O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-mavzu: O’rta Osiyoning qadimgi aholisi (2 soat)


Download 434.34 Kb.
bet8/131
Sana06.10.2023
Hajmi434.34 Kb.
#1694169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
Bog'liq
Pedagogika universiteti

6-mavzu: O’rta Osiyoning qadimgi aholisi (2 soat)
Reja

  1. O‘rta Osiyo qadimgi davr aholisining yozma manbalardagi talqini

  2. Ko‘chmanchi qabilalar va geografik joylashuv i

  3. Qadimgi davr aholisining yashash tarzi va mashg‘uloti.

1 reja
O‘rta Osiyo halqlari tarixi juda qadimiy tarixga ega. U qadimgi tosh davrining ashel bosqichiga (bundan 1million -200 ming yil oraligi) borib taqaladi. Bu davrga tegishli arxeologik obidalar O‘zbekiston hududlarida Sel-Ung‘ur va Ko‘lbuloq yodgorliklari misolida o‘rganilgan. Sel-Ung‘urda hatto ilk ajdodlarimizning mehnat qurollari bilan birga odam suyak qoldiqlari ham topilgan. U tarixda Fergantrop nomi bilan ma’lum bo‘lib, uning yil sanasi yaqin I million yil bilan belgilanmoqda. O‘rta Osiyo xududida yashagan aholi haqida ma’lumot saqlangan eng qadimgi manba bu Avesto hisoblanadi. uning “Videvdat” kitobida O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olinadi. O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida Ahomaniy podsholarining qoyatoshlarga bitilgan bitiklarida ham tegishli ma’lumotlar uchraydi. O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyim-kechagi va ko‘p qirrali hayoti haqida qiziqarli materiallar yunon mualliflari va Xitoy yozma manbalarida ko‘proq uchraydi. Bulardan tashqari arxeologik izlanishlar davomida turli davr va yillarda topilgan mahalliy aholining xorazmiy, bohtariy, sug‘diy, parfiyoniy va “noma’lum yozuv” deb atalmish yozma manbalari ham borki, ular qisqa va kam bo‘lishidan qatiy nazar, O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek etnogenezi uchun noyob ma’lumotlar beradi.
Ko‘pchillik olimlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik dinining ilk vatani Turon o‘lkalari bo‘lgan, deb tan olishmoqda. Chunki, “Avesto”da aks etgan mifologik qatlamlar, tarixiy‑geografik manzaralar asos‑e’tibori bilan Turon o‘lkalariga, aniqrog‘i, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazmga xosdir.
Aksariyat olimlarning fikricha Zardusht tarixiy shaxs.Zardusht an’anaviy tasavvurlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan (I.M.Dyakonov, V.I.Abaev, B.G‘.G‘ofurov). Ammo, Avesto ma’lumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (XIII-XII asrlarda - Meri Boys), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida (X-IX asrlar oraligida-I.M.Steblin - Kamenskiy) o‘tgan, degan fikrlar ham o‘rtaga tashlangan. Xo‘sh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik – o‘lkamizda bronza asri gullab-yashnagan, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik muqim rivojlangan, jamiyatda hokimlar, ruhoniylar, harbiylar, hunar ahli, chorvadorlar, dehqonlar kabi tabaqalar yuzaga kelib, mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalanish chuqurlashgan davr – zardushtiylik yaxlit din sifatida shakllangan davr, deyishga to‘la asos bor
“Avesto”ning “Videvdat” kitobi 22 bob bo‘lib, Avesto qismlari orasida birmuncha yosh, lekin to‘liq saqlangan kitobdir. Uning boblari “fragard” deb atalgan. Fragardlarda Axura Mazda yaratgan 16ta viloyatlar, jumladan Xvarizam (Xorazm), Gava Sug‘uda (Sug‘d), Mouri (Marv), Baxdi (Balx) haqida, dehqonchilik va chorvachilikning savobli sharofatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Avesto manbasi tufayli qadimda O‘rta Osiyo hududlarida tub joyli sug‘diy, bohtariy, xorazmiy, marg‘ush, tur (sak) qabilalari yashaganligini bilamiz. Demak, Avesto ma’lumotlari o‘zbek xalqi etnogenezini o‘rganish uchun ham noyob yozma manba hisoblanadi.
Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo va Pokiston xududlari bir xil tillar oilasiga kiradi. Qadimda bu xududda o‘rta forsiy tilda so‘zlashganlar. Hattoki «Avesto» tili ham qadimgi forsiy til – sanskritga yaqindir17. Bugungi kunda O‘rta Osiyo xududlarida qadimgi davrda ham turkiy ham forsiy tillarda so‘zlashganliklari tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
On the territory of Iran, Afghanistan, the Soviet Union and Pakistan again another group of languages (Persian, Tajik, Pashto, Ossetic, Baluchı, Shugnani, Yidgha-Munjı, Wakhı,Yaghnobı, etc.) is known, belonging also to the same family of languages but termed(Modern) ‘Iranian’ in a specific sense of the word. Modern Iranian languages also havetheir medieval antecedents called ‘Middle Iranian’ languages (Middle Persian, Parthian,Sogdian, Bactrian, Khorezmian, Saka, Alan, etc.) as well as their forerunners in Antiquitytermed ‘Old Iranian’ (Old Persian, Avestan, etc.).With the help of an abundance of linguistic and literary monuments it was easy to provegenetic relationship between the Indo-Dardic, Kafırı and Iranian languages. In fact, thefarther we go back in time in studying the monuments of these languages, the closer theycome to one another.
Yasna va Gotlarda tilga olingan tur va danay turlari tadqiqotchilar fikricha Sirdaryo bo‘yida yashovchi saklar deb beradilar. Yunon yozma manbalarida O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Janubi-Sharqiy Yevropa dashtlari va vohalari Oltoy chegarasigacha bo‘lgan xududlarda yashagan ko‘chmanchi va o‘troq aholini qadimgi greklar skiflar nomi bilan atagan. Fors manbalarida esa,bu xalqlar saklar tarzida berilgan. Butun Zakaspiy tekisligida massagetlar yashagan. Dastlab massagetlar skiflardan farq qilgan. Keyinchalik massagetlarning asosiy qismi skiflar bilan assimiliya bo‘lib ketgan. Massegetlardansharq tomonda saklar yashagan. Sirdaryoning quyi havzasida dai (daxi ) qabilalari yashagan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi, o‘zlari yashab turgan joyning nomi bilan atalgan: xorazmiy, sug‘diy, boxtariy, margiyyonaliklar, parfyanlar... Eron yozma manbalarida ham bu nomlar takrorlangan. Lekin ularning xechbirida halqlar o‘rtasidagi chegara ko‘rsatilmagan. Ba’zi manbalarda bu halqlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liklik borligini tasdiqlaydi. Jumladan, Strabon xorazmiylarning massaget va saklar tarkibiga kirishini yozib qoldirgan. Sug‘dlar va baktriyaliklarning yashash tarzi va fe’l atvori kam farq qiliishini yozib qoldirgan. Axamoniy releflarida esa, xorazmiylar, sug‘dlar va baktriyaliklarning kiyimlari va qurollari saklarnikidan farq qilmagan tarzda ifodalangan. Mil.avv.1 ming yilliklarda O‘rta Osiyo aholisi o‘rtasida farqlar deyarli sezilmagan. .majud bo‘lgan: Girkaniya, Parfiya, Margiyona, Ariya – Turkmaniston xududida, Baqtriya, Xorazm, Sug‘d, Parkana O‘zbekiston xududida, Gerurud, Qunduz Afg‘oniston xudularida. Ular sun’iy suvg‘orishdan foydalangan holda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Farg‘ona haqida grek va rim yozma manbalarda ma’lumotlar kam. Chunki ular Farg‘onani bilmaganlar. Geradotda parkanlar deb beradi. Farg‘onada parkanlar bilan birgalikda sak qabilalari ham yashagan. B.Litvinskiy fikricha, Farg‘onada turli sak qabilalri yashagan va ular xaumavarka qabilasi birligiga kirgan. Mil.avv. 6-4 asrlarga tegishli Qayroqqum madaniyatini ularga tegishli deb biladi. Hozirgi Xo‘jand xudularia Sirdaryoning chap sohilida egli qabilasi yashagan. Sirdaryo bo‘ylab, Farg‘onaning g‘arbida, tOshkent vohasida abiy skiflari (suv skiflari ) yashagan Naqshi Rustamdagi Doro maqbarasining relflarida unga bo‘ysungan xalqlar vakillari tasvirlangan. 28 ta xalq vakillari aks etgan. Ularda so‘g‘d, xorazmiy, baqtriyalik, saklar aks etgan. Bu tasvirlar Persopolda ham takrorlangan.
Sug‘d bilan baqtriyaliklar deyarli bir xil kiynganlar: tanaga yopishib turadigan belbog‘li ko‘ylak, belbog‘ining uchi osilib turibdi. Boshlarida do‘ppiga o‘xshash bosh kiyim kiygan.
Sug‘dlar uzun tor ishton kiygan, baqtriyalik baland qo‘njili etik va cholvor kiygan.
Xorazmiylar va saklarning kiyimlari deyarli bir xil: yoqasiz uzun chakmon, etigida jiyak bor, bosh kiyimi iyagi ostidan taqib olgan quloqchinga o‘xshagan .
Tigraxauda va Tiay-tara saklari bosh kiyimining uchi uzun qilib, orqaga qayilgan holda tasvirlangan. tasvirlangan Sak Skuxnaniniki tepaga cho‘zilgan edi. Barcha tasvirlarning belida akinak-qini uzun xanjar. Hammasida soqol bor, Baqtriya va Sug‘dning soqollari uzunroq,
Ayollar uzun qo‘ylak, yelkaga tashlab yuradigan yenglik, uzun ustki kiyim va taqinchoqlari bo‘lgan.
Amudaryo xazinasidan sak tasviri tushirilgan plastinka topilgan. Unda ular xanjarni qanday osganliklarini bilib olish mumkin. Bu tasvirlar Geradotning tasvirlariga mos tushadi.
2 reja
Axamoniylar yozuvlarida 3 ta saklarning qabilalari ko‘rsatib o‘tiladi:
Xaumavarka saklari-O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy qismida yashaganPomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar yashashgan
S.P.Tolstov Xorazmning janubi-g‘arbiy xududlaridan Nurota tog‘larigacha bo‘lgan deb ko‘rsatadi.

Download 434.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling