Adabiy yo`nalish – литературный направление – literary tenor –Ma`lum bir tarixiy davrda o`z ideologiyasi va tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan yozuvchilar ijodidagi o’oyaviy-badiiy xususiyatlar, masalan, mavzu, o’oya, badiiy tasvir prnitsiplari va hokazolar birligi ma`nosida ishlatiladigan tushuncha. U qaysidir bir milliy adabiyotda paydo bo`lib, ma`lum bir davrda yo`qoluvchi tarixiy hodisa bo`lib, ma`lum bir davrda biror bir adabiyot doirasida harakat qiladi. Adabiy yo`nalish bir davr adabiyotida bitta bo`lib, u shu davr adabiy jarayonini ma`lum bir tomonga yo`naltirib yuborishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy davrida romantizm adabiyotning asosiy yo`nalishi bo`lib, davr adabiyotining etakchi o’oyaviy masalalarini ifodalashga xizmat qilgan asarlar shu yo`nalishda ijod qilingan. YOki o`zbek adabiyotida tasavvuf o’oyalari yo`nalishidagi adabiyot, jadidchilik o’oyalari bilan yo`o’rilgan jadid adabiyoti kabilar adabiy yo`nalish tushunchasini izohlashga yordam beradi. Adabiy yo`nalish adabiy jarayonning, badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jihatdan umumlashtirish orqali uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir.
Adabiy ko`rgazma – biror xalq, davr adabiyoti yoki ijodkorlar asarlarining ommaviy namoyish qilinishi. Bunda biror bir davr ichida adabiyotda yaratilgan badiiy asarlar, shu asarlar yuzasidan adaiyotshunoslikda yaratilgan ilmiy asarlar namoyish etiladi. Adabiy ko`rgazma biror bir yozuvchi ijodi yoki ma`lum bir tematika doirasida ham o`tkazilishi mumkin.
Adabiy maktab – литературная школа – literary scool - bu tushuncha keng ma`noda adabiy oqim ma`nosida ham ishlatiladi. Tor ma`noda esa biror bir buyuk san`atkor ijodining boshqa yozuvchilar ijodiy faoliyati uchun badiiy mahorat maktabi vazifasini o`tashi ma`nosida ishlatiladi. U maxsus tashkil etilmaydi, balki ijodiy ta`sirning bir ko`rinishi sifatida turli davrlardagi adabiy jarayonda ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o`zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy romanchilik maktabini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |