2. “Bilaman. Bilmoqchiman. Bilib oldim” grafik organayzeri orqali davr she’riyati haqida talabalar qanday ma’lumotga egalar, qanday ma’lumotlarni bilib oldilar va bilib olmaqchi ekanliklari haqidagi ma’lumotlar asosida fikrlarni tizimli ravishda bayon etish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
Bunda talabalarning taxminiy javoblari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
B/B/B JADVALI
3. Keys topshirig‘i.
Muammoning bayoni. Sizningcha, nega aynan istiqlol davriga kelib, diniy-ma’rifiy, axloqiy-ta’limiy mavzulardagi she’rlar salmog‘i kengaydi?
Keysni echish yuzasidan savollar.
Masalaning mohiyatini asoslovchi sabablarni asosiy va kichik muammolarga ajratib olgan holda muammolarga echim topishga harakat qiling.
Fikringizni misollar orqali asoslab bering.
Ushbu sababaga qarama-qarshi turishi mumkin bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring va o‘z asoslaringizga sobitlik darajangizni tekshirib ko‘ring.
Xulosangizni bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |