O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
-mavzu. Hozirgi o‘zbek qissalari
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
6-mavzu. Hozirgi o‘zbek qissalari.
Reja: Hozirgi qissachilikdagi etakchi tamoyillar Qissachilikda janriy izlanishlar. Mavzu va g‘oya. Qahramon masalasi. Hozirgi o‘zbek nasrida detektiv, tarixiy, fantastik, biografik qissalar. Qissa poetikasi. Tayanch tushunchalar: kissa, qissachilik, davr qissachiligi, qissalarda mavzu va g‘oyaa, ijtimoiy hayot aksi, tarixiy qissalar, zamonaviy qissalar, qaissala qahramon masalasi, qissalar poetikasi. Istiqlol davri o‘zbek qissalaridagi rang-barang uslubiy yangilanishlar, izlanishlar bugungi ijtimoiy hayot, odamlarning adabiyotni his va idrok qilish qobiliyatlari oshganligini, o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Insonlarning yashash tarzi yangilanganligi, jamiyatning mavjud qoliplari yangilganganligi adabiyotimizning boshqa tur va janrlaridagi singari qissachiligimizga ham ta’sir etdi. YOzuvchilarimiz hayot haqiqatini bor bo‘yu basti, butun murakkabiligi bilan ko‘rsatishga intildilar. Natijada qissachiligimizda ijodiy tafakkurning yangicha bosqichga ko‘tarilish jarayoni yuz berdi. Davr adabiyoti badiiy san’atning o‘lmas namunalari hisobiga hozirgi kunga qadar boyib borish, takomillashish bosqichini kechirishda davom etmoqda. Ayni paytda o‘zbek qissachiligida yosh avlod tarbiyasirni, inson qalbini poklanishga da’vat etuvchi didaktika mujassamligi jihatidan ham e’tiborga loyiqdir. O‘zbek qissachiligida tarixiy, zamonaviy mavzularda modern, detektiv, hajviy yo‘nalishlarida qissalar yartib adabiyotmiz xazinasini boyitgan ijodkorlar qatorida Tohir Malik, SHukur Xolmirzaev, Tog‘ay Murod, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Qo‘chqor Norqobil, Normurod Norqobilov, Abbos Said, Asad Dilmurod, Alisher Ibodinov, Luqmon Bo‘rixon kabi bir qator qisanavislar nomlarini tilga olish mumkin. Istiqlol davri adabiyotida qissachilik rivojini o‘ziga xos bosqichga olib chiqqan ijodkorlardan biri sifatida Tog‘ay Murod nomini alohida tilga olish mumkin. Uning faoliyati orqali o‘zbek qissachiligida milliy xarakter yaratish an’anasi o‘ziga xos bosqichga ko‘tarildi. Erkin A’zam ijodi orqali hajviy ruh o‘ziga xos tarzda ifoda etildi. Alisher Ibodinov ijodi orqali detektiv mavzu yangicha bosqichga ko‘tarildi. Nazar Eshonqul ijodi orqali inson ruhiyati tasvirga alohida diqqat qaratildi. Tohir Malik ijodi qissachilikning janriy xususiyatlarini o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos bosqichga olib chiqdi. YAngi davr qissalarining tahlil va talqin etish orqali adabiyotimizdagi yangicha taraqqiyot tamoyillari to‘g‘risidagi kengroq xulosalar chiqarish mumkin. 5. YOsh avlod kelajagi, uning olamga munosabati, eng ezgu maqsadlar sari intilishi, unda insoniylik, fidoiylik, yurtparvarlik, mehr-oqibat kabi sifatlarning takomillashuvi, xullas, barkamol shaxs sifatida shakllanishida badiiy adabiyotning, unda ifoda etiluvchi g‘oyalarning roli beqiyos. Istiqlol davri qissachiligida insonning ma’naviy tarbiyasi masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Asarlarda ifodasini topgan fikr, g‘oya, muammolar zamirida aynan farzandlarning porloq kelajagini ta’min etuvchi asosiy omil ularning idela shaxs sifatida kamol toppishi ekanligiga urg‘u berildi. Ma’naviy barkamol shaxs tarbiyasi muammolari bugungi o‘zbek qissachiligining bosh masalasiga aylangan. Hozirgi adabiy jarayonda qissa janrining alohida o‘rni bor. Bugungi o‘zbek qissalarida inson qalbi, uning ma’naviy olami, jamiyatga munosabatining eng nozik qirralaridan bahs euvchi muammolar tanlab olingan. Qissalarda detallar, tasvirlar quyuqlashdi, har bir hodisa, belgi ifodasiga chuqur, har tomonlama tavsif berish, jonli hayotni yanada aniqroq gavdalantirishga intilish holatlarini uchratish mumkin. qissalarda o‘zbek xalqning o‘ziga xos tabiati, xarakteri va qarashlarini keng, tabiiyligicha tasvirlashga mayl kuchaydi. SHu boisdan asarlarimizda milliy ana’analar, urf-odatlar, qishloq odamlarining hayot tarzi, qilayotgan yumushlari, marosimlari tafsilotiga keng o‘rin ajratilib, ulrani voqealar zanjirini boshqarib turuvchi asosiy badiiy unssurga aylantirildi. Iste’dodli nosir Nazar Eshonqul asarlari misolida fikr yuritgan holda, aytish mumkinki, adib asarlari orqali davr qissachiligining xarakterli beliglari to‘g‘risida muayyan xulosalarga kelshi mumkin. ijodkorning “Momoqo‘shiq” qissasi an’anaviy uslubda zilgan asar. Unda SHukur Xolmirzaev, Tog‘ay Murod kabi yozuvchilarimiz ijodiga xos milliylik ifodasining quyuqlashtirib berilishi holati kuzatiladi. Asar mag‘ziga o‘zbek xalqi, uning xarakteri, qiyofasi, qalbi, ma’naviy olami haqida so‘z boradi. Qissaning bosh qahramoni Muazzam o‘zbek ayollarining tipik timsoli. U nihoyatda go‘zal, sadoqatli, mehnatkash, oriyatli, yuksak iste’dod egasi. U o‘zidagi mukammallikni biladi, insoniy bir hissi bilan his etadi, hatto uni namoyoish etish istagi ham qalbining qaysidir bir burchagida yotadi, biroq bu istakdan o‘zini tiyib yurishga ham atonati etadi, ayollik oriyati, mas’uliyati, majburiyatini ham chuqur anglaydi. Unga insbatan ishlatilgan soddalik, ko‘ngli bo‘shlik belgilari ham o‘zbek ayollariga xos sifatlardir. Qolaversa, adib unga nisbatan hisobsiz ta’rifu tavsiflarga qaramay, undan “Qishloq kesagining isi kelib turadi” ifodasini qo‘llaydi. SHu birgina jumlaning o‘zi asar sarlavhasini – “Momoqo‘shiq”, momoer iboralarini eslatadi. Qishloq momomlarining ona zaminday bag‘ri kengligi, fidoyiligiga ishora qiladi. Iqtisodiy turmush tarzi qishloqxo‘jaliliga asoslangan o‘zbek qishloqlarida hayot kechirayotgan odamlardan momoerdek zahmatkashlik, momoerdek kamtarlik, momerdek fidoyilik, momerdek sabr-bardosh talab etilishini qissa orqali teran anglab olish mumkin. Ko‘pgina qissalardagi tasvirlar zamirida inson mute tuyg‘ularidan voz kechishi, o‘zining kim ekanligini teran anglashi, mustaqil fikrlash va o‘z fikrida sobitligi yo‘lida kurashish kerakligi haqidagi ta’kid yotadi. Insonlarning ma’naviy tanazzuli asosan undagi ana shu ongsizlik, o‘z o‘zini angalmaslik, o‘zining qadriga etmaslik kasalidan kelib chiqayotganligiga urg‘u beriladi. Qahramonlarning ruhiy olami bugungi qissalarimizda keng taftish etiladi. Insonning bir vaqtning o‘zida ming bir qiyofani kasb etuvchi tashqi olamiyu unga munosib bo‘lmagan ichki dunyosi – ruhiy olamiga kirib boriladi. Bu orqali insoniyatga o‘tkazilgan jabr-zulm, hukmronlik, uning kelajagini bog‘lab qo‘yishga qaratilgan mudhishliklar, e’tiqodini yo‘qotmaslik choralari haqida o‘git beriladiyu Nazar Eshonqulning “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalari adabiyotimiz olamida o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Adib ramzlarga o‘ralgan tasvir, tafakkur va ifoda, bayon bari-barisi orqali insoniyat va uning taqdiri haqida qayg‘uradi. “Qora kitob” qissasida odamzod taqdiriga bitilgan bitik, ayanchli qismatiga o‘qilgan hukm va buning oldida ojiz inson haqida yoziladi.asarda ifoda etilgan qarashlarga ko‘ra Odam Ato va Momo Havo bilan boshlangan tavqi la’nat, ularning nasliga ham kelib tekkanligiga ishora qilinadi, la’natga mahkum etilganlar, yana o‘sha la’natning urug‘ini ekishda davom etmoqdalar, to odamzod nafas olar ekan, uni ekmay iloji yo‘q, qahramon ta’kidlaganidek, “Hayot tavqi la’nat to‘shagidir”. Asar qahraomni nafaqat taqdiri azal qismatini engib o‘ta olmaydi, balki u nafs qutqusiga ham o‘z vaqtida qarshi chiqishga qurbi etmaydi. Nafs xuruji uni goh cho‘qqi soqol, goh sirli va ayni paytda jirkanch, ovloq, tashlandiq uy ko‘rinishida o‘ziga jalb etaveradi. Qahramon unga qarshi kelib, ortiga qaytib keta olmaydi, balki qora kitobni olib qochadi. Ammo o‘zi qilgan aybni tushunib etib, pushaymon eganida, o‘z yurgan yo‘lining noto‘g‘ri ekanligini anglab tursa ham qaytolmagindek, o‘g‘illari va qizi ham u qilgan gunohlarni takrorlashni boshlashadi. YOmonlik ildizi chuqur ketib bo‘lgan, unga qarshi kurashish imkonsiz va u endi qahramon naslini quritishga qarab bormoqda edi. qora kitob, cho‘qqi soqol va ularning timsolidagi nafs balosi qahramonning ko‘zlarini ko‘r, quloqlarini kar qilib qo‘ygan edi. uni na xotinining latofati, na bolalarining sho‘x-shaddot qiliqlari, na olamning ajoyibligi qiziqtirar edi, balki o‘z bolalarini ham shunga jalb qilar, paytda, cho‘qqi soqol bilan tinimsiz olishuvda umr kechirardi. Ammo ularning har ikkalasidan ham o‘zini xalos eta olmadi, oilasini ham o‘zini ham shu yo‘lda parokanda qildi, umri elga sovrildi. Biroq olishishdan natija yo‘q: o‘z qizini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi; o‘g‘illarining ahvoli ham marhumlarnikidan ayanchliroq. Asar ijodkorning o‘tkir falsafasi, behad keng tafakkur tarzi, o‘lmas g‘oyalarini ifoda etgan. Qissa orqali kitobxon o‘zi, o‘zligi, qilayotgan amallari haqida fikrlashga majbur bo‘ladi. Nega asarda qahramonning bolalari tasviriga keng o‘rin beriladi? CHunki inson nimaiki ish qilmasin, u uning faqat o‘zigagagina tegishli bo‘lib qolmaydi. Har bir qilingan yovuz yoki ezgu harakat uning kelajagiga daxldor bo‘lishi, ta’sir etishi, farzandlari qiyofasida, taqdirida yana o‘ziga qaytib kelishi muqarrarligini unutmasligi kerakligini eslatadi. Gunoh ishlarni asar qahramoni yomg‘irga o‘xshatadi: “...taqsirim, gunoh yomg‘irlari, bu yomg‘ir har kecha meni bir marta cho‘ktirib o‘ldiradi va men yaratgan oldida tavba qila boshlayman”, deydi u. Asar davomida qora ranglar cholning o‘zi, cho‘qqisoqol va uning farzandlarini hatto ajratib olish qiyinlashadi. Hammasining ko‘rinishi bir – yovuzlik namoyishi. Ular qalbiga shayton o‘rmalab, yo‘rg‘alab hunar ko‘rsatayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Bunda na insoniy qiyofa, na insoniy kayfiyat, na insonga xos ishonch, ezgulik qoladi, balki uning o‘rnida aql-idrokdan mahrum, telba mavhumlik, hayvoniy belgilar qoladi, xolos. Asar orqali inson dunyoga o‘ylab, rejalashtirib, idrok kuchni ishlatib, o‘zligini va kelajagini unutmasdan har bir ishga qo‘l urishi kerak, aks holda qilingan birgina xato, o‘ylanmay bosilgan birgina qadam, oziri surishtirilmay uzatilgan qo‘l insoniyat taqdiriga tanazzul bo‘lib yopishishishi muqarrarligi haqidagi g‘oyani ilg‘aydi. Aks holda asarda tasvirlangan choldek o‘zini qaytara olmagan odam, qora amaldan farzandlarini chegaralab qola olmasligi tabiiy ekanligi anglashiladi. Aks holda taqdir qora kitobi sahifalari yana bir yovuzlikka la’nat o‘quvchi duolar bilan to‘laveradi. Asardan kelib chiqadigan xulosa ana shunday umumbashariy, odamzod taqdiri uchun zarur ibrat bilan yo‘g‘rilgandir. O‘tgan asrning 80-yillaridan o‘zbek qissachiligi ham shakl, ham mazmun jihatdan yangilandi. Agar O‘.Hoshimov qissa janriga yuksak badiiylik va chuqur lirizm fazilatlarini olib kirgan bo‘lsa, E.A’zam bilan M.M.Do‘stlar yangi qahramon konsepsiyasini olib kirish bilan yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar. E.A’zam “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasidagi beg‘araz betgachopar, shartaki talaba Asqar, M.M.Do‘stning “Galatepaga qaytish” qissasidagi dinshunos Toshpo‘lat G‘aybarov, N.Jaloliddinning “Bolalar” asaridagi o‘qituvchi Otajon aka ana shunday yangicha qiyofadagi insonlardir. O‘zbek qissachiligida lirizmning kuchayishida T.Murodning xizmati beqiyosdir. Uning “Momo er qo‘shig‘i”, “YUlduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom” qissalarining nomlanishi ham, ohangi ham, bayon usuli ham lirikdir. U yozmaydi, balki kuylaydi. Qissa ham romanlar singari mavzu va muammosi, yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi turlarda yoziladi: Avtobiografik (M.Muhammadjonov, S.Ayniy, Oybek, N.Safarov, I.Rahim). Biografik (G‘.G‘ulom, A.Qahhor, H.G‘ulom). Tarixiy (M.Osim, J.Ilyosov, Mirmuxsin, X.Sultonov). Fantastik (T.Malik, H.Islom shayx, M.Mahmudov). Axloqiy (X.Do‘stmuhammad, A.Yo‘ldosh, N.Jaloliddin). Hujjatli qissalar. Mustaqillik yillarida G‘arbiy Evropa adabiyoti ta’sirida talay qissalar yaratildi. Bular orasida N.Eshonqulning “Urush odamlari”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob”, U.Hamdamning “YOlg‘izlik”, T.Jo‘raevning “Yiqilgan oy” qissalari xarakterlidir. Mavzu jihatdan yangilanish kechagi kunimizga qarashda ham ayon bo‘ldi. Sovet davrida 20-yillardagi o‘zaro fuqarolar urushida milliy – ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ota-bobolarimiz “bosmachi” deb ataldi. Bunday nomunosib qarashlarga ham badiiy adabiyot, xususan, qissa janri birinchi bo‘lib javob berdi. M.Alining “Ko‘k to‘nlilar”, M.Mahmudovning “Bog‘don qashqiri”, T.Malikning “So‘nggi o‘q”, “CHorrahada qolgan odamlar” nomli qissalarida o‘sha davr kishilari faoliyati haqqoniy tasvirlandi. Ayniqsa, M.Mahmudovning “Bog‘don qashqiri” qissasida ko‘tarilgan muammo va yaratilgan qahramon xarakterlidir. Unda Zavlod taqdiri ko‘rsatilganyu Bog‘don qishlog‘ida voyaga etgan Qilichbek chor rusiyasi askarlariga qarshi kurashadi. O‘zi amalga oshirolmagan niyatini o‘g‘li YUsufbekka vasiyat qilib qoldiradi. U o‘rta jangari, qo‘rs, axloqsiz, hech narsadan taft tortmaydigan, hech kimdan qo‘rqmaydigan, odamlarga nafrat bilan qaraydigan (otasi o‘rgatgan) kishi bo‘lib o‘sadi. U qishlog‘ining eng go‘zali Gavharni xohishiga qarshi opqochib ketadi. Ahmadbek ismli o‘g‘il ko‘radi. Bu 3-avlod vakili inqilobchi bo‘lib etishadi. Otasi o‘z jonini asrab qolish uchun o‘g‘lini qizillarga sotadi. YUsufbek o‘zi va otasi orzu qilgan erkka erisholmay o‘lib ketadi. Uning vaxshiy qashqir qiyofasiga kirishiga rus istilosi sabab bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, istiqlol davri o‘zbek adabiyotida davr adabiyotining atoqli vakillaridanad biri Nazar Eshonqul ijodi misolida aytganda, bugungi hayotimiz, xalqimizning milliy tafakkuriga mos keladigan, ma’naviy ongini yuksaltirishga xizmat qiladigan qimmatlarga alohida diqqat qaratildi, badiiy tasvir, uslub, obrazlar talqini kabilar borasida o‘ziga xos, yangicha izlanishlar yo‘lidan borildi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling