Adabiy davr – литературный век - literary age -Adabiy jarayonni davrlashtirishda hisobga olinadigan eng katta bo`linish bo`lib, masalan, o`zbek adabiyotini dastlab ikkita katta davrga ajratish mumkin:
O`zbek adabiyoti tarixi;
yangi o`zbek adabiyoti.
Bu tariqa bo`lish nisbiy bo`lib, turli adabiyotshunoslar bu davrlarni yana ko`plab kichik bo`linishlar asosida ajratib ham ko`rsatishadi.
Adabiyjarayon – литературныйпроцесс - literary process - «Jarayon» so`ziarabchaso`zbo`lib, ishharakat, voqea-hodisaningborishi, rivoji, oqimima`nolarinibildiradi. Protsess so`zi bilan bir ma`noda ishlatiladi. «Protsess» - lotincha so`z bo`lib, voqea hodisalarning izchillik bilan o`zgarishi, rivojlanish jarayonini anglatadi.
Adabiy atama sifatida «Adabiy jarayon» so`zi tor va keng ma`nolarda qo`llanadi. Keng ma`noda qo`llanganda, badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. Tor ma`noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni, undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan boo’liq barcha narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Masalan, XIX oxirlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda, o`sha davr adabiy-ijtimoiy hayoti, unda faoliyat ko`rsatgan ijodkorlar, ularning o`zaro munosabatlari; jamiyat hayotida etakchilik qilayotgan o’oyalar, ijtimoiy maqsad va intilishlar va hokazo shu kabilar tushuniladi. Davrning xarakterli adabiy-estetik hodisalari, ya`ni badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning paydo bo`lishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va hokazolar nazarda tutiladi. SHuningdek, adabiyotning u yoki bu yo`nalishda rivojlanishiga ta`sir ko`rsatgan ichki va tashqi omillar, masalan, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy-ma`rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiyot an`ana va yangilik munosabati kabilar, qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador bo`lgan barsa narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |