O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
Sho‘rolar davri tarixi yoritilgan romanlar
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II . Zamonaviy mavzudagi romanlar.
2. Sho‘rolar davri tarixi yoritilgan romanlar. Ushbu siraga mansub romanlarning ko‘pchiligida yurtimizning yaqin o‘tmishida millatdoshlarimiz boshidan kechirgan murakkab va ziddiyatli kechmish aks etgan bo‘lib, bunda yurtdoshlarimizning matonati, sabr-bardoshi va ulug‘ fazilatlari haqida hikoya qilingan. O‘tgan asarda amalda bo‘lgan ijtimoiy tuzum qoidalari, uning inson manfaatlari, qismatiga, millatning qadriyatlarig salbiy ta’siri va oqibatlari Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Nurilla Abbosxonning “Sho‘rqishloq” (2010 y.), Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda” (2009), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” (2000), Erkin A’zamning “Shovqin” (2011), Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” (2005), Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa", Murod Mansurning “Judolik diyori”, Qamchibek Kenjaning “Palahmon toshlari” kabi romanlarida ayniqsa yortqin aks etdi.
II. Zamonaviy mavzudagi romanlar. Bularga Tog`ay Murodning “Bu dunyoda o`lib bo`lmaydi”, Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar” (2011), “Muvozanat” (), “Isyon va itoat” (2003),Ahmad A’zamning “O‘zi uylanmagan sovchi” (2010), Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” (2010), Salomat Vafoning “Ovvoraning ko‘rgan-kechirganlari”, Abbos Said “Ko‘chada qolgan odam” (2004), Tilavoldi Jo‘raev “Bozor dunyo” (2006), Tilavoldi Jo‘raevning “Arvohlar tunda izg‘iydi” (2004), Bahodir Xudoyberganov “Lafz” (2007), Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” kabi romanlarini misol sifatida tilga olish mumkin. Zamonaviy mavzulardagi romanlarda o‘zbek xalqining milliy istiqlolni qo‘lga kiritgan ilk davrlardagi ijtimoiy munosabatlar, kishilar ongi, qarashlaridagi o‘zgarishlar, juda ko‘p sohalarda bo‘layotgan yangilanishlar va ularga xalqning munosabati masalalari yoritilgan. XXI asr boshlaridan esa istiqlolning dastlabki yillarida xalqimiz boshidan kechirgan turmush manzaralari, o‘tish davri bosqichidagi qiyinchiliklar hamda ushbu jarayonlarda kishilarning tutumlari romanlarimiz sahifalarida ko‘tarilgan yetakchi muammo doirasini tashkil etdi. Yozuvchilarimiz oldida iqtisodiy yetishmovchiliklar ta’sirida irodasi mustahkam bo‘lmagan kishilarning engil-elpi yo‘llardan borishi, o‘zgalar baxtsizligi ustida o‘z hukmronligini o‘rnatishdan tap tortmasligi va aksincha, har qanday ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy tahdidlarga qaramasdan, o‘zining mustaqil fikri, qarashlari, e’tiqodida sobit bo‘lgan hamda vijdon amriga asoslanib hayot kechirishda davom etadigan, qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin qiyinchilik va tahdidlar ostida insoniy qiyofasini yo‘qotmaydigan kishilarning matonati va jasoratini ulug‘lash va umuman, shunga o‘xshash ijtimoiy chigalliklar ustida bosh qotirish zarurati paydo bo‘ldi. Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, Abbos Saidning “Besh kunlik dunyo”, Tilavoldi Jo‘raevning “Bozor dunyo”, “Arvohlar tunda izg‘iydi” kabi romanlari shular jumlasidandir. Xullas, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan yangi va ayni paytda murakkab iqtisodiy sharoit yurtdoshlarimizdan vazminlik, sabr-matonat, e’tiqodda sobitlik, mustahkam iroda hamda yakdillikni talab etdi. Aynan ana shunday tarixiy vaziyatlarda inson va uning ma’naviy olamini ochib berishni, shu orqali hayotni haqqoniy tasvirlash, shuningdek, milllatdoshlarni ta’limiy, axloqiy, madaniy, tarbiyaviy jihatdan saviyasini oshirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashni ham o‘z zimmasiga olgan adabiyotimiz o‘zining qamrov doirasini yanada kengaytirdi. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida etakchilik qila boshlagan axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy-tarbiyaviy mavzu hozirga qadar ham romanlarimizda muhim o‘rni tutdi. Ayrim asarlarimizda diniy mavzudagi rivoyatlar, ma’rifiy mazmundagi adabiy-badiiy manbaalar xususiyatlariga yaqinlik belgilari seziladi. Chunki yurtimizda milliy istiqlolga erishilgach, xalqimiz ma’naviy, mafkuraviy erkinllikka erishdi. Ko‘p yillar ta’qib ostiga olingan e’tiqod bilan bog‘liq qarashlar endigi kunda o‘zining haqqoniy o‘zaniniga tushib oldi. Insonni tarbiyalash vositasi, insonshunoslik quroli bo‘lgan badiiy san’atda esa turli axloqiy-ta’limiy, didaktik vositalar qatorida diniy-ma’rifiy mavzulardagi o‘gitlar ham tarbiya qurollaridan biri sifatida qaror topdi. Istiqlol tufayli qo‘lga kiritilgan fikriy, ma’naviy, e’tiqodiy erkinlik kishilarni yaqin o‘tmishida batamom ta’qiqlab qo‘yilgan omillar tomon yanada qattiqroq undadi. O‘zini, o‘zligini tanigan millat qadriyatlari, e’tiqodi, tafakkurini yuksaltirishga, an’analarini mustahkamlashga bel bog‘ladi. Muqaddas kitoblar, aziz avliyolarning yorqin xotirasiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Ayni jarayonlar esa ijtimoiy hayot in’ikosi, ko‘zgusi hisoblanmish adabiyotda, ayniqsa, hayotni keng qamrovda, atroflicha ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan katta epik janr namunasi - romanda badiiy jonlantirildi. Qolaversa, azal-abad ta’lim-tarbiya quroli bo‘lgan adabiyot hamisha zamonaviy mohiyatga ega bo‘lgan. Yangi davr kishilarining islomga, uning axloqiy, didaktik mazmuniga, ta’limiy vazifasiga qiziqish va ishonchlari ortdi. Shu bois bo‘lsa kerak, bugungi kun ijodkorlari zamondoshlar ongida yuz bergan ana shunday o‘zgarishlarni badiiy aks ettirish, buning orqali ularning ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni tarbiyalash mas’uliyatini zimmalariga oldilar. Natijada o‘zbek nasri, xususan, romanchiligida diniy-ma’rifiy g‘oyalarning millat vakillari hayoti misolida badiiy talqin qilinishi holatlari kuzatildi. O‘zbek romanlarida jamiyatdagi turli jabhalar qatorida zamondoshlariimizning e’tiqodlari, ular hayotida milliy qadriyatlarning o‘rni masalasini ham badiiy tadqiq qilishga harakatlar sezildi. Ularda qalamga olingan ma’naviy darajasi turlicha bo‘lgan shaxslar qiyofasi ularning e’tiqod bilan bog‘liq qarashlarida tajassum topishi e’tirof etilganligi seziladi. Urf-odat, an’ana, diniy-islomiy masalalar va unga munosabat, muqaddas narsalarni e’zozlash, bugungi kun ijobiy qahramonining xarakterli xususiyatlaridan biriga aylandi. Aksincha, e’tiqod va uning bilan bog‘liq amallarni qurolga aylantiruvchi, ko‘zbo‘yamachilik va xo‘jako‘rsin uchun amal-taqalga ruju qo‘ygan insonlar esa millat mafkurasiga, kelajagiga nisbatan hurmatsiz va jamiyatni tanazzulga boshlovchi salbiy kuchlar sifatida talqin qilina boshlandi. Demakki, istiqlol davri adabiyotida insonni baholash va talqin qilishda etakchi bo‘lgan mezon va me’yorlar ichida ularning diniy e’tiqodga bo‘lgan munosabatlari ham muayyan bir o‘lchov vazifasini o‘tay boshladi. Ma’lumki, islom dinida, qolaversa, didaktik adabiyot namunalarida ham nafs va nodonlik masalasi hamisha qoralanib kelinadi. Chunki barcha insoniy illatlarning zamirida aslida o‘z nafsini quliga aylangan, aql va tafakkur imkoniyatiga tayanib emas, balki g‘arazgo‘y ijtimoiy kuchlar ta’siriga berilib, axloqiy me’yorlarga zid harakat qilgan kimsalar qilmishlari yotadi. Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”, Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, Nurillo Abbosxonning “Sho‘rqishloq” kabi romanlarida din va hayotiy me’yorlar haqida mukammal muvozanat izlab, insof, iymon, vijdon tarozisi oldida turgan inson olami talqiniga ham ma’lum darajada o‘rin ajratildi. Hozirgi o‘zbek romanchiligida xalqning ma’naviy boyligi hisoblangan, uning qiziqishlarini o‘zida jamlagan, tasavvur olami mahsuli bo‘lgan hamda san’atkorligini namoyon etuvchi xalq og‘zaki ijodi namunalariga ergashish, ulardagi badiiy tajribalarni o‘zlashtirishga intilish, ayniqsa, kengroq ko‘zga tashlandi. Milliy xarakterlar yaratish, xalqona til unsurlari orqali adabiy asar tilini individuallashtirish, an’analar, qadriyatlar, odatlarni ifoda etuvchi epizodlar tasviriga asar syujetidan muhim o‘rin ajratish, o‘rni-o‘rni bilan folklor materiallariga tez-tez murojaat etish yangi davr romanlariga xos ajratilb turadigan xususiyatlardandir. Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor”, Shoyim Bo‘taevning “Qo‘rg‘onlangan oy”, Erkin A’zamning “Shovqin”, Sh.Bo‘taevning “Qo‘rg‘onlangan oy”, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda” kabi asarlarida aynan shunday jihatlarni kuzatish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling