Internet saytlari
www.literature.uz
http://ziyonet.uz
http://natlib.uz
www.literature.uz
GLOSSARIY
Adabiy avlod – – литературный поколение – literary age – Adabiy jarayonni davrlashtirishda qo`llanadigan eng kichik birlik sifatida tilga olinadigan tushuncha bo`lib, adabiy avlod sanalishi uchun ma`lum bir guruh ijodkorlarning bir davrda tuo’ilishi yoki bir davr adabiyotiga kirib kelganligigina muhim bo`lib qolmaydi, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayanganligi ham e`tiborga olinadi. Masalan, o`zbek adabiyoti sahifalarini kuzatadigan bo`lsak, adabiyot avlod sifatida quyidagi guruhlarni ajratib namuna qilish mumkin:
jadidchilik ta`sirida adabiyotga kirib kelgan avlod;
sho`ro adabiyoti avlodi va hokazo.
Adabiy aloqava adabiy ta`sirlar– литературный влияние – literary influence- adabiy jarayonning, adabiyotlarning o`zaro bir-biri bilan aloqa-munosabat va ta`sir qilib turishidan, bir adabiyot badiiy tajribasini ikkinchi bir adabiyot o`zlashtirishi va kerak bo`lsa ijodiy rivojlantirishidan kelib chiqadigan qonuniyatlardan biri. Turli millat va xalqlar ijtimoiy va adabiy hayoti o`rtasidagi iqtisodiy, ma`naviy aloqalar, munosabatlar ta`sirida adabiy aloqa va adabiy ta`sirlar vujudga keladi. Milliy adabiyotlarning o`zaro aloqasi ularni boyitadi, rivojlanishiga turtki beradi. Adabiyot tarixidan bunga misollar juda ko`plab topiladi. Masalan, fors-tojik adabiyotida yuzaga kelgan xususiyatlarning o`zbek adabiyotiga kirib kelishi va davom ettirilishi bunga misol bo`lishi mumkin.
Adabiy asr – – литературный - literary age- Adabiy jarayonni davrlashtirishda qo`llanadigan tushuncha bo`lib, adabiyotdagi har bir davr o`zicha ma`lum bir ichki bo`linishlarga ajraladi. Demak, bu adabiy davrga nisbatan keyinda turadigan, undan kichikroq bo`lgan tushunchadir. Masalan, o`zbek adabiyotining ma`lum bir davrini islom ta`siri davridagi adabiyot tarzida ajratadigan bo`lsak, uning o`zini bir necha adabiy asrlarga ajratish mumkin:
turkiy sullolalar davri adabiyoti;
temuriylar davri adabiyoti;
xonliklar davri adabiyoti va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |