O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


-mavzu: Hozirgi o‘zbek romanchiligi


Download 0.59 Mb.
bet13/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

7-mavzu: Hozirgi o‘zbek romanchiligi.
Reja:

  1. Mustaqillik davrida yaratilgan o‘zbek romaniga xos xususiyatlar.

  2. Romanchilikdagi janriy izlanishlar.

  3. Tarixiy romanlarda falsafiylik, konseptuallik muammosi.

  4. Zamonaviy romanlarda ijtimoiy muammolar talqini.

  5. Romanchilik va badiiy mahorat.



Tayanch tushunchalar: istiqlol davri romanchiligi, romanlarda ijtimoiy hayot, an’ana, badiiy sintez, SHarq va G‘arb an’anasi, janriy izlanish, janriy takomil, janriy yangilanish, jahon va milliy adabiyot, an’analar uyg‘unlashuvi.

1. Epik tur janrlari sirasida roman alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, romanda hayot haqiqati va inson olami har tomonlama batafsil tahlil etilib, tasvirda ko‘lamdorlik, serqirralik talab etiladi.


Milliy istiqlol yurtimizda yozuvchilar oldiga yuksak vazifalarni qo‘ydi, shu bilan bir qatorda ularda millatning tarixiy kechmishi hamda yangi davr voqeligini har tomonlama keng tasvirlash ehtiyojini tug‘dirdi. Hurriyatning xalqqa in’om etgan bebaho ne’mati, uning farahbaxsh shukuhini tarannum etish, unda vatandoshlarimizning asriy ezgu istaklari mujassam ekanligini badiiy asoslab berishni ziyolilarimiz o‘z zimmalaridagi ulkan vazifalardan deb bildilar. Shu boisdan ham yangi davrda hayotni har taraflama batafsil ko‘rsatish imkon keng bo‘lgan roman boshqa janrlardagi asarlarga qaraganda kengroq va etakchi o‘ringa ega bo‘ldi. Romanlarimizda yurtimiz o‘tmishining o‘chmas sahifalari, buyuk tarixiy shaxslarning unutilmas jasorati qatorida bugungi kun ijtimoiy voqeligi, zamondoshlarimizning qarashlari, o‘ylari, odat va amallari, orzu-niyatlari ham teran badiiy ifoda topdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan romanlarda ijtimoiy, mafkuraviy cheklovlar davridagi xalq kechmishi asosga olingan syujet chizig‘iga ega bo‘lgan asarlar adabiyot sahifalarida ko‘rinib, kitobxonlar jamoasining diqqatini tortdi. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”, “Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa”, U.Nazarovning “Chayon yili”, Shukrullo “Kafansiz ko‘milganlar”, O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlar shular jumlasidandir.
Yil o‘tgan sayin romanlar son jihatdan ham sifat jihatdan ham takomillasha bordi, janr namunalari mazmuniy va shakliy-uslubiy rang-barangligi bilan diqqatni tortdi. Shunga ko‘ra hozirgi davr romanchiligi namunalarini bir qancha xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilish mumkin.
Mavzusiga ko‘ra romanlarni badiiy voqeligida qaysi davr aks etganaligiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilish va javdalda ifodalash mumkin:


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling