O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otli birikmalarda
So‘z birikmasi. Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo‘llanishi mumkin. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bog‘lanib, hokim bo‘lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi. So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.
Otli birikmalarda boshqaruvchi so‘z ot bo‘lib, u boshqarib kelayotgan so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh bo‘lishi mumkin: Yağïz yer – qora yer, ögüm qatun – onam qatun (malika), uqğalï kelti – tushungani keldi. Fe’lli birikmalarda boshqaruvchi so‘z fe’l yoki uning funksional shakllari, tobe so‘z ma’lum kelishik yoki ko‘makchi bilan birikib kelgan ot yoxud otlashgan so‘z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe’li bo‘lishi mumkin: qağan qïsdïm –xoqonni qoʻlga oldim, Tabğačda adrïldï - Tabgʻachdan ayrildi, anča saqïntïm - koʻp oʻyladim. Qadimgi turkiy tilda so‘z birikmalarini tashkil etgan bo‘laklarni o‘zaro aloqaga kirish usuliga ko‘ra uch turga bo‘lish mumkin: 1. Bitishuv. 2. Boshqaruv. 3.Moslashuv. Bitishuv. So‘zlar grammatik vositalar yordamisiz o‘zaro aloqaga kirib, so‘z birikmasini tashkil etadi. Bunday so‘z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o‘zaro birikadi. Quyidagi so‘z turkumlari bitishuv yo‘li bilan so‘z birikmasini tashkil etgan: Kiši oğlan – inson farzandi, semiz buqa – semiz buqa, yağïğa tegmiš sü – dushmanga hujum qilgan lashkar. Boshqaruv. Tobe so‘z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko‘makchilar orqali bosh so‘zga birikadi. Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, jo‘nalish, o‘rin-chiqish, vosita kelishiklari bo‘lib, tobe so‘z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so‘zga bog‘lanadi. Boshqaruv ikki xil boladi: kelishikli va koʻmakchili. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling