Savol va topshiriqlar:
1. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor, deganda nimani tushunasiz?
2. “Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsadi va vazifalari to`g`risida so`z yuriting.
3. Hozirgi adabiy jarayonga xos xatakterli xususiyatlar haqida nimalar bilasiz?
4. Hozirgi adabiy jarayonda faoliyat yuritayotgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
5. “Hozirgi adabiy jarayon” fani qaysi fanlar bilan bog`liq.
Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari
“Bilaman. Bilmoqchiman. Bilib oldim” grafik organayzeri
Mazkur metod ma’ruzachiga talabalarning istiqlol davri adabiyoti faniga oid qanday ma’lumotlarga ega ekanliklari va qanday masalalar haqida chuqurroq bilmoqchi ekanliklari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda fikrlari doirasini tizimga solish va yo‘naltirishga yordam beradi.
Bunda talabalarning taxminiy javoblari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Б/Б/Б JADVALI
Do'stlaringiz bilan baham: |