O`quv maqsadlarini belgilash usullari. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha


Download 164.5 Kb.
bet8/9
Sana07.03.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1246488
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1361881598 41601

6. BAHOLASh
Bu toifa u yoki bu material (qonun,badiiy asar, izlanish natijalari)ning ahamiyatiga aniq maqsad nuqtai nazaridan baho berishni anglatadi. Talaba mulohazalari mezoni ichki (tarkibiy, mantiqiy) yoki tashqi (belgilangan maqsadga muvofiq) bo`lishi mumkin. Bu mezonlar talaba yoki o`qituvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Bu toifa oldingi (5 ta) o`quv maqsadlarining barchasini egallanishini va ularga qo`shimcha ravishda aniq belgilangan mezonlarga asoslanib baho bera olishni ham bilishni nazarda tutadi.

TALABA
Materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholaydi, xulosalarni berilgan kattaliklarga mosligini baho-laydi, ichki mezonlardan kelib chiqqan holda u yoki bu faoliyat ahamiyatiga baho beradi, tashqi mezonlardan kelib chiqqan holda u yoki bu faoliyat ahamiyatiga baho beradi (munosabatini bildiradi).



O`quv fani maqsadlarini bu taksonomiya asosida aniqlashtirish ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda fan o`qitilishining umumiy maqsadi aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa kundalik va joriy o`quv faoliyatining maqsadlari aniqlanadi. qismlarga ajratib aniqlashtirilgan o`quv maqsadlarini jadval shaklida rasmiylashtiriladi: ustunda fanning bo`limlari, qatorda esa talabaning bu bo`limlarni o`zlashtirishdagi intellektual faoliyatining asosiy turlari joylashtiriladi. Misol tariqasida AQSH o`rta maktabining XI sinfida kimyo fanidan o`quv maqsadlarini turkumlashni keltiramiz (4-jadval).
Kimyo kursida o`quv maqsadlarini aniqlashtirish

4-jadval



Bo`limlar
mazmuni

Intellektual operasiyalar

Bilish

Tushu-nish

qo`l-
lash

Tahlil

Sintez

Baholash


Olimlar tarjimai xoli

q

















O`lchash

q

q














Kimyoviy moddalar

q

q

q

q








Kimyoviy elementlar

q

q

q











Kimyoviy almashuv

q

q

q

q








Kimyoviy qonunlar

q

q

q

q








Energiya va muvozanat

q

q














Moddaning atom va molekulyar tuzilishi

q

q

q

q







Ushbu «ikki o`lchamli» aniqlashtirish har bir dars o`quv maqsadlarini belgilashda yo`nalish bo`lib hisoblanadi. J.Blok va L.Andersen uslubi bo`yicha bu maqsadlar o`quv bo`laklari mazmuni bo`yicha aniqlashtiriladi. So`ngra har bir bo`lak doirasida talabalar uchun yangi qismlar mazmuni aniqlanadi va turkumlanadi. Talabalarning o`qituvchi belgilagan o`zlashtirish darajasiga muvofiq bo`lgan intellektual operasiyalari ko`rsatiladi. Fizik geografiyadan «ob-havo fronti» mavzusi bo`yicha dars maqsadini aniqlashni misol tariqasida keltiramiz (5-jadval).


O`quv maqsadlarini to`la-to`kis aniqlanadigan, o`quv jarayonini esa takrorlanuvchan bo`lishi uchun, bu maqsadlarga erishish mezonini yaratish zarurati tug`iladi. Boshqacha aytganda, o`quv maqsadlarini shunday ifodalash kerakki, unga erishganlik haqida fikr yuritish mumkin bo`lsin.


Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling