O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
Unlilar
Qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tilida unlilar singarmonizm qonuniga rioya qilgan. Qadimgi turkiyda sakkizta unli tovush bor: a, o, u, i unlilari orqa qator; ä, ɵ, ü, i unlilari esa old qator tovushlardan iborat. Eski turkiy til (XI—XIV asrlar) yozma obidalarida to‘qqizta unli tovush: a, ā, ä, e, o, ö, u, ü, i , ı va eski o‘zbek tili (XV—XIX asrlar) yozma manbalarida ham o‘nta unli tovush: a, ā(o), ä, e, o, ö, u, ü, ı, i mavjud. Eski turkiy hamda eski o‘zbek tili yozma manbalariga arab, fors-tojik so‘zlari o‘zlashgan, bu so‘zlar tarkibidagi unlilar turkiy til qonunlariga moslashgan. a unlisi qadimgi o‘rxun va uyg‘ur yozuvida maxsus harflar, arab yozuvida alif (i), fatha, hoyi havvaz bilan ifodalangan. Bu orqa qator lablanmagan keng tovush qattiq aytiluvchi turkiy so‘zlarning barcha holatida uchraydi: qag‘an (KT, kch, 35) —xoqon; atlig‘ (Suvr, 4) — otli; buqa (T013, 6) - buqa; aba (MK, 1, 113) — ora; baṣlag‘ (QBN, 3 1 b ) – bo‘ṣ; yarat (HH, 7) — yarat; ach (Nav., HA, 73); alar (Nav., MQ, 19); yig‘ach (Gulx., 19). A unlisi singarmonizmli o‘zbek tili shevalarida ham qaysi, tamg‘a, targ‘il, qo‘chqor, qutqar, maqta kabi so‘zlarda saqlangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida etimologik a unlisi: turkiy so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qaysar, qamchi, qaymoq, qaychi kabi so‘zlarda qo‘llanmoqda. ä unlisi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda alif, fatha, ba’zan hoyi havvaz orqali ifodalangan. Bu old qator lablanmagan keng tovush qadimgi turkiy til yozma obidalarida turkiy so‘zlarning barcha pozitsiyasida; eski turkiy hamda eski o‘zbek tili yozma yodgorliklarida birinchi bo‘g‘indan keyingi pozitsiyalarda uchraydi. ä unlisi barcha davrlarga oid yozma manbalarda yumshoq talaffuzli so‘zlar bilan birga keladi: ädgü (KT, kch, 6) - ezgu; yär (Tog, 11) — yer; birgärü (KTM, 3) — janub; ärdemlig (Irqb, 1 b) — fazilatli; ekägün (QBN 65 b) — ikkovi; kolikä (MK, I, 419) — ko‘lanka; emgäk (HH, 166) — mehnat; menä (TF, 29 a) — tepa; bergän (Nav., MN, 128); mevä (BN, 289). Arab, fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida ochiq keng lablanmagan ā unlisi qollangan: āftāb, āsmān, ālim, ulamā kabi. e unlisi eski turkiyga xos bo‘lib, uyg‘ur va arab yozuvlarida alif-u yo harflari bilan ifodalangan, old qator lablanmagan to‘liqsiz keng tovush, turkiy so‘zlarning kuchli holatda, ya’ni birinchi bo‘g‘inda mavjud. e unlisi yumshoq aytiluvchi so‘zlar tarkibida uchraydi: menzät (QBN, 35 b) – o‘xshat; etmäk (MK, 1, 127) - non; erigsük (HH, 17) - qo‘rqmas; egri (Rabg‘., 5 a) - egri. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida to‘liqsiz keng e tovushi biroz torayib, o‘rta keng e fonemasiga aylangan: etmäk (Tf, 99 a) > ɵtmäk (BAL, 173); ew (MK, 1, 73) >ev (Nav., HA, 66) kabi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling