O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet49/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Sof ko‘makchilar. Qadimgi turkiy tilda birlä, üčün, iyä (bilan), üzä, sayï kabi sof ko‘makchilar qo‘llangan.
Birlä ko‘makchisi matnda bosh kelishikdagi so‘z bilan birgalikda qo‘llanganda biror ish-harakatning bajarilishidagi birgalik, birga ishtirok etganlik, aloqadorlik, daxldorlikni, shuningdek, vosita-qurol, ish-harakat jarayonining birin-ketin ro‘y berganligini, harakatning bajarilishidagi belgi, holatni va boshqa shunga o‘xshash ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: …oğuz birlä süŋüšdimiz “oʻğiz bilan urushdik”, közüntä tolu yašï birlä barïp“ koʻzida toʻla yosh bilan borib” (KT).
Üčün ko‘makchisi asarlarda to‘liq formada qo‘llanilgan va uning qisqargan čün shakli bu davr tilida uchramaydi. U bosh kelishik formasida kelgan so‘zdan keyin kelganda, sabab, vaj, bois, ish-harakatning biror shaxsga atalganligi, narsa-predmetga tegishliligi, ish-harakatning maqsadini bildiradi. Shuningdek, ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gapning sababini yoki natijasini bildirish uchun xizmat qiladi: türk bodun üčün “turk xalqi uchun”, tïnlïğlar üčün “jonivorlar uchun”.
Üčün ko‘makchisi tushum, qaratqich, o‘rin, vosita kelishiklari qoʻshimchalari birikkan so‘zlar bilan kela oladi va ma’noni aniqlashtiradi, ta’kidlaydi: Täŋri yarlïqaduqïn üčün “tangri yarlaqagani uchun”, säkiz adaqlïğ barïmïğ üčün “sakkiz oyoqli jonli uchun”.
Üzä ko‘makchisi qadimgi turkiy tilda hozirgi turkiy tillardagi ust, past(da) kabi ko‘makchilar funksiyasida qo‘llangan. Ot ko‘makchilari kabi ish-harakatning predmetning ustki va pastki qismida bo‘lganligini yoki yo‘nalish tomonini bildiradi, masalan: at üzä bintürä “ot ustiga mindirib”, Toquz oğuz bodun üzä qağan olurtï “toʻqqiz oʻgʻuz xalqiga xon boʻldi” (Toʻn).
Sayu va iyä ko‘makchilari: Ayïğ qïlïnč iyä barïp “yomon ishlar, qilmishlar bilan borib”. Yir sayu barmïš “butun yer yuzi boʻylab borib”.
Ara ko‘makchisi o‘rin, paytni bildiradi: Kečmädin ara “tez orada”, qalïn quvrağ arasinta “koʻp odamlar orasida”.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling