O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


-mavzu: Globallashuv davri o‘zbek adabiyoti


Download 0.59 Mb.
bet5/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

2-mavzu: Globallashuv davri o‘zbek adabiyoti
Reja:
1.Globallashuv va zamonaviy adabiyot
2.Mustaqillik davrida yaratilgan badiiy asarlar va ularda inson mohiyati masalasi.
3. Ommaviy madaniyatning kitobxon ma’naviyatiga ta’siri muammosi.
4. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida adabiy janrlar taraqqiyoti


Tayanch tushunchalar: globallashuv, globallashuv davri adabiyoti, inson ma’naviyati masalasi talqini, janrlar taraqqiyoti, ommaviy madaniyat, kitobxon ma’naviyati

Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog‘liq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta’minlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez sur’atlar bilan ko‘payayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan ta’minlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin:


1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammolar. — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g‘oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo‘lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo‘ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko‘rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi;
2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan Global muammolar — jahon xo‘jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqsa. 20-a. oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan bo‘lsa, kambag‘al davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qo‘yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Evropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy- iqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi;
3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammolar — jahon aholisi muttasil ko‘payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug‘diruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
4) inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammolar — ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg‘anishi, o‘rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo‘qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi natijasida qishloq xo‘jaligida ekin ekiladigan erlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, g‘oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammoga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o‘z asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda so‘zlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi e’tiborini karatdi5.
Jahon hamjamiyatini ana shular kabi katta-kichik global muammolar qiynayotgan bir paytda hozirgi milliy ziyolililarimiz vakillari bo‘lgan ijodkorlar ham yurtimiz va dunyoda kechayotgan turli masalalar talqiniga diqqat qarata boshladilar. Jumladan, ommaviy madaniyat, inson ma’naviyati, milliy qadriyatilar, ma’naviy tarbiya, inson shaxsini ulug‘lash, tinchlik, o‘zaro hurmat, qardoshlik kabi tuyg‘ularni millat hayotidagi tutadigan o‘rni va qimmatini mustahkamlash yo‘lida harakat qildilar. Jumladan, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam kabi nosirlar, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Usmon Azim, Azim Suyun, Xurshid Davron, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodida mazkur masalalar o‘ziga xos tarzda talqin etildi.
Hozirgi adabiy jarayonda yuzaga kelayotgan tamoyillarni jahon adabiyotida amalda bo`lgan turli xildagi estetik-adabiy xususiyatlardan ayricha tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, davrimiz adabiyotiga jahon adabiyotining, undagi turli oqimlarning ta`siri sezilarli bo`ldi.
O`zbek adabiyotidagi yangicha xususiyatlarning paydo bo`lishida g’arb modernistik yo`nalishlarining ta`siri kuchli bo`ldi. Bularning asosiysi ong oqimi yo`nalishi bo`lib, keyingi yillar nasriga uning ta`siri hammadan ham ko`proq bilindi.. Bir qator yosh yozuvchilar Jeyms Joys, Frans Kafka, MarselPrust kabi adiblarning yo`lidan borishga harakat qilib, qahramonlarining o`y-xayollari tasviriga e`tiborni kuchaytirdilar. Masalan, Shodiqul Hamroyev, Nazar Eshonqul, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Shahriyor, Ikrom Otamurod kabi adiblarning asarlari fikrimizga dalil bo`la oladi.
Bugungi kunda modernizm, freydizm, postmodernizm kabi tushunchalar kirib kelib, adabiyotshunoslarimiz tomonidan tez-tez tilga olinmoqda. Adabiy jarayonimozda yuzaga kelayotgan ayrim o`zgarishlarga mana shu oqimlarning ta`siri borligi bilan izoh berilmoqda.
G’arb adabiyoti bugungi o`zbek adabiyotida ko`pgina shakliy-ma`noviy yangiliklarning paydo bo`lishi uchun zamin bo`ldi. Bu ta`sirlar ba`zan o`rtamiyona taqlid darajasida qolib ketgan bo`lsa-da, ammo an`anaviy nasrning jahon adabiyoti ta`siridagi o`zgarishlari o`zbek prozasida yangi bir davr boshlanganligini ko`rsatdi. Evropa estetikasining buyuk namoyandalari Z. Freyd, F.Nitsshe, e.Fromm, A.SHopengauer falsafiy qarashlari, A.Kamyu, F.Kafka, M.Prust, G.Markes, J.Joys adabiy asarlaridagi behad chuqur ijtimoiy-ruhiy tahlil imkoniyatlaridan ijodiy o`rganish badiiy tafakkurimizning tor qolipoardan chiqishida asosiy omillardan bo`lmoqda.
Modern asarlarda asosiy belgi xususiyatlardan bir insonning tashqi dunyodagi xatti-harakatlari qolib uning ichki dunyosida kechayotgan o`zgarishlar, po`rtanalar haqida qalamga olinadi. Chunki ularning asarlaridan kelib chiqadigan Aniq bir haqiqat shuki, insonning haqiqiy qiyofasi, real olami uning ichki dunyosidir. Biz ko`rib turgan bu ajoyib dunyo bari ko`zbo`yamachilik, soxtalik olamidir. Inson bir-biri bilan shunchaki qandaydir bir qoidalarning qurboni bo`lib turibgina xo`jako`rsinga munosabatda bo`ladi. Insonni o`zidan boshqa bu olamda tushunadigan jonzot yo`q. Bunday qarash va yondashuvni biz o`zbek adabiyoti olamida dunyoga kelgan ko`pdan ko`p asarlarda uchratamiz Masalan, iste`dodli adib SHoddiqul Hamroevning «Suratdagi ayol» hikoyasida aynan mana shu o’arb adabiyotidagi oqimlarning ta`siri seziladi.
Yana shuni ham eslab o`tishimiz joizki, o’arb adabiyotidagi oqimlar ta`siri bizning asarlarimizning shakliy tuzilishida ham o`zgarishlarga yuz tutishiga sabab bo`ldi. Insonning ichki olami singari turfa va jilovlanmas xatti-harakatlarining qolipga solib bo`lmasligi badiiy asarlarda ham aniq nazariy, gramatik tartib-qoidalarga rioya qilmaslik, ulardan chekinish holatlarini yuzaga keltirdi. Masalan, tinish belgilaridan foydalanmasdan asar yozish, vazn, qofiya va yana janrning turli talablarini inobatga olmaslik holatlarini ham shular qatorida izohlamoq joiz bo`ladi. Masalan, shoir Bahrom Ro`zimuhammadning aksariyat she`rlarida tinish belgilari yo`q. Faxriyor she`rlarini o`qiganda ham oddiy kitobxon ko`zi bilan o`qilsa, unda inson xayollaridek rang-baranglik, turfa xillikni anglash qiyin. Nasriy asarlarda esa har bir jumla, goh so`zning gap tugashini bildiruvchi belgi – nuqtadan tashqari ham alohida sartlarda joylashtirilishi, ozgina gap va yo birgina so`z, ba`zan esa jumlaning hatto butun boshli bir bobni tashkil qilib qolishi holatlari kuzatilmoqda. Yoki yozuvchi O’affor Hotamning «YAngi oy chiqqan kecha» romanini kuzatadigan bo`lsak ham unda bir qator yangiliklarning guvohi bo`lamiz. Asar dastlabki satrlaridanoq bizga notanish, qandaydir boshqacha uslubda yozilgandek taassurot qoldiradi. Asarning butun bir abzasida ba`zan bittagina gap uchraydi, ba`zan esa yarim sahifagacha cho`ziladi. Ijodkor matnni ergash gapli qo`shma gaplar, kiritma so`z va iboralarga boy jumlalar asosiga qurishga intiladi. Bunday uslub orqali adib qahramonlarining o`y-fikrlari, his-tuyo’ularini o`ziga xos bir uzluksiz oqim tarzida ko`rsatishga intiladi. Romanning bosh qahramoni «Ismsiz» deb nomlanadi. Asar voqealari olamiga mana shu qahramon tilidan etaklab borilib, asarda uning iztirobga to`la, hissiyatga to`liq muhabbati tarixini ta`sirchan gavdalantirishga voqealari xronologik izchillikda emas, balki voqealarning qahramon ma`naviy olamida qoldirgan izlari orqali jonlantirish yo`lidan boriladi. SHu tariqa ko`p voqealar Ismsiz xayolida kechadi. Uning mahbubasi oldiga borayotganligi, unga sevgi izhor qilganligi va hokazo voqealar kitobxonda real kechayotgandek tasavvur paydo qilib turgan bir paytda ayrim detallar uning yolo’iz ekanligini anglatib qoladi. Xullas, asarning ko`p o`rinlarida adabiyotimizning mavjud an`analaridan chekinib yozilganligini ko`rsatib turadi va tan olish kerakki, jahon modernistik adabiyotining etakchi vakillaridan bo`lgan Jeyms Joys va uning «Uliss» romani izidan borganligi, ijodkor bu asarning kuchli ta`siri ostida bo`lganligini ko`rsatib turibdi.
O’affor Hotam «Yangi oy chiqqan kecha» romani orqali muhabbat fojiasi inson uchun halokatli oqibatlarga sabab bo`lishi mumkinligi va sevgi o’alabasi uchun qattiq kurashmoq zarurligi to`o’risidagi o’oyalarni ta`sirchan tarzda ifodalashga uringan. Buning uchun u voqealarni qahramon ongiga ko`chirib aks ettirishdek mashaqqatli uslubdan foydalangan. SHunday hikoya qilish tarzini tuo’diruvchi tush, xayol, xotira, xat singari vositalar zimmasiga katta ma`nolaru beqiyos vazifalar yuklagan va favqulodda kutilmagan, yorqin baddiy timsollar kashf etgan. Faqat tasvir va talqinda tanlangan murakkab yo`l ijodkorni qiynab qayganligi sezilib turadi va kitobxonni ham qiziqish bilan o`qiydigan sevgi madhiga bao’ishlangan asarlar kabi o`z olamiga kuchli chorlamaydi.
To`xtamurod Rustamning «Kapalaklar o`yini» (1989) romanida esa mashhur fransuz yozuvchisi Marsel Prust asarlarining ifoda, uslub tomonidan ta`siri borligini sezish mumkin. Chunki asar xotiralar asosida qurilganligi bilan jahon badiiy kashfiyotchisining asarlarini eslatadi. To`xtamurod Rustamning asarida «ong oqimi» namunalaridan ta`sirlanish borligi asarning voqealar tizimida ham, qahramonlar xarakteri, ma`naviy olami ifodasida ham yaqqol sezilib turadi. Ne`mat Arsloning ozodlik, erkinlik masalasiga bao’ishlangan «Mavhumot» (1998) romanida esa abstraktsionizm – mavhumlik, murakkablik belgilari seziladiki, buni ham O’arb adabiyoti namunalariga ergashish natijasi sifatida baholash mumkin.
Bugungi o`zbek romanchiligida badiiy mukammallik sari tinimsiz izlanishlar jarayoni ketmoqda. Turli xildagi yangiliklarning olib kirilishi, janrning mavjud qoidalariga o`zgartirishlarning kiritilishi – bularning barchasi romanlarning bugungi qiyofasini ko`rsatadi.
Shu boisdan ham e`tirof etish mumkinki, Ovrupa adabiyotidan kirib kelayotgan bunday yo`nalishlar ta`siri ba`zan ijobiy natijalarga olib kelsa, ba`zan esa hamma vaqt ham yaxshi samara berayapti, deb bo`lmaydi. Ayonki, bunday asarlar chuqur bilim, malaka, tajriba va teran falsafiy mushohadakorlikning umumlashmasi o`laroq dunyoga kelgan. Ulardagi har bir harakat, har bir ishora, ramz, raqam va hatto, tinish belgisining ham o`z ma`nosi bor. Bizning ba`zi asarlarimizda ularga ko`r-ko`rona ergashish natijasi o`laroq, badiiy o’oya shakliy tovlanishlar soyasida qolib ketadi, hatto, ba`zi asarlar aniq badiiy maqsad bilan yozilganligiga shubha tuo’iladi.
Aytish mumkinki, global muammolar, ommaviy madaniyat xuruji, inson ma’naviyati masalalari ayniqsa ramziy, falsafiy ruhda teran talqin etildi. Ularda Ovrupa orqali o‘tayotgan ayrim holatlarning millatdoshlarimiz ma’naviyati, taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, ijtimoiy xurujlar davrida inson tutmlari,, shuningdek, milliylik qadriyatlar masalasining millat taqdiriga daxldor qimmati muammolari keng tadqiq etildi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling