlar: Albatta, olimning o‘zi aytganidek, bu tasnif g‘oyat shartli bo‘lib, uni yanada kengaytirish ham, qisqartirish ham, ba’zilarining o‘rnini almashtirish ham mumkin. Bu mavzular orasida ishqiy hamda intim mavzudagi she’rlar salmog‘i juda baland, hatto keyingi 20 yillik o‘zbek she’riyatining asosiy qismini egallaydi. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘ta sub’ektivligi, tushkun kayfiyatda yozilganligi, o‘quvchini muhabbatning hayotbaxshligi, kuch-qudratiga ishonchini ottirishga o‘rgatish o‘rniga, nuqul hijron, yolg‘izlik, bevafolik, yo‘qotish, sarsonlikdan iborat ohu-nolalarni ifodalayotgani ham sir emas (bu haqda qarang: Y.Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko‘zlari. 158-168-b.). Binobarin, sevgi, vafo va vafosizlik, hijron va o‘lim singari umuminsoniy mavzular hamma davrda ham bo‘lgan, har bir davr kishisi sevish, sevilishga, yig‘lash yoki kulishga, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga, bular to‘g‘risida o‘ylashga, yozishga haqlidir. Biroq ushbu mangulikka daxldor tuyg‘ular, barqaror fikrlarni bachkanalashtirib, soxtalashtirib, nuqul ko‘z yoshi bilan sug‘orib ifodalashga har doim ham yaxshilikka olib kelavermaydi. Istiqlol davri she’riyatining bosh maqsadi Vatanga sadoqatli barkamol avlodni tarbiyalash, xalqning milliy ongini shakllantirish, o‘zligini tanitish, erkin ruhni o‘stirishdan iboratdir. Hozirgi paytda she’r haqidagi tasavvur ham, she’riyatga munosabat ham tubdan o‘zgardi. Istiqlol she’riyati ham shakli, ham mazmuni jihatidan boshqacharoq sifat kasb eta bordi. Unda ijtimoiy tafakkur yuki ortdi. Bu borada ijodkorlarning o‘rta avlodiga mansub toifa ibrat ko‘rsatayotir. E.Vohidov, A.Oripov, O.Matjon, R.Parfi, U.Azim, X.Davron, H.Xudoyberdieva, ularning izidan borayotgan S.Sayyid, I.Mirzo, M.Mirzo, A.Qutbiddin, Z.Mirzo, H.Ahmedova, X.Rustamova, G.Begim singari o‘nlab shoirlar ibrat ko‘rsatmoqdalar. SHunisi muhimki, ularning she’rlari zamonning chirsillab turgan voqealaridan xoli emas, ayni chog‘da qadim mumtoz she’riyatimiz an’analaridan ajralib ham qolgan emas. Biroq shuni ham yashirmaslik joizki, mustaqillik davri adabiyotining ilk bosqichi (1990-2000)da g‘oyadan, g‘oyaparastlikdan uzoqlashish sezildi. Bu adabiy hodisaning ikki tomoni bor: biri foydali, ikkinchisi zararli. G‘oyadan voz kechishning foydali tomoni shunda ediki, o‘zbek she’riyati istiqlol yillarida sovet davridagi singari g‘oyaparastlikdan qutildi. Ma’lumki, o‘zbek “sovet” shoirlari kommunistik partiya siyosatini ulug‘lashga, shiorlarni bayroq qilib olishga, kommunizmni madh etishga majbur edi. Insonning ko‘ngli, tashvishi bilan mutlaqo ishi bo‘lmasdi. Endi she’riyat hukmron g‘oyadan, yagona etakchi mafkuradan qutilgach, bir muddat nimani kuylashni, qanday g‘oyani ilgari surishni bilmay garangsib qoldi. Boisi, adabiyot paydo bo‘lganidan beri, ayniqsa, chorak kam bir asr davom etgan sovet mustamlakachiligi davrida turli darajada, har xil shakllarda zimdan kuylab, intilib kelgan asosiy orzusi (erk mavzusi) – mustaqillik qo‘lga kiritilgan, yurt ozodlikka erishgan, milliy g‘urur tiklangan, xullas, muammolar hal qilingandi. Vatan ozod bo‘ldi, maqsadga erishildi. Xo‘sh, endi nimani kuylash, qanday g‘oyani ilgari surish kerak? G‘oyasizlik shundan kelib chiqdi. Ammo bu g‘oyasizlik uzoq davom etmadi. Ma’lum bir taradduddan so‘ng shoir o‘z “men”iga murojaat qildi. “Men”ning ichi – ko‘ngil - dardga to‘la edi, u juda zanglagan, diqqinafas bo‘lgan edi. O‘ziga e’tibor berilganidan quvonibmi, o‘ksinibmi, oh-voh qila boshladi. Og‘ziga kelganini ayta boshladi. Uni hamma ham eshitavermadi, chunki har kimning tashvishi o‘ziga etarli edi. Umumning dardini tushunish, kuylash uchun ko‘ngilni zanglardan, g‘uborlardan tozalash kerak edi. Ko‘ngilga erishilgan maqsadning ulug‘ligini, mustaqillikning shukuhini, uni mustahkamlash tuyg‘usini, millatning ertangi qayg‘usini, buyuk davlat yaratish orzusini singdirish zarur edi. Bora-bora bunga erishildi ham. Binobarin, she’riyat XX1 asr boshlaridan to‘la ma’noda yangilikka yuz o‘girdi, unda tom ma’nodagi ijobiy, o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Ko‘z o‘ngimizda yuz ochayotgan bu nafis olam – mustaqil yurt fuqarosining o‘zligi, xalqning shakllanayotgan va tobora yangilanayotgan milliy ongi, madaniyati, qadriyatlarining tiklanish, ma’naviyati, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan mafkura bilan chambarchas bog‘liq edi. SHe’r bu – insonning qalbi, ruhi ekanligi amalda isbotlana boshladi. Qalb bilan ruh esa ilohiyatga tegishli, unga yondashdir. YAxshi she’r yozilmaydi, balki tug‘iladi, voqe’ bo‘ladi. Bu g‘ayb ilmi bilan bog‘liq bir sirli holatdir. Darvoqe, haqiqiy shoir ham birovning yo‘l-yo‘rig‘i bilan emas, yaratganning amri bilan ijod qiladi. SHunga amal qilish asnosida shoirlar va she’rlar saralana boshladi. Binobarin, she’r yaratish baqiroqlik mahsuli emas, balki ibodat ekanligini, ijod bu sajdaga bosh qo‘yishdek muqaddas holat ekanligini, huddi oyatlar mehr bilan shivirlab o‘qilgani singari she’r ham suhbatdoshni yoningga chaqirib, “Dilingdagi sirni do‘stingga ochmoq kabi qutlug‘ marosim” (X.Davron) ekanligini anglagan shoirlar ajralib chiqdi. Ular Vatan, millat, yor, inson, er, vafo, baxt, qayg‘u to‘g‘risida bu so‘zlarni ishlatmay ham shu qadar ehtiros bilan yozdilarki, ularni o‘qib, hayajondan o‘zingizni bosolmaysiz, muhabbat iforidan boshingiz aylanadi. SHunday shoirlardan biri hamyurtimiz Tursun Alidir. Uning she’rlari asosan Vatan mavzuiga bag‘ishlanadi. Ammo ularning aksariyatida “Vatan”, “diyor”, “yurt” degan so‘zlar, odatdagi otashin va yolqinli xitoblar, oh tortish, ko‘ksiga urib baqirish uchramaydi. SHoir bu tuyg‘ularini sekingina, ohista, bosiqlik bilan aytadi (shuning uchun ham kitobning nomi “Sokin hayqiriq” deb qo‘yilgan). Ajabki, mana shu sokinlik bag‘rida Vatanga muhabbatning o‘chmas va qudratli olovi, tuyg‘uni portlatuvchi atom zarrasi, kayfiyatni osmon qadar ko‘taruvchi po‘rtana yashiringan. Masalan: Uyimdan uzoqda biroq yashayman uyimda. SHunday satrlarni shu va boshqa shoirlar ijodidan toping va tahlil qiling. SHu bilan birga bu davr she’riyatida “Vatan! Men seni sevaman! Sensiz menga hayot yo‘q!” deb baqirayotgan shoirlar ham ko‘paydi (aslida u juda bemalol, beg‘am-betashvish yashayotgan bo‘ladi). Quruq dabdaba, ayyuhannos solish, baqirish – kuchsizlik belgisi ekanligini unutmaslik zarur. Vatanga muhabbat, yorga sadoqat singari ulug‘ tushunchalar haqida quruq safsata sotuvchi shoirlar nazarimda, bank xodimlariga o‘xshaydi: kuniga qo‘lidan behisob pul o‘tadi-yu, unga ega bo‘lolmaydilar. CHunki bu pullar o‘ziniki emas-da! Pulning hidi na to‘ydiradi, na sarxush qiladi; na rangining yuqi qoladi. Hozirgi shoirlar orasida qandaydir “she’rbozlar” ko‘payib ketganga o‘xshaydi. Ular hamma narsadan she’r yaratishga, o‘quvchini hayratda qoldirishga urinayotgandek ohanjama usullarda, balandparvoz so‘zlarda “shig‘ir” bitishga urinmoqdalar. Vaholanki, ularning ta’sir kuchi kam, go‘yo qog‘oz gullardan yasalgan guldastaga o‘xshaydi. SHaldiroq ovoz chaqiradi-yu, hidi yo‘q, ko‘rinishi g‘oyat go‘zal-u, tarovati yo‘q. SHukurki, baxtimizga “badiiy ijod haqiqiy diyonat va pok diniy e’tiqod singari muqaddas ish” (L.Tolstoy) ekanligini amalda isbotlayotgan E.Vohidov, A.Oripov, H.Xudoyberdieva, O.Hojieva, U.Azim, I.Otamurod, I.Mirzo, S.Sayyid singari o‘nlab shoirlarimiz bor. Ular haqiqiy she’r insonning tom ma’nodagi ruhiyatini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lishi uchun astoydil kurashmoqdalar. Ulardan biri: SHunchaki yozmoqqa ko‘ngil to‘lmaydi, SHunchaki yozmoqqa bormaydi qo‘lim. SHunchaki yozganga chidab bo‘lmaydi, SHunchaki yozmoq bu – shoirga o‘lim! (H.Xudoyberdieva) deya hayqirgan bo‘lsa, yana biri: Haq gap uchun har bir ishga ko‘nadi el, To‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el. Dordan qo‘rqib yolg‘on aytib turganim yo‘q, SHoirlari yolg‘on aytsa – o‘ladi el (U.Azim) deya jo‘r bo‘lib, yolg‘on she’riyat lashkariga qarshi maydonga chiqadi. Boshqasiga esa dilidagi dardini, otashin muhabbatini ohistagina: Men kuyinib sevaman, netay, Men kuyinib so‘zlayman xolos deb izhor etgan bo‘lsa (R.Parfi), yana bir shoirimiz “O‘zim o‘z qalbimning Kolumbi” bo‘lib kashf etishim, buning uchun daraxt singari yonishim kerak deb qasam ichadi: Daraxtlar yonmoqda bugun dunyoda, YOnib, o‘zgalarni uyg‘otmoq ne baxt! Do‘stlarimdir barcha yonayotganlar, YUragimdir yonayotgan daraxt! (O.Matjon). Ana shunday otashnafas shoirlarimizning halol va beminnat mehnati tufayli istiqlol davri she’riyatining mavzu ko‘lami kengaydi, g‘oyaviy yuki ortdi. Gap faqat mavzu va muammolarning kengayganligidagina emas. “Ana shu mavzu va muammolarning ifoda tarzi, badiiy tahlil etish san’ati, uslublar rang-barangligi, xalq yo‘lidagi baxshiyona, xalq dostonlari, termalari yo‘lidan tortib, olis YApon she’riyatidagi tanka, xokku shakllaridagi asarlarigacha paydo” (B.Nazarov) bo‘lganligida, ya’ni she’riyatning ham mazmunan, ham shaklan kengayganligidadir. Istiqlol davri adabiyotining ilk bosqichida xususiy matbuot va nashriyotlarning paydo bo‘lishi va umuman, jamiyatda, fikrlashda oshkoralik, erkinlik turli darajadagi past-baland, qing‘ir-qiyshiq, ko‘pincha, o‘ta sayoz asarlar oqimining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ba’zi qalamkashlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘arb adabiyotiga taqlid qila boshladilar. Taqlidchilik esa ijodkorni hech qachon ro‘yobga chiqarmaydi. Davrning o‘zi shoirlardan yangi she’riy shakllarni talab qila boshladi. Bu talabga birinchi bo‘lib E.Vohidov, A.Oripov, R.Parfi, H.Xudoyberdieva, O.Matjon, O.Muxtor, A.Obidjon kabi shoirlar javob berdilar. Masalan, insonning hijron va vafo sog‘inchini bosiq ohanglarda kuylashga moslashgan g‘azal janri E.Vohidov uchun zamonning o‘ta siyosiy, isyonkor masalalarini keskin publitsistik ohangda bayon etishga xizmat qildi. YOki A.Oripovning chuqur dard bilan sug‘orilgan she’rlari istiqlol mazmunining kuchi bilan bir qadar qisqa va keskin shaklga kirdi. O.Matjon yurt ozodligi, xalq tafakkuridagi to‘lg‘oqlarni ifodalash uchun “Xamsa” shakllariga murojaat qildi. A.Obidjon esa she’riyatda mazmun va shaklning mutanosibligini o‘zining usta Gulmat tilidan aytilgan g‘azallari, bir satrdangina iborat “ignabarg she’rlar”i, ikki misradan tashkil topgan “fard”lar (raqamlar bilan belgilangan) shaklida bayon qildi. Siz uning ijodini amaliy mashg‘ulotda o‘rganganingizda ixcham shakllarda kuchli kinoya orqali zamon illatlari fosh etilganiga, ya’ni mazmunning kichkina xumga solingan oltin singari yarqirab turishiga e’tibor bering. SHoir juda katta ijtimoiy mazmunni “ignabarg she’rlar”ida bir satrga, “fardlar”ida ikki misraga, “Uch chanoqlar”ida uch qatorga sig‘dira olishning ustidan muvaffaqiyatli chiqa oldi. Ularni o‘qigan o‘quvchi chuqur o‘yga toladi, fikrlaydi, xulosa chiqaradi. Buning uchun uning o‘zi ham katta bilim zahirasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, mana bu satrlarni sharhlang-chi: Qarmoq solsam, kulfat ilindi. * * * Uxlasa, sal halol yashaydi. * * * YOlg‘on tarix shol qildi meni. * * * Qarz olsang, soqovdan ol. * * * Itni itga tishlatib, vaqti chog‘dir itboqar, Bo‘ldi majruh ikki it, o‘zi sog‘dir itboqar * * * Kirib olding xonamga, Hech bo‘lmasa bolamga So‘yla mening tilimda * * Ochsam tarix kitobin, Xo‘jayin cho‘zib oltin, Der: “Qilsang-chi maishat!” Bu ixcham shakllarda bayon etilgan mazmunni izohlash, tushuntirish uchun qancha vaqt, necha qog‘oz kerak. A.Obidjonning shakl va mazmun borasida o‘tkazayotgan eksperimentlari g‘oyat muvaffaqiyatli chiqayotganini, A.Qodiriy aytganidek, “So‘z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht” bo‘lishiga erishayotganini, “so‘z so‘ylash va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha”ga rioya qilayotganini ta’kidlash o‘rinlidir. Farida Afro‘z, Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad, SHermurod Subxon, Abduvali Qutbiddin kabi shoirlar ham yangi shakllar izlash, unga mutanosib ma’noni sig‘dira olish borasida jiddiy izlanishlar olib borayotirlar. Masalan, F.Afro‘z ham ko‘plab uch misralik she’rlar yaratdi va ularni o‘quvchisiga “tasbehlar” deb taqdim etdi. Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev esa shoira F.Afro‘z tasbeh janriga asos soldi deb aytdi. SHu olim A.Suyunning “Ey do‘st!” turkumidagi besh misralik she’rlarini “qayirma” janri deb e’lon qildi. Bu shakllarning ildizlari o‘zimizning ko‘hna SHarq adabiyotida ham mavjudligini inobatga olsak, ularga alohida janr deb baho berish ortiqchaligi sezilib qoladi. 4. SHoirlarimiz o`zbek mumtoz she`riyati, xalq oo’zaki ijodi an`analarini davom ettirib, poetik nutq xususiyatlaridan mohirona foydalangan holda badiiy umumlashmalar yaratishga intilmoqdalar. SHe`riyatimizda inson qalbini anglashga, uni poetik tadqiqu tahlil qilishga intilish motivlari kuchaydi. An`anaviy she`rlarda ijodkor aytmoqchi bo`lgan fikr, ilgari surmoqchi bo`lgan o’oya, qarash, xulosalar aniq ravshan ochib ko`rsatib beriladi, kitobxondan ularni anglash uchun chuqur idrok talab etilmaydi, faqat uning his qilish va ibrat olishga qaratilgan maqsad yotgan xossasini inobatga olinsa, bas. An`anaviy she`rlarimiz o`tmish davr she`riyatimizning davomi sifatida xalq oo’zaki ijodi an`analari bilan suo’orilgan ijod namunalaridir. Ularda milliy ruh, xalqona til va tafakkur tarzi o`z ifodasini topgan bo`ladi. Xalqona obrazlar uzuk, taqinchoqlar, qaldiro’och, ilon, soch, ko`z, qosh kabi timsollar va ularning obrazli tasvir asosida berilgan mohiyati aks etadi. Hozirgi adabiy jarayonda Sirojiddin Sayyid, Halima Xudoyberdieva, Zulfiya Mo`minova, Iqbol Mirzo, Oydin Hojieva kabi shoirlarimiz she`riyatimizning an`anaviy uslub va yo`nalishlariga amal qilgan holda ijod qilib kelmoqdalar. Ular ulkan ustozlari O’afur O’ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, erkin Vohidov kabilar yo`lini davom ettirishga, ular ijodiy faoliyatining boqiyligini ta`min etgan ma`naviy qadriyatlarni uluo’lashga, badiiy falsafiy tadqiq etishga harakat qilib kelmoqdalar. An`anaviy yoo`sinda yozilgan she`rlarda ko`pincha xalqona iboralar, ifodalar, purma`no hikmatlardan foydalaniladi, ayrim paytlarda axloqiy-ta`limiy fikrlar, ruhiy holatlar to`o’ridan to`o’ri, ba`zan esa voqeabandlik asosida ifoda etiladi. Masalan, Sirojiddin Sayyidning bir she`rini olaylik: Ochsang davronlarning kitoblarini Qancha karvonlarning ertagi bordir. Tingla donolarning xitoblarini Egasi bor yurtning ertasi bordir. Ushbu she`rda poetik fikrni dalillash uchun shoir boshqa misollar keltirishga harakat qiladi Masalan, «donolarning ertagi» birikmasi ifodani yanada taranlashtiradi. Ma`lumki, karvonlar mol tashuvchilik bilan bir qatorda yillllar, yo`llar, manzillardan xabar tashuvchi axbortchilik vazifasini ham ado etgan. Bu o`rinda ularning xabarlarini ertak aytdi so`zi bilan iflodalaydi, ya`ni o`sha fikrlar bugungi kunga kelib biz - kelajak avlod uchun ertakka aylanganligi, ibrat olishga mo`ljallangan da`vatlar bajaradigan vazifani bajaruvchi hikmatlardek qaraydi va she`rning keyingi misrasida donolar so`zlariga quloq tutishga kitobxonni chorlaydi. Xullas, she`r aniq, badiiy go`zallikdan xoli bo`lmagan ibratli bir ma`no tashigan. An`anaviy she`rlarda shoirning ruhiy holati aks etgan bo`lsa-da ularda aniq xulosalar o`z ifodasini topgan bo`ladi. Ayrim she`rlarda voqeabandlik namoyon bo`lgan bo`lishi ham mumkin va o`sha voqea izchillik, aniqlik asosida bayon etib boriladi. Ayrim zamonaviy (modern) she`rlardagi kabi xayolga erk berib, «bir too’dagi, bir boo’dagi» fikrlarni sochib yubormaydi. Mana shu izchillik o`quvchiga aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Masalan, shoira Zulfiya Mo`minovaning bir she`rini olib ko`raylik: Sen unga sevaman deb aytolmaysan Derazang olidda yio’larkan yomo’ir To`ningni kiyasan, to`ningni To`ningda yillarning changini artib, O`zing tashlab ketib va yana qaytib Qaytsang, taqdiringga shukrlar aytib Elkangga tashlangan Savol bor – men bor Sen menga xiyonat qila olmaysan, SHohi ko`rpadagi nozu firoqni Bir chetga surgancha sovuqqon va jim Poygakka kelasan Poygakda quchoqlab tuflilaringni Izzilab yio’lagan SHamol bor – Men bor. Bunda lirik qahramonning xayolida qandaydir voqea tasavvuri namoyon bo`ladi. Ayni paytda she`r orqali kitobxon ko`z o`ngida ham o`sha tasavvur uyo’onadi. SHe`rda nafaqat lirik qahramonning, balki lirik qahramon tasavvurida jonlangan shaxsning ham ruhiy holati namoyon bo`ladi. Arosatda to`nini kiyishi, sovuqqonligi, jimligi. Lirik qahramon xayolida uni shunday tasavvur qiladi, shunday bo`lshini istaydi va ishonadi. SHe`rda qo`llanilgan badiiy detallar ham voqea bayonini aniqlashtiradi: yomo’ir, to`n, yillar changi (hijronda o`tgan yillar ma`nosida qo`llangan), shohi ko`rpa, poygak, tuflilar, shamol. Lirik qahramon bir she`rning o`zida o`zini bir necha tushunchalar bilan ta`riflaydi: yomo’ir, savol, shamol. Raqibini esa «shohi ko`rpadagi nozu firoq» deya ataydi. Demak, she`rda istiora va sifatlashning juda go`zal va ayni paytda original ko`rinishlaridan foydalangan. CHunki lirik qahramonning o`zini shamol, yomo’ir, savol deya ta`riflashi she`riyatimizda kam uchragan hodisadir. SHuningdek, bugungi she`riyatimizda xalq oo’zaki ijodi an`analari yo`sinida, ularning ohangi, ruhi, o’oyalarini ijodiy davom ettirishga asoslangan she`rlar ham talaygina uchraydi. Masalan, Faxriyorning «Baxshining sevgisi», Zulfiya Mo`minovaning «Narpaylik baxshi», Usmon Azimning «Baxshiyona» asarlari baxshilar hayotiga qiziqish, ularning uslubida ijod qilishga intilish kayfiyati, ishtiyoqidan kelib chiqqan. Masalan, eshqobil SHukur she`rlarini kuzatsak, uning ijodida xalqona ruhda, oddiy odmalar hayotidan hikoya qiluvchi she`rlar, turli qadimgi ohanglarni eslatuvchi asarla uchraydi. Masalan, «Alpomish ohanglarida» deb nomlangan «Normurod akaga» deb bao’ishlangan she`ridan bir parcha olib ko`raylik: Sendan, mendan davron o`tdi, to`rajon, Bir maydonda maydon o`tdi, to`rajon Kul kulbadan sulton o`tdi, to`rajon Nomozshomda gulday so`lgan tarzim bor To`xta, ey yo`lovchi, senga arzim bor. Birinchi va beshinchi bandlari besh, qolganlari olti misradan iborat bu she`r mumtoz she`riyatimizdagi musammatlarga ham o`xshab ketadi, biroq uning qofiyalari, radifi, umuman, ohangi, so`zlarning qo`llanilishiga e`tibor qaratilsa, haqiqatdan ham xalq dostonlarini eslatadi. Xuddi shu muallifning «Qadimgi daftar yoxud unutilgan ohanglar ohi» turkumini kuzatadigan bo`lsak, unda shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy yo`lidan boradi (uning «Milliy ashulalar uchun milliy she`rlar asarini eslaylik), she`rda eng qadimgi yodgorliklarimiz – Irq bitigi, marosim qo`shiqlari, qabr toshi bitiklarining ruhi, ohangi ufurib turadi. Masalan, asarning VIII qismi «Istibdod» deb nomlanadi. Unda Qadimgi O`rxun-Enasoy yozuvlarida aks etgan ruh ustuvor: Bek bo`lar ullarim qul bo`ldi, Suluv bo`lar qizlarim cho`ri… Alp erlar yuragi yirtildi Vo, sho`rim! Vo-o, sho`rim! SHuningdek, she`riyatimizda ranglar, raqamlarning qo`llanilishi, afsona va rivoyatlarga murojaat qilinishi holatlarni ham kuzatishimiz mumkinki, bularning barisidan ko`zlangan maqsad, asosiysi millatning istibdod davrida unutilayozgan o`tmishiga qaytarish, yodiga tushurish, xalqning milliy o’ururini ko`tarish, o`zligini unutmasligini istash kayfiyatidan kelib chiqqan. Xalqparvar shoirlarimiz milliy hamjihatlik, tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy mafkurani asrab-avaylab kelayotgan avlodga etkazish yo`lidagi sa`yi-harakatlarning ifodachisi sifatida maydonga chiqdilar va buni o`zlarining zimmasidagi asosiy burch deb bildilar. Istiqlol yillarida modern she`riyat tushunchasi tez-tez tilga olinadigan bo`lib qoldi. Hatto uning ayrim vakillari paydo bo`ldi. «O`zbek modern she`riyati» nomli majmua chop etilib, unda keyingi davrda shu uslubda ijod qiluvchi shoirlar she`rlaridan namunalar jamlandi. Bugungi kun adabiyotimizda yuzaga kelib borayotgan yangicha izlanishlar, jahon adabiyotida mavjud bo`lgan tamoyillarning kirib kelishi, voqelikni badiiy tasvirlashning turfa xillari yuzaga kelganligi aynan mana shu modern (zamonaviy) adabiyot nomi bilan atalmoqda. Ushbu tasvir uslubi bizning adabiyotimizda ko`pincha nasriy va she`riy asarlarda yuz ko`rsatmoqda. Modern adabiyotning tasvir usullari realizmga zid emas, aksincha, u o`ziga xos noan`anaviy tasvirda yuz ko`rsatdi. Modernizmda o`z navbatida voqelikni, ijodkor anglagan va o`ta ochiq realizm noan`anaviy holatda yuz ko`rsatdi. Ijodkor anglagan va his etgan olam tasvirdagi ijtimoiy-psixologik va falsafiy-psixologik talqin hamda uning o`ziga xos xususiyatlarini inkor etmadi. Modern adabiyot hisobilanmish adiiy tafakkur namunalarida realistik tasvir ufqlari yanada kengaytirildi. Modern adabiyot namunalarida insonning asl qiyofasi – botini taloto`mlari qalamga olindi. Inson qalbini real aks ettirish imkondan tashqarii bo`lganligi sababli uni ramzlar, obrazli detallar, predmetlar vositasida reallashtirishga intilishdi. O`zbek modern she`riyati namoyandalari sifatida otaxon shoirlarimizdan Rauf Parfi, SHavkat Rahmon, keyingi ijodkorlardan Abduvali Qutbiddin, Ikrom Otamurod, SHaxriyor, Bahrom Ro`zimuhammad, Farida Afro`z, Husniddin SHaripov Bektemir Pirnafasov kabilar nomlarini keltirishimiz mumkinki, bulardan Rauf Parfii, Ikrom Otamurod, SHavkat Rahmon, Bahrom Ro`zimuhammad kabi ijodkorlar asarlarini deyarli to`laligicha mana shu «modern» tushunchasi qolipida o`lchasa bo`ladi. Boshqalarining esa ayrim she`rlari mana shu yangiliklar borasida o`zini sinab ko`rish, ta`sirlanish tuyo’usidan yuzaga chiqqan. Hozirgi o`zbek modern she`riyati uchun juda ko`p xususiyatlar xos. Ularning ayrimlariga qisqacha to`xtalsak: 1. Modern she`riyatda insonning ichki dunyosi taftish etishga harakat qilinadi. Inson qalbini esa real aks ettirishning yoki umuman, jo`n qilib aytganda, ushlash, ko`rish, eshitish imkondan tashqari holat bo`lganligi sababli, uni ramzlar obrazli detallar, predmetlar vositasida reallashtirishga harakat qilindi. YAngilik bunday she`rlarning nomlanishidayoq ko`zga tashlanadi. Kitobxon ularning nomini o`qigan zahoti uyga toladi, «bu nima?», «u qanaqa bo`ladi?» kabi so`roqlar oo’ushida qoladi. Masalan, Ikrom Otamurodning bir to`plami «Tao’azzul», SHaxriyorning bir asari «Ayolo’u» deb atalgan. Nima u ayolo’u, yoki Tao’azzul. eng avvalo kishini hayratga soladigan va qiziqishiga sabab bo`ladigan holat mana shu paytdayoq yuzaga keladi. Modern shoirlar biz mavhum deb anglaydgan tushunchalarga shakl izlaydi. Mana shu mavhum tushunchalar modern she`rlarning lirik obrazini ko`pincha tashkil etadi. Aslida ham shoir nigohi ba`zan oddiy odam anglolmagan mavjudlikni anglash, ko`rolmagan borliqni ko`rish qobiliyatiga egalik iqtidori taqdir qilingan ilohiy nazardir. Masalan, Faxriyorning yana bir to`plami, to`plamining nomi «Dardning shakli» deb nomlanadi. Mana shu sarlavhaning o`ziyoq shoirning tuyo’uga shakl berishga intilayotganligini ko`rsatadi. YOki umuman, an`anaviy she`riyatimizda odatda real shakli, amal qilish xususiyatlariga qarab talqin qilinib kelinayotgan tushunchalar modern she`riyatda lirik qahramonning ruhiy olamini chizib ko`rsatishda qo`llanuvchi vosita sifatida butunlay boshqacha funktsiya bajara boshlaydi: metaforik tafakkurning o`ta yopiq va ayni paytda antiqa, hech xayolga kelmagan ko`rinishidan foydalaniladi. Masalan, Faxriyorning «Kayfiyat xulosasi» she`rini tahlil qilib ko`raylik. eng avvalo, sarlavhaning o`zi e`tiborni tortadi. Xulosa fikrda bo`ladi, kayfiyat esa insonning oniy holati, ruhiyatining natijasi: Bu tunni ichadi ayolning yodi, Tushlar ijarasi tugamas minba`d Bu ne uzluksizlik? YAlang xavotir Manglay mixlar bilan tirnalgan bir xat. Tun meni sipqorar mayxo`r va diltang YOlo’izlik atalgan yara bitmaydi Tunda qolib ketar yurak miltillab Hech kim tushlariga olib ketmaydi. Umidlar axtarar Somon yo`lini Telbarar tunlarning zulmatin yorib, Oy – hajr yurakda borar to`linib. Na gulbor singrarga otini aytib Na kul bor boshingga sochmoqqa zorli Na yo`l bor bosh olib ketmoqqa daydib. Ushbu she`rda yolo’izlik tufayli yuzaga kelgan mahzun kayfiyat xulosasi – yolo’izning suyanchio’i yo`q, degan iqrordir. Bu xulosaga kelguniga qadar lirik qahramon – ayol tunni kimnidir kutib o`tkazadi, axtaradi, topolmaydi. Oir bu holatni tasvirlash uchun juda ko`p timsollar metaforasidan foydalangan. Masalan, ayolning yodi tunni ichadi (chunki u tun bo`yi xayol suradi, kimnidir eslaydi), tushlar ijaraga beriladi (chunki tush insonga kelib ketishi inobatga olinib shunday jumla ishlatilgan), xavotir yalang (chunki u chaqqon, kuchli, tezkeladi), manglay mixlar bilan tirnalgan xat (peshanada yozdio’i ko`p), tun – mayxo`r, diltang, u lirik qahramonni sipqoradi, ya`ni o`z qorono’uligi qa`riga tortadi, uning umrini maydek sipqoradi, yolo’izlik – bitmas yara, yurak – ko`zga xos funktsiyani bajaradi, miltillaydi. Hech kim uni tushlariga olib ketmaydi, ya`ni uni hech kim hatto tushida ham eslamaydi. Ammo lirik qahramonning umidlari so`nmaydi, yaunki oy to`lishayapti, zulmat chekinayapti, tun o`tib boryapti. Biroq lirik qahramon uchun ortda qolib boayotgan tundan keyin ham najotsizlik holati, u qayga bosh urishni bilmaydi. Ko`rinib turganidek, she`rda yolg’izlik azobi tushunchasi juda ko`plab timsollar vositasida bayon etilgan. Timsollar jonlantirilgan, betakror istioralardan foydalanilgan, hattoki, matal yoki hikmatli so`zlarga o`xshash jumlalar ham o`zgartirilib – metaforalardan foydalanilgan holda betakror ifoda etilgan. Masalan, manglayida yozio’i ko`p - «Manglay mixlar bilan tirnalgan bir xat». Nega mixlar bilan? Bu ta`kid lirik qahramonning ko`p jafo chekkanligiga ham ishora etib turibdi. Xullas, modern she`riyat bu betakror obrazli ifodalar, nozik fahmni talab etuvchi sirli ishoralar makonidir. YAna bir tomoni borki, modern she`rlarda axloqiy-tarbiyaviy xulosalar aytilmaydi, balki asar mao’zidan ularni topish mumkin. Masalan, yuqoridagi she`rda yolo’izlik yomon, u insonni qaritadi, hatto ko`zlarini emas, yuragini miltillatadi, yio’latidi emas, hatto singratadi, inson uchun hamdard, hamnafas do`st, yor, qarindosh-uruo’ yoki shunga o`xshash bir inson yonma-yon bo`lishi kerak, degan o’oya aytilmaydi, balki shunday tuyo’ular, holat tasviri beriladi, xolos. Bunday she`rlarda holat, manzara tasviri chiziladi va u orqali inson hoalti, kayfiyati haqida so`zlanadi. Mana Faxriyorning yana bir she`riga murojaat qilaylik: Derazadan yoprilib kiradi shamol – Uy yutoqib oladi nafas Damqisma chol kabi. SHamol ko`zguga boqib urilar, CHayqatib yuborar sathini To`fon turar ko`zgu sathida Loyqalana boshlaydi ko`zgu Loyqalar sachraydi uy devoriga, Erga oqib tushadi loyqa, Pardalarga sachraydi betin Ko`zguga qarab Sochlarini tarayotgan ayolning Hammayoo’i lalabbo bo`lar. Bu she`r «Xayol» deb nomlangan. SHoir xayolning suratini chizishga intiladi. Uy – damqisma cholga o`xshatiladi. Unga shamol kirgach, u bir yutoqib nafas oladi va shamol ko`zguga urilib qolgan hodisalarni keltirib chiqaradi, ammo xayol suruvchi ko`zguni suvga o`xshatadi, yo`q, o`xshatib ham o`tmaydi, balki ularni ajratib olalmaydi ham, ikki tushunchani aralashtirib yuboradi. Ushbu she`r orqali shoir sokin alfozda o`tirgan yolo’iz odamning xayolot olamini va uning naqadar kengligini, bitta uy ichiga bepoyon dengizni sio’dirish imkoniga ega bo`lishi mumkinligini ko`rsatmoqchi bo`ladi. Xullas, modern she`riyat yuqorida aytilganidek, realizmga zid emas, balki aksincha, o`ta ochiq hatto xayolot realzmidir. Modern she`rlar o`ta murakkabligi bilan xarakterlanadi. Ularda fikr, tuyo’u to`o’ridan to`o’ri izohlarsiz bayon etib borilaveradi va kitobxon she`rni xuddi bir boshqotirma echgandek o`ylab, tushunib-tushunib, mao’zini chaqib-chaqi bo`qib borish majburiyatini o`zida his etadi. Aks holda, ya`ni she`rni boshidanoq biroz bo`lsa-da e`tiborni susaytirib o`qishnig o`zi uning davomini anglashni qiyinlashtirib qo`yishi, shoir aytmoqchi bo`lgan fikr, ifoda etmoqchi bo`lgant tuyo’udan uzoqlashishga, u idrok etgan dardni his eta olmaslik, uning holatiga kira olmaslikka olib kelishi mumkin. Masalan, Faxriyorning kattagina hajmga ega bo`lgan «YOziq» she`rini olaylik. Unda inson, xalq, millat va uning taqdri, yozio’iga ibtilgan bitiklar, millatimiz tarixi, kechmishi, o`tmishdoshlarimizning boshidan kechirgan ko`rgiliklari to`o’risida gap ketadi, biroq she`rni tushunish uchun kitobxonda baribir ma`naviy bilim, salohiyat kerak bo`ladi: Gulning kosasiga quyib ichar Vaqt Meni limmo-lim. Jonim qurbaqaga aylanadi: VAQT! Kim? Devmikin, jonimni qirq farishtaga Nimtalab nonushta hozirlayotgan «Karnay bo`lsin ishtaha», Oy esa botgan. SHe`r sarlavhasi ostida «Ovoz chiqarib o`qimaslik sharti bilan» deb yozib qo`yilgan. Bu bilan shoir, balki aytilishi ko`zlanayotgan fikrlar sirli, ba`zi yopiq haqiqatlar ekanligiga ishora qilmoqchi bo`ladi. SHe`rda Vaqt lirik qahramonni gulnig kosasiga solib ichadi, demak, umr o`tmoqda. Ammo shu onda ruhidan ayrilgan jonning qurbaqadan farqi qolmaydi. Bu bilan shoir ruhsiz jismning qurbaqadan farqi yo`qligi haqida gapirmoqchi. To`o’ri, ruh so`zi she`rda tilga olinmagan, biroq keyingi satrlardagi farishtalar haqda aytilgan fikrning o`zi insonning bu dunyoni tark etishi haqida gap ketayotganligini tasdqlaydi. Xullas, modern she`riyat bir-bir echib borishni talab etadigan tugundir. YOddan chiqarmaslik kerakki, modern she`riyatni yuzaga keltirgan zamin, muhit, eng avvalo, bugungi mustaqillik zamoni va u taqdim etayotgan imkoniyatlar. SHu bois bo`lsa kerak, bu she`riyat – ozodlik, istiqlolga tashna qalb erkinligi natijasa, ifodasi. Aynan mana shuning uchun ham bu she`riyatda qalb, uning tovlanshlari, tuo’yonlari o`z aksini topdi. SHe`rning ifoda yo`sini ham aynan shu bois ipsiz, tizginsiz to`lqinlanaveradi. Inson kayfiyati, xayollari, qalbida kechayotgan jarayonlar kabi she`r ham tutib bo`lmaydigan, bir onda ming turli o`zgara oladigan holda beriladi. Inson xayoli uchun biz real ko`rib, anglab turgan borliqdagi har qanday to`siqlar (masalan, devor, kalit, tutqunlik vash u kabi) ham to`siq bo`la olmaydi. Inson xayoli kemasida bir onning o`zida dunyoning narigi chekkasini sayr etib kelishi mumkin. Xuddi mana shunday tizginlarni pisand qilmaydgan inson ko`nglini aks etiruvchi modern she`riyatda adabiyotshunoslikning ham mavjud qoidalarini e`tiborga olmaslik, vazn, qofiya, turoq va hattoki ba`zan tinish belgilarini ham e`tibordan chetda qoldirish holatlari kuzatiladi. Mustaqillik ne`matlari yo`l ochib bergan, istiqlolga tashnalik ishtiyoqi ruhlantirgan bunday she`riyatning mao’zi-mao’zida milliy ozodlik va unga intilish, shu yo`lda mashaqqat chekan ajdodlar zahmati, moddiy-ma`naviy yo`qotishlar haqidagi fikr va qarashlar singdirib yuborilgan va aytish mumkinki, mana shu mavzu bunday she`rlarda etakchilik qiladi. Masalan, Faxriyorning katta hajmlig she`rlari «YOziq», «Ayolo’u» asarlarida aynan shunday o’oyalar ilgani surilgan. SHuningdek, bugungi modern she`rlarda insonning ma`naviy olami, odamzodni emiruvchi illatlar haqida ramzlarga o`ralgan fikr aytiladi. Masalan, Bahrom Ro`zimuhammadning bir she`rini olaylik: Ilonning o`zidan emas shaklidan qo`rqaman shamoyili sovuq men uchun mobodo mushukka o`xshaganida bormi silab-siypalardim ilonni… Bir qarashda bu oddiygina bo`lib ko`ringan fikr zamonamizda turfa xilli odamlar qiyofasi yashiringanligi o`yga toldiradi. Undan qiyofasi mo`min-qobil bo`lib ko`ringan odamlar va ularning aslida yovuzligi, insonga sirtiga qarab baho berib bo`lmasligi haqidagi fikrni uqish mumkin. Modern she`riyatning asosiy tavsvir ob`ekti tabiat va u orqali insonga ishora qilishdir. Ammo ularda inson tasviri hatto xayolot olamiga sio’ishi qiyin bo`lgan, bir qarashda noreal hodisalar aks etiriladi. Masalan, Husniddin SHaripovning quyidagi misralarini olaylik: Hali shamol suratini chizganimcha yo`q, Bo`yoq yasamoqchiman yalpiz hididan. Xullas, modern she`riyatda yaratilgan kashfiyotlar an`anaviy shakllarga mos tushmaydi. Modern she`riyatda vazn, qofiya, turoq kabi tushunchalar ko`pincha o`z mohiyatini yo`qotib qolish darajasida namoyon bo`lmoqda. Bunday she`rlar ko`proq sarbast shakllarga, oq she`rlarga, nasriy (sochma) she`rlarga yaqin turadi va badiiy tilining serma`noligi, ohang va so`z qo`llashdagi shoirlarning mahorati bunday she`rlarni she`riyatning haqli a`zosiga aylanishini kafolatlamoqda va aynan shunday ko`rinishi bilan ham kitobxonlar qiziqishini orttirmoqda. Qolaversa, bunday she`rlarda hatto tinish belgilari, imlo qoidalarining farqi e`tiborsiz qoldirilgan o`rinlar uchraydi. Masalan, Bahrom Ro`zimuhammadning aksariyat she`rlarida tinish belgilarini deyarli uchratish qiyin. Masalan: Siz olcha guliga o`xshagan so`zni Avval nozvoy iforiga chayib Oppoq sukunatga artasiz-da So`ng shafaq qiyomiga etkazib chizilgan Suratdan ohistagina ko`chirib olasiz Sizning nafis barmoqlaringiz tekkach Jaranglab duv to`qilar so`zlar marjondek bittasin jajji farishta o`o’irlab qochar shu`lasida oqshom tushgan palla kashta tikib o`tirmoq uchun ovloqda hech kim bilmaydigan nomsiz daraxtlardan meva so`zlarni birma-bir terib olarkansiz avval savat tutishga erinar malak so`ng esa odamlar mazkur manzarani ko`rmoqchi bo`lsa gir tevarakni qoplab olar yam-yashil o`tloq. Ushbu she`rda juda nafis va ajoyib manzara, holat, payt – ijod jarayoni haqida gap ketmoqda. Bizga ma`lumki, bunday holat haqidagi badiiy ifodalar bizga tanish: Hamid Olimjonning «Holbuki tun» she`rida ham shoirning ijod qilish paytidagi holati haqida so`z yuritilar edi. Bahrom Ro`zimuhammad ham bu manzarani qalamga olishda o`ziga xos yo`lni tanladi. Unda shoirning hech kim bilmagan, anglamagan haqiqatlarni anglay olishi, so`zning naqadar go`zalligi ifoda etilgan. So`z olcha guliga o`xshatiladi, nozvoy iforiga chayiladi; so`z jaranglab duv to`qiladigan marzonga mengzaladi, hech kim bilmaydigan daraxt mevasi deya ta`kidlanadi. SHafaq esa qiyomiga etkazib chizilgan suratga qiyoslanadi, undan nusxa ko`chirib olingach, oqshomda uning bittasidan tushgan shu`laga farishta o`tirib kashta tikiladi, o`ylab ko`ring, shu`la kashta tikuvchining oldiga to`o’ridan to`o’ri tushib kelmaydi, balki so`zlar marjoniga ko`chirib olingan shu`ladan o`o’irlab olingan shu`la. SHe`rning oxirgi misralari ayniksa, ta`sirli. Odamlar so`zning ijodga aylanishi jarayonini ko`rmoqchi, so`zning mao’zini chaqmoqchi bo`lishsa, gir tevarakni yam-yashil o`tloq o`rab oladi, ya`ni she`rdan so`z ramzlarga, tabiat orqali o`ralgan ramzlarga burkangan bo`lib, uning mao’zini har qanday odam chaqishi qiyin ekanligi haqidagi xulosa kelib chiqdi. SHe`r nihoyatda nafis va ajib tuyo’ularning ifodasiga bao’ishlanganligi bois unda tinish belgilarining ishlatilmaganligi hech qanday yomontaassurot uyo’otmaydi, balki o`quvchini so`zlarning, manzara tasvirining o`ziga xosligi jalb etadi. Hozirgi o`zbek she`riyatida hatto bir so`zdan, birgina jumladan iborat she`rlar ham paydo bo`ldi. Masalan, Tohir Qahhor, Uluo’bek Hamdam, Tursun Ali, Faxriyor kabi shoirlar ijodida uchrovchi bunday badiiy kashfiyotlar katobxonni ham, adabiyotshunoslarni ham befarq qoldirmadi. Modern she`rlarda vazn, qofiya, turoq kabilar o`rnida qo`llangan taqdirda ham, aytish mumkinki, ularni aynan zamonaviy yoki mumtoz she`riyatimiz janrlrida yozilagnaligiga shubha tuo’iladi. Balki ular o’arb she`riyati janrlari va yaqin o`tmishimizda amalda bo`lgan bugungi she`riyatimiz xusuiyatlarining omuxtalashgan bir shakli deb qarash mumkin. Ko`proq bunday she`rlar o’arb she`riyatining xokku, tanka, sonet janrlarida ijod qilishdi. Masalan, Faxriyor she`rlarining ko`pchiligi sonet janrida. Raf Parfii, Tursun Ali, Husniddin SHaripov kabi ijodkorlar esa xokkuning janriy talablariga mos bo`lgan uchliklar shaklidagi aksarlar ijod qilishdi. Ular uchliklari zamirida kitobxonga aytilishi kerak bo`lgn falsafiy-ijtimoiy, axloqiy-psixologik karashlar yotadi. Qolavarsa, uchliklardagi qaydlar zoqiriy qarashda o`ta tarqoq fikrlarga o`xshab taassurot qoldiradi. Ammo ularni o`qigan sari kitobxon chuqur mushohadaga toladi. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, modern she`riyat mustaqilik tufayli erkka erishgan xalq dardining ohanglari sifatida dunyoga kelishi bilan bir qatorda, istiqlolga erishgan millatning tashvishi, kelajagi uchun qayo’uruvchi jonkuyar shoirlarimizning shu xalq dunyoqarashi, ongi, tafakur olami, intellektual salohiyatini ko`tarish, fikrlash darajasini o`stirishga intilish istagidan kelib chiqdi. Jo`n, oldi-qochdi mayda gaplardan tuzilgan adabiyot deb ataluvchi asarlar xalq ma`naviyatini nainki o`stirmasligi, aksincha, ularni tor doirada oson fikrlashga o`rgatib quyishidan qayo’urish tuyo’usidan yuzaga keldi va aytish mumkinki, bunday she`rlar an`anaviy she`riyatimiz saviyasining ko`tarilishiga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Bugungi o`zbek she`riyatini o`tmish mumtoz she`riyatimiz an`analaridan va ikkinchidan umumevropa badiiy tafakkuri namunalaridan xabardor bo`lmagan kishi tushunishi qiyin. CHunki she`riyat mana shu ikkisining omuxtalashgan shaklidan iborat. Modern she`riyatdagi murakkablik, ramzlarga o`ralgan jumboqli fikr aytish usuli an`anaviy she`rlariyatimizga ham ta`sir etmay qolmadi. SHe`riyatimizning sifat darajasi ko`tarildi. SHe`riyatda yaqin o`tmish she`ryatimizda hukmron bo`lgan barmoq vazni hali-hanuz etakchilik mavqeini saqlab qolgan bo`lsa-da, she`rlarning shakl-ko`rinishida, ma`no-mazmunida o`zgarishlar sezildi. Sarbast she`rlarga xos zinapoya shakl barmoq she`rlarga ham ko`chirilib, fikrni ta`kidlash, jo`shqin ruh bilan xitob, murojaat qilishga intilish mayli paydo bo`ldi. Murakkab timsollar orqali fikr aytishga urinish ishtiyoqi ortdi. Daraxt, ildiz, ostona, ilon va shu kabi tushunchalar ostida yotgan ramz kitobxonning fikrini charxlashga yo`naltirilgan edi. Ayniqsa, mustaqillikdan keyingi davr she`riyatida SHavkat Rahmon, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin, Usmon Azim, Halima Xudoyberdieva kabi ijodkorlar she`rlarini kuzatish orqali bunga iqror bo`lish mumkin. Masalan, eshqobil SHukurning «Ishorat» she`rini oladigan bo`lsak, unda qilichbaliq haqda yoziladi: Oo’zi hech yopilmas qilichbaliqning Boisi: oziq tishlari katta. SHunday, qay bo`o’izga qilich tiralgan Va qay bir oo’izga tiqilgan latta. Tishlari bahaybat qilichbaliqning Nafs va ruh ilmiga ishoradir bu Bu ham bir hikmati Buyuk Malikning Oo’zin ochib o`tmak dunyodan mangu. O, taqdir, hukmda bilganing bilgan Meni erga urma pastlar odida… Ko`zlari bir umr yumilib qolgan Oo’zi hech yopilmas kaslar oldida. SHe`r o`tgan asrning 70-yillari she`riyati mahsuli bo`lgan «Tilla baliqcha», «Dorboz» kabi mo``jaz va purma`no she`rlarni eslatadi. SHe`rdagi baliq timsoli orqali o`zining nafsi chegarasini bilmaydigan, ming qilsa ham to`ymaydigan, tuzalmaydigan inson timsoliga ishora qilinadi va she`rning nomi ham aynan mana shunig uchun ishorat deb nomlanadi. SHe`riyatda ranglar, raqamlarning ramziy mohiyatiga chuqur ma`nolar yuklash an`anasi kuchaytirildi. To`o’ri, ranglar, raqamlarning ramziy mohiyati mumtoz she`riyatimizda ham alohida ahamiyat kasb etar, fikr aytish uchun asosiy vosita sanalib kelinar edi. Ammo bugungi she`riyatimizni o’oyaviy yo`nalishi nuqtai nazaridan tekshirganda bu borada ham originallikka erishilganligiga guvoh bo`lamiz. Masalan, Rauf Parfining «Sariq alvastilar bo`ldi namoyon», «E, voh, qora devor, sirti oqlangan», SHavkat Rahmonning «Turon kengliklari sorio’dan sorio’, ulkan bir o`laksa yotganda go`yo», eshqobil SHukurning «Uning peshtoqida yam-yashil qushlar, O`zidan nur tarab sayraydi oyat» misralarida sariq, qora ranglarining salbiy, yashil rangining esa ijobiy mohiyat kasb etganligini kuzatamiz hamda ularning inson va jamiyatning ming turli tovlanishlaridan so`zlayotganligi ayon bo`ladi. YA`ni qizil, qora, sariq ranglari fojiaviylik, istibdod, o’am-qayo’u, kishan, tikan kabi turli ramziy ma`nolarda qo`llanadi. Oq, yashil, moiy kabi ochiq ranglar esa poklik, e`tiqodda sobitlik, halollik ramzlari sifatida ishlatiladiki, bu xususiyatlar bugungi o`zbek she`riyatida ranglar vositaida inson olami va olam xossalarini o`ziga xos anglash va tasvirlash usuli yuzaga kelganligidan dalolat beradi. SHuningdek, o`xshatish, tashbeh, jonlantirish kabi poetik tasvir usullari, ramzlarga burkangan, jo`shqin ohangni ifodalovchi so`zlarga boy jumlalardan keng foydalanildi. Masalan, SHavkat Rahmonning «Orolga savol» she`rini olaylik. Bunda shoir orolni xuddi jonli mavjudotdek tasvirlab, kitobxon ko`z o`ngida butun borligi bilan bir she`r hajmiga joylab tasavvurga sio’dirishga erishadi: Olovlanib, jizillab kuygan qumtepalar ichida Orol talvasada to`lo’onib yotar borgan sari ahvoli xarob. Tegrasida majusiy kabi gir aylanar sahroyi samum, to`lib-to`lib kelar Sirdaryo, mast tuyaday lo`killar Amu. Sahro o`rab kelar Orolni, Orol go`yo erning bo`o’zida, eriyotgan osmonga boqar – jon berayotgan odam ko`ziday. Jazolarmi uni tabiat, ammo uning nadir gunohi? Tinim bilmay oh urar orol, dengizlarga etmaydi ohi… Nima bo`lgan senga, ey Orol hayratlarga solib har yonni, ming yillardan buyon yutoqib, simirasan ikki dareni… SHe`rda shoir jonlantirish san`atidan juda o`rnida foydalangan. Qumtepalar jizillab kuygan va uerda Orol talvasada to`lo’onmoqda, dengizlarga ohi etmaydi, ming yillardan buyon ikki daryonii simiradi. O`xshatishlar tasvirni obrazli qiladi: sahroyi samum Orol tegrasida majusiy kabi gir aylanadi; Amu mast tuyaday lo`killaydi; Orol go`yo erning bo`o’ziga kelib joylanib qolgandek; Orol jon berayotgan odam ko`ziday boqadi. SHe`rda Orolning quriyotganligiga aybdor qidirilayotgandek tuyuladiyu, ammo biror bir nom tilga olinmaydi. Ammo she`rxon ko`z o`ngida Orol butun boshli bir jonli mavjudot singari bori bo`yi basti bilan, nafaqat bo`yu basti, balki oo’riqu fojeasi bilan namoyon bo`ladi: u insonda oh uradi, dard chekadi, ammo uning ohgari dengizlarga etmaydi, unga hech kim yordam bera olmaydi. SHe`r orqali Orolning fojiasi tasvirini kitobxon beixtiyor his qiladi, suvsagan odamga rahmi kelgandek rahmi keladi. Xullas, she`rdagi badiiy ifoda an`anaviy she`riyatimiz qobiqlarini rad etmagan bo`lsa-da, ularni anchagina yorib o`tgan, teran badiiy mohiyat go`zal badiiy tasvir bilan uyo’unlashgan. Ayniqsa, bugungi she`riyatda metafora va jonlantirishning o`rni o`ziga xosligini Ikrom Otamurod she`rlari ham isbotlab turadi: I … Sahro… II … Sahro – yashil… … Sahro - alvon… … Sahro - sariq… … Sahro - qora… III … Sahro – cheksiz… IV … Sahro - ufqlarga yugurgan kenglik… … Sahro - quyosh gulxan yoqqan maydon…. … Sahro - turnalar izidan termulgan zamin… …Sahro - qaqrab po`st tashlagan taqir… … Sahro - izo’irin yalagan yalano’och tufroq… SHe`r shu taxlit 8-qismgacha davom ettiriladi. Birinchi va sakkizinchi qismlar faqat «Sahro» degan so`zning o`zidangina iborat. Ammo she`rdakitobxonni o`ziga tortadigan nimadir bor. O`sha narsa sahroning poetik sifatlaridir. Metaforik sifatlash she`rdagi badiiy jiloni ham, falsafiy teranlikni ham, mazmuniy jozibadorlikni ham ta`minlagan. Modern she`riyat va uning an`anaviy she`rlarga ta`siri hamda ayni paytda, modern she`rlarni o`zbek milliy an`naviy she`riyati erishgan yutuqlardan ijodiy foydalanganligini rad etib bo`lmasligi juda ko`p misollar orqali o`z ifodasini topishi mumkin. Jumladan, hozirgi o`zbek she`riyatining taniqli vakillalaridan biri Farida Afro`zning «Tasbehlar» she`riy to`plamini kuzatadigan bo`lsak, shunga amin bo`lamizki, unda SHarq va O’arb she`riyatining bir qancha belgilari sintez qilingan: Evropa adabiyotidan bizning adabiyotimizga kirib kelgan yapon xokkuralariga o`xshash uchlik shaklidan foydalanilganligi va she`rlardagi ifoda yo`sini ham aynan mana shu modern she`riyatshga xos uslubni namoyon etgandek ko`rinadi. Biroq shoira she`rni yangi bir tartibda joylashtiradi, ya`ni tasbehlar shaklida, har uch tasbeh (ya`ni uchlik she`r) bir tasbeh sifatida bir shodaga tizilib, etti she`riy marjon hosil qilinadiki, bunday poetik shakl o`zbek she`riyati uchun yangilik bo`ldi. Adabiyotshunos Q.Yo`ldoshev hattoki o`zbek she`riyatida yangi bir janrga asos solinganligi haqidagi fikrlarini isbotlab berishga harakat qiladi. Albatta, kabi yangilik yaratishga moyillik bo`lishi holatlari o`zbek she`riyatida tez-tez uchrab turadigan hodisa. Masalan, Anvar Obidjon uchchanoqlar yaratdi. Azim Suyun to`rt qatordan ortiqroo’u besh qatordan kamroq bo`lgan qayrilma janriga asos soldi. SHuningdek, Farida Afro`z she`rlarini ham yangi bir janrga asos solinganligiga iqror bo`lish mumkin. Biroq bu harakatlarning ommalashishi yoki adabiy jamoatchilik tomonidan kutib olinishi, fan olamida tan olinishini vaqt ko`rsatadi. SHoiraning tasbehlari kishini fikrga toldiradigan ruhiyat bezovtaligi, achchiq bo`lsa-da rost xulosalar tarzida namoyon bo`ladi. Ayni paytda she`rlar uchun tanlangan shakl ham insonning qalb pokligini kuylashga, murakkab olam sir-sinoatu tashvishga to`la dunyo, chigaldan chigal tuyo’ular oo’ushida qarshisida e`tiqodga sobitlikni taro’ib etadi. Asarda tasbehlardan tashqari zikr va firqalar ham mavjud. Asarning zikr qismi quyidagicha boshlanadi: Ko`zlarim Qorchio’i Simiradi dunyoni, Yohu! Dunyo – Arava tortgan Bemajol xachir Yohu! Yo Alloh! Arava – Ayol ko`chasida Qarigan daydi YOhu! Ayol – Bir chimdim nur, Sir to`la sandiq, YOhu! YO Alloh! Xullas, she`r xuddi mumtoz she`riyatdagi tasbeh badiiy san`atini eslatadi. Misra oxiridagi so`z keyingi misraning boshida kelib izohlanadi. To`plamning yana bir qismi «Firqalar» deb nomlangan ijod namunalaridan tuzilgan bo`lib, ular daftar hoshiyasiga bitiladigan bitiklar singari qisqa, lo`nda, purma`no fikrlardan tashkil topgan. Xullas, shoiraning topilmalari bugungi she`riyatimiz uchun mutlaqo yangi va betakror. Xullas, modern she`riyat ta`sirida an`anaviy she`riyat ham mazmun va shaklda qisqalikka, ramzli, lo`nda fikr orqali chuqur falsafiy ibrat aytishga intilish holatlari kuchaymoqda. Bugungi o`zbek she`riyati keng tarmoqliligi, turfa xilligi bilan xarakterlanadi. Xullas, davrimiz milliy she`riyatida ommaviylikdan, hammaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. Mualliflar she`rxoning intellektual darajasini o`zlariniki bilan teng ko`radi. Aslida ham she`riyat adabiy turlar ichida hammadan ham ko`p yuksak didni va aqlni talab etadi. Albatta, she`riyatimiz sahifalari orasidan o`ta jo`n, she`r deb atashga arzimaydigan namunalarni ham topib bo`lsa-da, har qalay yillar chio’irio’idan oson va ildam o`tib olishga loyiq saviyasi baland she`rlarning ko`pligi davr she`iriyati sifati haqida baribir ijobiy fikr aytishga imkon beradi. 5. Keyingi yillarda adabiy hayotda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, tarixiy mavzuga munosabatning yangilanishi doston janriga ham xosdir. Xalqimiz tarixidagi oq dog‘larni yo‘qotish, qora dog‘larni yuvish niyatida ko‘pchilik ijodkorlar o‘tmishda muhim o‘rin tutgan, ammo adabiyot sahifalariga kirolmagan tarixiy siymolar haqida dostonlar yaratishga kirishdilar. Bu yillarda, ayniqsa, Amir Temur va temuriyzodalar faoliyati mavzusi dostonlarda ko‘p ishlandi. Mavzuning qahramonona mohiyatini inobatga olgan holda dramatik doston shaklida yaratilishi bu janrning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostoni, M.Jalilning “Sohibqiron”, A.Suyunning “Sarbadorlar”, U.Azimning “Xalil Sulton” dostonlari, Olimjon Bo‘rievning “Amir Temur” deb atalgan she’riy romani Sohibqiron bobomizning o‘zbek o‘quvchisiga ma’lum bo‘lmagan qirralari to‘g‘risida ma’lumot beradi. SHuningdek, SH.Qurbonning “Temur Malik”, “So‘z yo‘li” (Navoiy haqida), M.YUsufning “Ko‘hna quduq”, “Qora quyosh”, E.Samandarning “ajdodlar qilichi” (J.Manguberdi haqida) singari dostonlari ham ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. Zamonaviy mavzuda ham ko‘plab dostonlar dunyoga keldi. Bunday mavzudagi dostonlar ruhiga istiqlol g‘oyasi singdirilganligi, chuqur milliylik bilan sug‘orilgani ahamiyatlidir. A Suyunning “Imorat”, “O‘zbekiston”, I.Otamurodning “Uzoqlashayotgan og‘riq”, “Tag‘azzul”, “YObondagi yolg‘iz daraxt”, SH.Qurbonning “Ukajonlar, singiljonlarim”, “Bir qalb manzarasi”, T.Sulaymonning “Ergash Jumanbulbul el kezadi”, T.Nizomning “CHo‘lpon”, “Oq gul”, “Xumo”, O.Muxtorning “Buyuk bir muhabbat”, T.Ahmadning “Fig‘on” nomli dostonlari shular jumlasidandir. Agar A.Suyun bilan T.Sulaymonning dostonlari baxshiyona usulda yozilgani bilan ajralib tursa, O.Muxtor asari teran publitsistik ruhning kuchliligi bilan e’tiborni tortadi. To‘g‘ri, bu dostonlar orasida hali yuksak badiiylik darajasiga ko‘tarilmagani, shakl nochorligi tufayli mazmunning mukammal ifoda etilmaganligi, qahramonlarning ruhiy kechinmalari to‘laroq ochilmaganlari ham uchraydi. SHuningdek, tarixiy mavzuda yozilgan dostonlarda nedurki, mustaqillik bizga tariximizni yoritish imkonini berdi degan fikr bilan haqiqatdan chekinish, tarixiy shaxslar obrazini ideallashtirishga urinish hollari uchraydi. Bular, shubhasiz, dostonchilik taraqqiyotining takomiliga ma’lum darajada putur etkazadi. Liro-epik turning hajman eng katta, shaklan rang-barang, mazmunan boy janri she’riy romandir. SHe’riy roman dostonga nisbatan kamhosil, ammo struktarsi jihatdan ildizi chuqur. Garchi she’riy roman atamasi bizga G‘arbiy Evropa va rus adabiyoti orqali (A.S.Pushkinning “Evgeniy Onegin” asari) kirib kelgan bo‘lsa-da, bu janr talablariga javob beradigan asarlar o‘zbek adabiyotida X-X1 asrlardayoq dunyoga kelgan. Firdavsiyning “SHohnoma”, YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Adib Ahmad YUgnakiyning “Hiybat ul-haqoyiq” singari fanda doston sifatida qabul qilingan asarlar katta ijtimoiy-ma’rifiy voqelikka asoslanganligi, personajlarga boyligi, syujet qurilishining murakkabligi bilan she’riy roman deyishga arziydi. A.Navoiy “Xamsa”si ham to‘la ma’noda she’riy roman bo‘la oladi. O‘zbek adabiyotida she’riy roman nomi bilan e’lon qilingan birinchi asar Mirmuhsinning “Ziyod va Adiba”sidir (1959). 70-yillarga kelib H.SHaripovning “Bir savol”, M.Alining “Boqiy dunyo”, S.Akbariyning “Ko‘kan bobo” kabi she’riy romanlari dunyoga keldi. YAngi asr boshida yaratilgan Olimjon Bo‘rievning “Amir Temur” asari ham shu nom bilan atalgan. SHe’riy roman yaratishda shoir B.Boyqobilov hammadan o‘zib ketdi. U mustaqillikning dastlabki 10-yilligida dastlab “Navoiynoma”, keyinroq “YAngi Xamsa” degan nom ostida 5 ta (“Notinch Xuroson”, “SHukuhli karvon”, “Sokin Xuroson”, “Qonli Xuroson”, “Hayrat ul-Ahror”), “Debocha” va “Xotima”dan tashqari 7 fasldan tashkil topgan “O‘zbeknoma” (844 bet) “she’riy roman”larini taqdim etdi. Ammo ular adabiy jamoatchilik tomonidan chin ma’nodagi she’riy roman sifatida tan olinmadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling