O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
QADIMGI TURKIY GRAFIKA
Yozuvlarning turlarini hozirgi tilshunoslikda grafika bo‘limi o‘rganadi. Yozuvning dastlabki bosqichi sifatida piktografik yozuv e’tirof etiladi. Piktografik yozuvga ibtidoiy san’at asos bo‘lgan. Yozuvning bu turi faqat olamni anglash ifodasi sifatida emas, balki insoniyatning badiiy ehtiyojini qondirish yoki sehr-jodu maqsadlarda qo‘llangan. Yozuvning bu turi qachon paydo bo‘lgani to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q bo‘lsa-da, arxeologlar “ibtidoiy san’atning ilk izlari sifatida so‘nggi tosh davriga mansub”ligini aytadilar. Neolit davrida esa ma’lum darajada ishlangan alifbo paydo bo‘ldi. Ilk yozuv magik (ya’ni sehr-jodu) vazifani bajargan. Chex tilshunosi Ch.Loukotka ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, g‘arb tilshunosligida ham N.Marr bilan I.Meshchaninovlarnikiga yaqin fikrlar paydo bo‘ldi. Jumladan, G.Malleri Amerika hindulari tilida ko‘pgina belgilar imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini isbotladi. Shu tariqa yozuv “tushuncha - so‘z - yozuv belgisi” ko‘rinishidagi yangi qo‘shimcha aloqalarni yaratadi. Chjon Chjen-Min ham jamiki xitoy ierogliflari imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini dalillashga urindi. Shuningdek, ieroglifik yozuvning dastlabki namunalaridan bo‘lgan xitoy yozuvida bitta element bilan yozilgan xat uchramaydi. Xitoy yozuvidagi hozirda mavjud bo‘lgan belgilar rasmli yozuv bilan baravar ravishda paydo bo‘1gan. Shuning uchun xitoy yozuvidagi hamma ieroglifik belgilarni imo-ishoralarga bog‘lash uchun asos yo‘q. Bunga qo‘shimcha dalil sifatida Misr va shumer yozuvlarini keltirish mumkin. Bu har ikki yozuvdagi belgilarga imo-ishoralar aslo ta'sir etmagani o‘z isbotini topgan. Bu yozuvlarda narsa-buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydı. Dastlabki mukammal yozuvlar sifatida ana shu ikki ideografik yozuvni ko'rsatish mumkin. Bu yozuvlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ham g‘arbda turli qarashlar bor. Jumladan, Misr yozuviga Mesopotamiya, ya’ni shumer yozuvi ta’sir etgan degan qarashlar mavjud. Ammo ko‘pchi1ik olimlar, Misr yozuvi mustaqil ravishda rivojlangan, deb qaraydilar. Misr yozuvidagi belgilarning eng diqqatga sazovor tomoni, yuqorida aytib o‘tilganıdek, narsa-buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydi. Yozuvdagi ana shu suratlar o‘ninchi ming yillik - yozuv paydo bo‘lgan davrdan boshlab milodiy III—IV asrgacha davom etib kelgan monumental yozuvda saqlangan. Kundalik turmushda qo‘llana borgan sari, shuningdek, kitobatchilikda belgilar tez yozilishi natijasida ilk davrdagi suratli alomatlarini yo‘qotgan va harfli yozuvga yaqinlashgan. Suratli monumental yozuv va kursiv yozuv hozirgi yozuvdagi bosma va qo‘lyozma shakllarga o‘xshab ketadi. Misr yozuvi belgilari miqdori taxminan besh yuz atrofida bo‘lgan. Misr yozuvi ikki usul - gorizontal holda o‘ngdan chapga yoki vertikal holatda yuqoridan pastga, ustunlar ham o‘ngdan chapga qarata yozilgan. Shumer mixxatlari Yefrat va Dajla daryolari ora1ig‘ida miloddan oldingi to‘rtinchi-uchinchi ming yilliklarda paydo bo‘ldi. Misr yozuvi papiruslarga, shumer mixxatlari esa loy “taxtacha”larga bitilgan. Mixxatlar, shumerlardan tashqari, Urartu (Armaniston, mil. ol. I ming yillik), xettlar (mil. ol. I ming yillikda Kichik Osiyo), akkadlar va boshqa bir qator xalqlarda ishlatilgan. Mixxatlar Sharqda keng hududga tarqalgani uchun bu yozuv turini “Qadimgi Sharqning lotin yozuvi” deb ham ataydilar. Qadimgi turkiy yodnomalar urxun, uyg‘ur, sug‘d, moniy, brahma, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Ko‘k turk yozuvining ildizlari va shakllangan davri xususida tugal bir to’xtamga kelingan emas. Turkiyshunoslikda bu masalada qator, hatto bir-biriga zid fikrdar bildirilgan. Ayrim olimlar uning asoslarini qadimgi turkiy tamg’alar (urug‘-qabila belgilari)ga bog‘laganlar. Ularning fikricha, ko‘k turk xati ayni tamg‘alar asosida shakllangan. Boshqa bir ko’zqarashga binoan, ushbu yozuv oromiy alifbolari, aniqrog‘i, sug‘d xatining negizida paydo bo‘lgan. Sug‘d xatining takomillashgan shakli mazkur alifboning shakllanuvida asos bo‘lib xizmat qilgan; unga ayrim o‘zgartishlar kiritish, yangi belgilar orttirish yo‘li bilan yozuv turkiy tilga moslashtirilgan. Bu madaniy jarayon ko‘k turk xoqonliklari davrida, taxminan, VI yuz yilliklarda yuz bergan. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling