O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
- 5-Ma’ruza: O‘ZBEK TILI TARIXIY GRAMMATIKASINING MANBALARI. GRAFIKA Reja: Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilining o‘rganilishi.
- Qadimgi turkiy grafika
8. Türk bodun yitmäzün täyin yoluq ärmäzün täyin üzä täŋri tär ärmiš…jumlasi ergashgan qoʻshma gapning qaysi turiga kiradi?
A) payt ergash gap S) sabab ergash gap B) maqsad ergash gap D) toʻldiruvchi ergash gap ADABIYOTLAR: 1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982. 2. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. 3. Абдурахманов Г. Исследования по старотюркскому синтаксису. – М.: Наука, 1967. 4. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951. 5. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009. Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. -Баку, 1979 5-Ma’ruza: O‘ZBEK TILI TARIXIY GRAMMATIKASINING MANBALARI. GRAFIKA Reja: Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilining o‘rganilishi. Turkiy tillar va ularning tasnifi. O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish masalasi. O‘zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari. Qadimgi turkiy grafika Turkiy xalqlar va ularning tilini o‘rganishga qiziqish juda qadimdan boshlangan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit-turk” asarida (1073—1074) O‘rta Osiyodagi turli turkiy urug‘larning tilini chuqur tahlil qiladi. Keyingi davrlarda turkiy tillarning Iug‘atlari tuziladi. Bu lug‘atlarda shu tillarning grammatik, fonetik, leksik tahlili ham beriladi. Ana shunday olimlardan biri Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida 1075-yili tug‘ilgan Zamaxshariy (1075—1144)dir. U “Muqaddamat-ul-adab” nomli arabcha-forscha-turkcha lug‘at tuzadi. Mo‘g‘ullar davrida noma’lum muallif tomonidan bu lug‘at mo‘g‘ulcha so‘zlar bilan to‘ldiriladi. XIII—XIV asrlar mobaynida turkcha-arabcha, turkcha-forscha taijima lug‘atlari ko‘plab tuziladi: “Kitabi majmu-u-tarjimon turkiy va ajamiy va mo'g'oliy” ( 1245-yil); “ Kitob-ul-idrak li-lison-al atrok” (muallifi — Asiriddin Abu Hayyon, 1256-1345-yillar); “Xiliat-ul inson va xalibat-ul lison” (muallifi — Jamoliddin ibn Muxanna, Ozarbayjonda XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida yozilgan); “Kitab ul lug‘at-al mushtaq fil lug‘ati at turk va-l-qifchoq” (Jamoliddin at-Turkiy, XIV asr o ‘rtalarida Suriyada yozilgan); “Kitobu-at tuhfatu-uz zakiyatu fil lug‘ati at turkiya” (XV asrda Misrda yozilgan) va boshqalar. Alisher Navoiy buyuk shoirgina bo‘lib qolmay, tilshunos olim ham edi. U o‘zining bu masalaga bag‘ishlangan “Muhokamat ul-lug‘atayn” (1499-yili yozilgan) asarida eski o‘zbek adabiy tili (turkiy) bilan fors tilini chuqur tahlil qilib beradi. Alisher Navoiydan so‘ng uning asarlarini izohlashga bag‘ishlangan turli lug‘atlar yoziladi. Tole’ Imoniy Xiraviyning “Badoe-ai-lug‘at”i (XV asr oxiri), “Abushqa”(XVI asr I-yarmida yoziigan “Chig‘atoycha-turkcha lug‘at”), “Lug‘ati turkiy” (Fazlullaxon tomonidan XVII asming ikkinchi yarmida tuzilgan, eski o‘zbek tilining lug‘ati va grammatikasiga oid), “Kelumoma” (XVII asr oxirida Muhammad Yaqub Chingiy tomonidan tuzilgan), “Sangloh” (Mirza Mehdixon tomonidan 1760-yili yozib tugatilgan chig‘atoycha-forscha lug‘at; bu lug‘atning muqaddimasida eski o‘zbek tilining grammatikasi tahlil qilinib, u “Maboni-ul-lug‘at” deb nomlanadi). Bulardan tashqari, eski o‘zbek tili lug'ati va grammatikasiga oid Muhammad Rizo Xoksor (1798—1799), Fath Alixon Kojariy (1857—1858), shayx Sulaymon Buxoriy va boshqalarning asarlari bor. Eski o‘zbek adabiy tili davriga oid A.M. Sherbakning ishlari ham ma’lum. Rossiyada turkiy xalqlar va ularning tillariga bo‘lgan qiziqish Rossiya Fanlar akademiyasi tashkil etilgan vaqtlardanoq boshlangan. XIX asr boshlarida Moskva, Qozon, Xarkov, Peterburg universitetiarida Sharq tillari kafedralari tashkil etildi. 1854—55-yillarda Peterburg universiteti qoshida Sharq tillari fakulteti ochildi. Tatar tilining birinchi grammatikasi Iosif Giganov tomonidan 1801-yili Peterburgda nashr etildi. A.Kazimbek turkiy tillar grammatikasini (1839), O.Betling yoqut tili grammatikasini (1851) yozdi, I.N. Berezin eski o‘zbek tili yodnomalari xrestomatiyasini (1857) tuzdi. N.I.Ilminskiy XVI asr eski o ‘zbek adabiy tili yodnomasi “Boburnoma”ning (1865), G.Vamberi shu davr yodnomasi bo‘lmish “Shayboniynoma”ning (1885) til xususiyatlariga oid tekshirish olib bordi. O‘rta Osiyo turkiy tillarining tarixini, qadimgi run va uyg‘ur yodnomalari, “Qutadg‘u bilig”ni o‘rganish va e’lon qilishda, turkiy tillarning qiyosiy lug‘atini tuzishda V.V. Radlov (1837—1918), qadimgi yodr.omalarni nashr qilish va til tarixini hamda hozirgi turkiy tillarni o‘rganishda N.F.Katanov, P.M.Melioranskiy, S.E.Malovlar ilmiy ishlar olib bordilar. XX asrning 20-yillariga qadar rus va g(arb turkiyshunoslari, asosan, qadimgi va eski yozma yodgorliklarni e’lon qildilar va til tarixini o‘rgandilar. Biroq bu bosqichda turkiy tillarni o‘rganish, asosan, umumiy tarzda bo‘lib, biror aniq turkiy tillar ustida ilmiy ish olib borish kamdan-kam amalga oshirildi. O‘zbek tili ham alohida ilmiy-tekshirish manbai bo‘lmay, bu til amaliy maqsadlarda o'rganildi, xolos. (Masalan, Is’hoqxonto‘ra Ibratning besh tillik lug‘ati (1901-y.)i Mulla Muhammadamin Karimxo‘janing arab tili grammatikasi asosida yozilgan ≪Turkcha qoida≫ (1913-y.); В.П.Наливкин. Руководство к практическому изучению сартовского языка, Самарканд, 1889; Н.П.Остроумов. Этимология сартовского языка, Ташкент, 1910 va boshqalar.) XX asrning 20-yillaridan so‘ng turkiy tillarni, xususan, o‘zbek tilini o‘rganish keng avj olib ketdi. Fitrat, G ‘ozi Olim Yunusov, Elbek, A. Zohiriy va boshqalar). Turkiy tilda so‘zlashuvchi barcha respublika va viloyatlarning Fanlar akademiyalarida va oliy o‘quv yurtlarida turkiy tillar yozma yodgorliklarini e’lon qilish, tahlil etishda, hozirgi zamon turkiy tillar va ulaming shevalarini o‘rganish bilan yuzlab milliy mutaxassislar shug'ullanmoqdalar. O‘zbekistonda ham hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili kafedralarida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlardagi ilmiy tekshirish institutlarida, chet ellarda o‘zbek tili har tomonlama chuqur o'rganilmoqda. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling