O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari


Download 0.59 Mb.
bet9/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari


1. FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya orqali talabalar bilan muayyan bir she’rning g‘oyaviy-badiiy mazmuni haqida fikr yuritish mumkin. Masalan, Usmon Azimning “Tazarru bog‘lari” turkumida turli fasllardagi bog‘ ko‘rinishlarining ramziy mohiyati nimada?

F

– fikringizni ayting



S

– sabab ko‘rsating





M

– misol keltiring



U

– umumlashtiring



  1. Klaster grafik organayzeri. Bu asosida talabalar ijodkorlarning asarlari va she’riy janrlar bo`yicha tasniflarni ishlab chiqadilar.

5-mavzu: Hozirgi nasr xususiyatlari. Hikoya janri
Reja:

  1. Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari.

  2. Zamonaviy hikoyalarda mavzu va g‘oya, qahramon masalasi.

3. Hikoyanavislikdagi uslubiy izlanishlar.
4. Hikoyalarda ramziy-falsafiy tasvir usuli.


Tayanch tushunchalar: mustaqillik davri xikoyachiligi, hakoyada hayot aksi, yangilanish tamoyili, uslubiy izlanish, mavzu va g‘oya, ma’naviy olam, mafkuraviy qarash, davr qahramonlari.

Istiqlol davri o‘zbek nasrida milliatning ruhiyati, qiziqishlari, orzu-intilishlari hamda yangi davr voqeligi yanada teranroq aks etdi. Xalqimizning ma’naviy olami, madaniyati, asriy an’analri, timsollar mohitida jamuljam etilib, madaniyati. Qadriyatlari ulug‘landi. Millat kishilarining ma’naviy olami ularning o‘tmish an’analariga sadoqati, qadriyatlarga hurma-e’tibori nuqtai nazardan baholandi. Insonga xos odamiylik fazilati uning zahmatkashligi, mas’uliyati, el-yurt manfaati uchun daxldorlik hissi bilan ulug‘landi. Ijodkorlarimiz umumbashariy va millatparvarlik g‘oyalarini maqbul va betakror shakliy jilolarda, sermazmun ohanglarda ifodalashga intildilar.


Ayonki, badiiy ijoddagi hech qaysi yo‘nalish o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, Uning o‘z asosi, tarixi bo‘ladi. Uning asosi esa zamon hamda davrdagi o‘zgarishdir. Istiqlol davri hikoyachiligidagi yangilanish vatamoyillarning vujudga kelishi xuddi shunday omillarga bogliq bo‘ldi. YA’ni unutilgan qadimiy qadriyatlarning tiklanishi, ma’rifat, ma’naviyatniig asosi bo‘lgan dinga e’tiborning kuchayishi, davlat boshqaruvida demokratik yo‘nalishning yuzaga kelishn, bozor iqtisodining tarkib topishi va hokazolar, Bu o‘zgarish odamlarni boshqacha harakat qilishga undadi. Tabiiyki, bunday harakatning barchasi ong, tafakkur orqali boshqariladi. Zero, shunday ekan, tafakkurdagi rivojlanish, o‘zgarish adabiyotda o‘z ifodasini topishi muqarrar va tabiiydir.Ushbu o‘zgarishlar istiqlol davri hikoyachiligida qator yangilik va tamoyillarni keltirdi. Bulardan quyidagilarni sanash mumkin:
- janrdagi g‘oyaviy-mavzuiy ko‘lam kengaydi;

  • ma’rifiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, falsafiy, oilaviy masalaga e’tibor kuchaydi;

  • ta’limiy mazmun va ruhiy tahlil avj oldi;

- milliylik va umumbashariy mazmuning uyg‘unlashuvi kuzatildi;
- insonning hayotdagi o‘rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyati falsafiy yo‘nalishda ochib berildi.
2. Istiqlol davvri hikoyachiligining shakliy-mazmuniy takomilida xalq og‘zaki ijodi, o‘tmish davr adabiyoti, o‘zbek romanchilik maktabi hamda chet el adabiyoti tajribalaridan foydalanish mahsuldor bo‘ldi. O‘zbek hikoyachiligida uslubiy yangilanish, shakliy-mazmuniy takomillashish jarayonlari kechdi. Istiqlol davri hikoyasini endi eski qoliplar bilan baholashning imkoni bo‘lmay qoldi. Hikoyalarimizda o‘tmish adabiy an’analari qatorida jahon adabiyoti tajribalaridan, falsafiy mushohadakorlik, shakliy-rang-baranglik, ramziylik, keng epik planga egalik kabi juda ko‘plab xususiyatlarni kuzatish mumkin.
Davr hikoyachiligida “Maymun etaklagan odam”, “SHamolni tutib bo‘lmaydi”, “Og‘riq lazzati” (Nazar Eshonqul), “Jajman”, “Ibn Mug‘anniy” (Xurshid Do‘stmuhammad) kabi modernistik uslub imkoniyatlaridan foydalanilgan holda yaratilgan betakror badiiyat durdonalarini ham kuzatish mumkin.
Nasrda modernizm yo‘lini boshlab bergan va eng ko‘p asarlar yozgan Nazar Eshonqul bo‘lib, uning bu boradagi hikoyalaridan birinchisi "Maymun etaklagan odam"dir.
Hikoya qahramoni chol (YOzuvchi unga ism qo‘ymagan).Omadsiz, hayot unga kulish u yoqda tursin, jilmayib ham boqmagan, shundan asabiy, alamzada odamday ko‘rinadi. YOzuvchi u haqida shunday yozadi; "U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz bo‘lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan ko‘rimsiz yuzi tarix kitoblarida tasvirlangan badjahl ma’budlarning haykaliga o‘xshab ketar, unga Qaragan odamning yuragi orqaga tortardi. Ko‘zlari hissiz va ifodasiz...". Tasvir yanada kuyuqlashib, qora bo‘yoqlar ortib boradi. Bu esa uning qanday shaxs ekanlngini bilishga qizikishni orttiradi. Voqeani hikoya kilayotgan kahramon ijara turgan uy bekasi uni "cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo‘lganini va hozir ham surat chizib" turishini aytgach, uning fe’li, tabiati emas, qismatining mohiyati e’tiborini tortadi. Bir kuni kampir ijarachiga cholga ovqat olib chiqib berishini aytadi. YOzuvchi uning nigohi orqali chol uyning ko‘rinishi va u erdagi muhitni shunday tasvirlaydi; "CHol-ning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab ketilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlar chirigan, umuman, hovlidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. CHirkin hid daraxtdan, qor ostida qolib qarovsizlikdai xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog‘ochlaridan va ayvoida qalashib yotgan har xil rasmlar ugomidan kelayotgan edi". Dastlab, o‘qiganda bu ko‘rinish cholning muhiti uning yashash tarzi, tabiatini belgilaydigan asosday tuyuladi. Lekin hikoya finaliga etgach, bu tasvir ijtimomy xarakterga egaligi aniq bo‘ladi. YA’ni chol e’tiqod qo‘ygan, ishongan tuzum qiyofasi ekanligi yaqqol pamoyon bo‘ladi. Bu narsa hikoya syujet chizig‘i tasvirida o‘z tasdig‘ini topadi.
Voqsa bayonchisi cholning rassom ekanligini bilgach, nimalar chizganini, qanday suratlari mashhurligini surishtirganda, san’atdan xabardorlar yigirmanchi yillardagi ijodi yaxshi ekanligini aytishgan edi. SHundan u ovqat olib kirganda, rasmlarini ko‘rishga ruxsat so‘raydi. U loqaydlik bilan ayvonga ishora qiladi. "Ayvon uzun bo‘lib, suratlar chizilgan yillariga qarab, ko‘rgazmaga qo‘yilgandek terib qo‘yilgan, to‘grirog‘i, bor-yo‘g‘i qirqqa yaqin surat va eskizlar "1957", "1947", "1928", "1926" va hokazo tartibda terib qo‘yilgandi..." 1921 yil sanasi yozib ko‘yilgan rasmda quyuq o‘rmondai maymunni etaklab chiqayotgan barvasta yigit tasvirlangan edi. "Yigitning ko‘zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning bo‘yniga solingan kishan tarapg tortilgan edi". Boshqa suratlarda qora rangping ko‘pligi mavhumlik kasb ztishi bilan birga, butun hayotni zulmat o‘rab olganday kishi qalbini qandaydir noxushlik chulg‘ab olardi. Suratdan suratga o‘tgan sari bu rangning ortib borishi kishini o‘ylantarib qo‘yadi, natijada sanalar bejiz qo‘yilmaganligini, ular zamirida katta g‘oya yotishini kishi apglay boshlaydi. YA’ni sanalar qo‘yilgan davrdagi talato‘mlar, "dushman izlashlar", qatag‘onlik, qadrsizlik, adolatsizliklarni yodga soladi. Va rasmdagi ramzlar pardasi ko‘tarilganday bo‘ladi. Nigoh maymun etaklagan odam rasmiga qadaladi, unda nima ifodalangak, nima deyilmoqchiligini bilish uchun fikrlashga majbur etadi. Asta-sekin cholning darg‘azabligi, hayotdan noroziligi sababi aniq bo‘ladi. Bu o‘zi mehr qo‘ygan, kelajagim, taqdirim shuning qo‘lida deb bilgan jamiyatning mohiyatiii anglaganidan. Bu narsa quyidasi suhbatdan aniq bo‘ladi. Ijarachi yigit bilan o‘zaro suhbat ketadi, yaxshilik va yomoilik haqida bahslashadi. CHol bu o‘rinda juda falsafiy, mantiqli fikr yuritadi. E’tiqod masalasiga kelganda, u shunday jvob beradi:
“E’tiqod!-dedi u g‘ussali ohangda, - agar bir umr e’tiqod qo‘yib yashasangu, bir kuni e’tiqod qo‘ygan narsangiz puch, yolg‘on va puflab shishirilgan sharday omonat, siz zzgulik deb sig‘ingan narsalar, asli, razolat ekanini anglab qolsangiz, bunday demasdingiz; ana shunda umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi qolmagan, xuddi yo‘ldan chiqib ketgap shaldur-shuldur, bo‘m-bo‘sh aravaga aylanardi" (128-bet). Bu totalitar tuzum qiyofasidir. o‘z jamiyati taraqqiyoti uchun jon kuydirganlarning qadriga etmagan jamiyat, albatta, tanazzulga uchraydi. SHunday ham bo‘ldi, Bu narsani so‘nggi rasmida ifodalagan. Suratda xuddi birinchi rasmdagi o‘rmon aks ettirilgan. Faqat bu suratda maymun umidsiz, ko‘zlariga g‘am cho‘kkan, yuz-ko‘zidai hasgdan nishona qolmagan, munkaygai cholni o‘rmon sari etaklab ketardi". Bunda ikkita falsafiy xaqiqat o‘z mujassamini topgai. Birinchisi, tabiat ustidan hukmronlik kilaman degan jamiyatping o‘zi uniig etoviga tushib qolganini ko‘rsatsa, ikkinchisi, dialektik qonuniyatga qarshi borgan jamiyat - tuzumning mag‘lubiyati fojiasidir. Dsmak, hikoya o‘zi bosib o‘tgan yo‘llari, shuniigdek, o‘zi yashayotgan jamiyat odamlari qismati haqida muloxaza yuri-tishga da’vat etadi.
Xullas, davr hikoyachiligida falsafiy, ramziy, timsollarga boy tarzda fikr aytish, insoniyat va jamiyat fojiasi nimalarda ko‘rinishi mumkinligi haqida ogohlantirishga qaratilgan muammolar yortildi.
3. Istiqlol davri hikoyalarining qahramonilari o‘ziga xos olami bilan namoyon bo‘ldi. Davr adabiyotida Said Ahmad, Asqad Muxtor, Omon Muxtor, SHukur Xolmirzaev kabi katta avlod vakillari qatorida ijodi istiqlol davrida gullub-yashnagan Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Isajon Sulton, Abduqayum Yo‘ldosh, Luqmon Bo‘rixon, Zulfiya Qurolboy qizi kabi ijodkorlarning asarlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin. ular asarlarida qahraomnilar turli xarakter-xususiyati, ma’naviy olami bilan namoyon bo‘ldi.
Qahramonlar faoliyatiga, ruhiy duiyosiga, shuningdek, vohealar zamiriga singdirilib berilmagan g‘oyaga ega bo‘lgan asar, to‘la ma’noda badiiy asar sanalmaydi. Xaqiqiy badiiy asarda voqealar tizimi g‘oyaga suyanib tuzilishi, qahramonlari g‘oya asosida gapirishi yoki harakat qilishi kerak emas. Xaqiqiy badiiy asar sanalishi uchun g‘oya, yozuvchi asari orqali ko‘zlapgai maqsad, niyat voqealar olamidan, qahramonlar faoliyatidan sizib chiqishi kerak. Asqad Muxtorning mustaqillik davrida yozgan hikoyalari to‘plami “Insonga qulluq qiladurmen” hikoyalar to‘plamiga kiritilgan hikoyalarda shunday xususiyatlar mavjud. Ulardan biri "Fano va baqo"dir.
Hayot haqiqatidan ma’lumki, butun umri fosiqlikda o‘tgan, uning evaziga hayoti yaxshn kechganligidan bu xususida umuman o‘ylab ko‘rmas kimsa ham o‘limi ko‘ziga ko‘riyaganda o‘z gunohlarini tan oladi, vijdoni qiyialadi. Hikoyada xuddi manahaqiqat Xolxo‘ja va Ochil obrazlari faoliyatida ochib beriladi. Hikoyani o‘qigan kitobxon qaxramonlar qalbidagi diyonatsizlikning tub asosi totalitar tuzumnipg o‘znda degan xulosaga keladi. Buni Xolxo‘ja, Ochil ochiq e’tirof etishadi. Ljal ularning bo‘g‘izidan olganda, o‘rtada shunday gap kechadi:
" - Boqiy dunyoning borligi uning ostonasiga kelganimizdagina yodimizga tushadi. Inson borligiga bir umr iymon kel-
tirsa, kaptar kelib, quzg‘un ketmaydi... dorilbaqo... ostonasi-
da turgan kishi uchun fanoning o‘zi ham, u tug‘dirgan mudhish
gunohlar ham hech nima emas. Faqat ularni bu dunyoga tashlab ketish kerak.

  • Tashlab ketib bo‘lar ekanmi... — dedi Ochil esankirab.

  • Bo‘ladi, - Xodxo‘ja... kimgadir yorilish kerak. YOriladiganing bo‘lmasa, yomon, ichingda ketadi. Xayriyat, mana..."

Bu ularning baqo dunyo oldidagi tavba qilishlari edi. Lekin ular bu fano duneda o‘z hayotlaripi iymonsizlik asosiga qurganliklari tufayli o‘lim chekingach, yaia avvalgidek fosiqligini davom ettirishadi. CHunki ularning xamiri sotsialistik jamiyatiing o‘zidan, ya’ni diyonatsizlik va iymonsizlikdan qorilgan. Asqad Muxtor hikoya qahramoilari fao-liyati va xatti-harakatidap kelib chiqib, insoipi oxiratdan ogoh etadi. U yozadi: "Azobli yo‘lning barini bir-bir bosib o‘tish kerak. Fanoda ham, baqoda ham Xudovandi karim bir insonga ikki dunyoni berib qo‘yibdi. Ammo iymonni boy berganga ikkalasi xam harom ekan..."
Iymon masalasi iisoniy masaladir. CHunki insotshing bar-cha xatgi-harakati, ya’ni ezgulik yo‘lida qilgan yaxshi a’mollari iymonga borib taqaladi. O‘zbekiston qahramoni, adibimiz Said Ahmadning "Qorako‘z majnun" hikoyasida Hikoyaga Qur’oni karimdan va Hadisi sharifdan epigraf olingan. Bular quyidagilar: "Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobi) amallari xabati (be-kor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u srda mangu qolurlar" ("Bakara" surasi, 217-oyat) YAna "Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu "Ashoba qahf"nipg vafodor itidir" (Al-joma-al-Kabir). YOzuvchi bu epigraflarni bejizga keltirmagan, unda hikoyaning leytmotivi mujassam. Bu hikoya qahramonlari Saodat aya va Qorako‘z majnun timsolida ochib berilgan.
Saodat ayaga Rossiyada qolib ketgan o‘gli Bo‘rixon ko‘rsatmagan mehr, vafodorlikni it - Qorako‘z majnun ko‘rsatadi. CHunki mehr, shafqat, vafo, sadoqat tuygusi o‘z-o‘zidai shakllanmaydi va rivojlanmaydi. U muhit va sharoit, tarbiya ta’sirida yuzaga keladi. Ma’lumki, birinchi muhit bu insonning o‘zi, keyin boshqa omillardir. Bo‘rixon esa shundan, ya’li ona mehri, millat tuyg‘usini ta’miilab turuvchi, ona zaminga borlovchi rishtadan, o‘zini anglashga imkon beruvchi bilim, tarbiyadan mahrumdir.
Umuman olganda, davr hikoyachiligida milliylik, insoniy qadriyatlar, millatning ma’naviyatini belgilovchi omillarga badiiy qahramon tasviri orqali jiddiy e’tibor qaratildi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling