O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari


Download 0.59 Mb.
bet18/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari
1.Toifalash jadvali 1-jadval
2-jadval.
3-jadval.
4-jadval.

2. Ikki qismli kundalik metodi.
“Hozirgi o`zbek romanchiligi” mavzusini o‘qitishda tanqidiy tahliliy materiallarni sharhlab mutolaa qilish ham samara beradi. Bunda talabalarga mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi hamda ikki qismli kundalik tayyorlashni ularga uyga topshiriq sifatida tavsiya etiladi. Talabalar uyda mavzuga oid tanqidiy-tahliliy mateirallarni o‘qib o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga oid olimlarning fikrlarini birinchi qismda unga oid o‘zlarning qarashlarini ikkinchi qismda qayd etadilar. Natijada qo‘yilgan masalalarga oid talbalarning qarashlarini o‘qish, tinglash va muhokama etish mumkin bo‘lgan jarayon yuzaga keladi.

Istiqlol davri o‘zbek rmoanchiligiga oid tanqidiy tahliliy manbadan olingan ko‘chirma

Sharhlar

“Omon Muxtor yangi romanlarida zamonaviy jahon romanchiligi tajribalarini yodga tushiruvchi xususiyatlar talaygina – ularda an’anaviy realizmga xos aniq zamon, aniq makon tushunchasi yo‘q, voqea-hodisalarni ayni hayotdagidek gavdalantirish, izchil bayon etish, qahramonlar ruhiyatini urf bo‘lgan realizm mantiqi asosida ochish, ifodalash ham yo‘q: reallik bilan xayolot, o‘ng bilan tush ayqash-uyqash holatda keladi, aniqrog‘i, voqea-hodisalar real hayotda emas, xayolparast qahramonning xayolida, ongida kechadi; qahramon ongida reallik bilan xayolotning qo‘shilib-chatishuvidan iborat g‘aroiyb dunyo, hayotning o‘ziga xos badiiy modeli yaratiladi; u dunyo bilan bu dunyo orasidagi chegara yo‘qoladi, tiriklar o‘likka aylanadi, ruh tandan ajralib, bir-birini taftish etishadi, o‘liklar tirilib tiriklar bilan muloqotga kirishadi, turli asr odamlari bir-biri bilan ro‘baro‘ keladi... bir qarashda tartibsiz, mantiqsiz, ayqash-uyqash tuyulgan voqea-hodisalar zamiriga nazar tashlansa, masalan, Pushkin aytmoqchi, asarning o‘z ichki qonuniyatlari asosida yondashilsa, ularda teran ma’no, botiniy tartib, mantiq borligi ayon bo‘ladi. Faqat buni anglab etish uchun kitobxondan muayyan adabiy tayrgarlik, ko‘nikma talab etiladi”. “Romanning yang umri” (D.Quronov va U.Normatov suhbati).



Demak, maqolada Omon Muxtor romanlariga xos quyidagi xususiyatlar tavsiflab o‘tilgan:

  • an’anaviy realizmga xos aniq zamon, aniq makon tushunchasi yo‘q; chindan ham ijodkorning “Aflotun”, “Ffu” romanlarida aynan shunday holatlar kuzatiladi;

  • voqea-hodisalarni ayni hayotdagidek gavdalantirish, izchil bayon etish yo‘q – masalan, “Ayollar mamlakati va saltanati” romani bunga misol bo‘ladi;

  • qahramonlar ruhiyatini urf bo‘lgan realizm mantiqi asosida ochish, ifodalash ham yo‘q - “Ming bir qiyofa” romani olimning fikrlarini isbotlab turadi;

  • reallik bilan xayolot, o‘ng bilan tush ayqash-uyqash holatda keladi - “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr” romani aynan ana shu ta’rifga mos keladi;

  • voqea-hodisalar real hayotda emas, xayolparast qahramonning xayolida, ongida kechadi - “Aflotun”, “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr” romanlarida qahraomnlarning o‘y-xayollari etakchilik qiladi;

  • qahramon ongida reallik bilan xayolotning qo‘shilib-chatishuvidan iborat g‘aroiyb dunyo, hayotning o‘ziga xos badiiy modeli yaratiladi - “Ayollar mamlakati va saltanati” romanidagi ayollar, qandaydir binolar tasviri qahramonning o‘y-xayollarida kechgan voqealardir;

  • u dunyo bilan bu dunyo orasidagi chegara yo‘qoladi, tiriklar o‘likka aylanadi, ruh tandan ajralib, bir-birini taftish etishadi, o‘liklar tirilib tiriklar bilan muloqotga kirishadi, turli asr odamlari bir-biri bilan ro‘baro‘ keladi – “Aflotun” romanidagi quduq ichida qahramon Usmoning kechirgan sarguzashtlari aynan ana shunday xarakteriga ega;

  • bir qarashda tartibsiz, mantiqsiz, ayqash-uyqash tuyulgan voqea-hodisalar zamiriga nazar tashlansa, masalan, ularda teran ma’no, botiniy tartib, mantiq borligi ayon bo‘ladi – chindan, ijodkorning asarlaridan ramziy ma’nolar, chuqur falsafiy, ijtimoiy g‘oyaviy qarashlar yashirngan hisoblanadi.







Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling