O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


“Turkcha yozuv” tushunchasini kim qoʻllagan?


Download 0.95 Mb.
bet77/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

5.“Turkcha yozuv” tushunchasini kim qoʻllagan?
A) Alisher Navoiy S) Yusuf Xos Hojib
B) Ahmad Yugnakiy D) Mahmud Koshgʻariy
6. Moniy yozuvi nechanchi asrda tirkiylar orasida keng yoyilgan?
A) VI asr B) VIII asr
S) VII asr D) XI asr
7. Brahma yozivi qaysi alifbo asosida shakllangan?
A) yunon B) oromiy
B) sanskrit D) finikiy
8. Koʻk turk matnlaridagi harflar soni nechta?
A) 22 ta B) 38 ta
B) 23 ta D) 38-40 ta atrofida


ADABIYOTLAR:
1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982.
2. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
3. Исҳоқов М., Содиқов Қ., Омонов Қ. Мангу битиглар. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2009.
4. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.
5. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
6. Рустамов A. Ибн Арабшоҳ туркий ёзувлар ҳақида // Адабий мерос. -Тошкент, 1976.
7. Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015.
8. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.
9. Содиқов Қ. Қадимги туркий ёзувлар. -Тошкент, 1995.
10. Умаров Э. Урхун ёзуви. -Тошкент, 2013.


6-MA’RUZA
O‘ZBEK TILINING TARIXIY FONETIKASI
REJA:

  1. Tovushlar tizimining taraqqiyoti.

  2. Unli tovushlar tasnifi.

  3. Undosh tovushlar tasnifi.



Tayanch tushunchalar: Fonetika, fonetik hodisa va qonuniyat tushunchasi. Unli va undoshiar. Ularning paydo bo‘lish o‘rni, usuli va lablarning ishtirokiga ko‘ra o‘rni. Vokalizm va konsonantizm. Jarangli va jarangsiz undoshiar, til oldi, til o‘rta, til orqa, bo‘g‘iz, lab, burun undoshlari. Artikulyatsion o‘rin, usul. Tovushlarning kombinator variantlari. Unli va undoshiar singarmoniyasi. Fonetik hodisalar: proteza, metateza, singarmoniya, jarangsizlanish, assimilatsiya, dissimilatsiya, tovush tushishi, tovush o‘zgarishi, reduksiya. Ohang, diftong, urg‘u, bo‘g‘in, transkripsiya, orfografiya, orfoepiya. Tovushlarda ikkilanish (iki — ikki).

Turkiy tillarning unli tovushlar tizimi asrlar davomida tadrijiy yo‘llar bilan rivojlandi. Jumladan, o‘zbek tilida unli tovushlarning taraqqiyoti diaxronik jihatdan umumturkiy xususiyat kasb etgan, sinxronik tomondan esa ba’zi bir ayrimliklarga ega. Shunga ko‘ra, qadimgi va eski turkiy, eski o‘zbek hamda hozirgi o‘zbek tillari tarixida ba’zi unli va undosh tovushlarda yuz bergan ayrim fonetik jarayonlar ustida to ‘xtalib o‘tamiz.


O‘zbek tilida orqa qator ochiq keng o/ā/ unlisining paydo bo‘lish tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi, eski turkiy til davrida -o/ā/ unlisi mustaqil tovush tarzida mavjud emas edi, shuningdek, bu tovushning paydo bo‘lishi uchun ba’zi turkiy so‘zlarda zamin bor edi. Jumladan, qalin, qattiq kabi turkiy so‘zlar boshida qo‘sh alif yoki alif madda bilan ifodalangan cho‘ziq etimologik ā tovushi hamda chuqur til orqa q, g‘ va spirant x undoshi yonida kelgan etimologik a tovushi orqa qator ochiq keng o/ā/ unlisining paydo bo‘lishiga sabab bolgan fonetik hodisalardan biridir.
Ikkinchidan, fors-tojik tilidan oftob, osmon, dono, obod, otash, bog‘, bodom, ozod, bozor kabi so‘zlarning turkiy tillar leksik qatlamiga o‘zlashishi ham ochiq keng o/a:/ tovushining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Uchinchidan, arab tilidan oxir, olim, osory olloh, ulamo, umaro, fozil-fuzalo, qodir, zohir kabi juda ko‘p so‘zlar turkiy tillar tarkibiga kirgan, bu so‘zlarni talaffuz qilish muammosi paydo bo‘lgan. Shuningdek, arab tilidan sano, balo, qori, ato kabi so‘zlar ham qabul qilingan. Xuddi shunga o‘xshash, turkiy sana (MK, III, 290 fe’l), bala (MK, III, 250), qari (keksa) (MK, III, 242), ata (HH, 251) kabi so‘zlar orasida ma’no farqlash zarurati ham paydo bo‘lgan edi. Bu fonetik zarurat ham ochiq keng o/ā/ tovushining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Arabcha so‘zlar tarkibidagi cho‘ziq ā unlisi turkiy tillarda qo‘llangan etimologik cho‘ziq ā tovushiga yaqin talaffuz qilingan, fors-tojik tillariga oid o/ā/ unlisi ton (ovoz) so‘zidagi ochiq keng o/ā/ tovushidan talaffuz o‘rni va usuliga ko‘ra ham farqlanadi.
To‘rtinchidan, nazm bilan bitilgan qadimgi yozma manbalarda aruz vazni talabiga binoan qara>qara:, ara>ara:, tag‘a>tag‘a:, adaq>ada: kabi so‘zlarda cho‘ziqlik paydo bo‘lishi ham o/a:/ unlisining turg‘unlashishiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida turkiy so‘zlarda Tole’ Imon Hiraviyning ma’lumotiga qaraganda, turkiy so‘zlarda etimologik cho‘ziq a: hamda orqa qator keng a tovushlari saqlanganligi ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, eski o‘zbek tilida paydo bo‘lgan orqa qator ochiq keng o/ā/ unlisi etimologik orqa qator keng a tovushiga nisbatan fonetik variant vazifasini bajargan. She’riy asarlarda esa vazn talabiga ko‘ra sifat jihatdan etimologik a tovushidan farqlangan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida sifat hamda talaffuz jihatdan fors-tojik tillariga xos oftob, osmon, dono so‘zlaridagi o/ā/ tovushi nisbatan turkiy so‘zlarga xos o/a:/ unlisiga to‘la o‘xshamasa ham, analogiya hodisasi orqali orqa qator lablanmagan ochiq keng o/a:/ unlisi paydo bo‘ldi. Arab tiliga xos a:’lim (hh, 242), a:’xir (hh, 249), baya:n (Taf, 68 a), ulama: (Taf, 9 a) kabi so‘zlarda qollangan cho‘ziq a: tovushi turkiy etimologik cho‘ziq a: unlisiga yaqin talaffuz qilingan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida analogiya hodisasiga ko‘ra, orqa qator lablanmagan ochiq keng o/a:/ fonemasiga aylandi.
Turkiy tillar davrida qollangan: a:sh, a:q, a:ch, a:ltin kabi so‘zlar tarkibidagi etimologik cho‘ziq a: unlisi hamda chuqur til orqa q, g‘ va spirant x undoshlari yonida kelgan etimologik a tovushi qar, qazan, qara, qaz/g‘az, ag‘di, ag‘iz, aqir>ag‘ir kabi so‘zlarda, shuningdek, batqaq, qayraq, qatqalaq, taraq, tarqaq, yapraq kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi etimologik a: tovushi analogiya qonuniga muvofiq, orqa qator ochiq keng o/a:/ unlisiga o‘tgan.
Analogiya qonuniga ko‘ra, art, tart, bar, tar, tap, bal, balta kabi so‘z!ar tarkibida ham orqa qator keng a tovushi orqali qator lablanmagan ochiq keng o/a: tovushi paydo bo‘lgan. Shuningdek, hozirgi o ‘zbek adabiy tilida turkiy hamda fors-tojik, arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda ma’no farqlash darajasiga yetgan. Turkiy yozma manbalarda old qator keng a old qator to‘liqsiz keng e, old qator o‘rta keng e hamda old qator tor i tovushlari tarixiy dialektal hodisa tarzida rivojlangan. Shuningdek, harfly jihatdan to‘la bo‘lmasa ham, yozuv shakllari orqali ifodalangan //e//i//e//e// fonetik hodisalari yuz bergan. O‘rxun-Enasoy yozma manbalarida er (Toq, 25) — kishi, botir; yegirmi (KT, II) — yigirma; edgu (KT, kch, 3) — ezgu kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida old qator keng e unlisi qo‘llangan, XI—XIV asr yozma obidalarida esa fonetik zaruratga ko‘ra -e unlisi to‘liqsiz keng e tovushiga o‘tgan (d>e). Shuningdek, qadimgi turkiy til yozma manbalaridagi yir (Toi], 60) — yer, ti (KT kt, 7) -de kabi turkiy so‘zlarda old qator tor i tovushi tarixiy dialektal hodisa tarzida old qator to‘liqsiz e unliga aylangan: i>e kabi: yir (Toij, 60)>yer (MK, III, 156) er, ti (KT, kch. 7), de (hh, 261) de.
Eski o‘zbek hamda hozirgi o‘zbek tili davrida ä>e, i>e fonetik hodisasi qisman o‘zgarishga uchragan yoki ä>e, i>e>e kabi fonetik hodisalar sodir bo‘lgan. Bu fonetik hodisa: idi>idi, (Nav, XV, T., 84) yegirmi>yegirmi (Sh.tar. 9) yigirme kabi so‘zlarda o‘z ifodasini topgan. Ba’zi undosh tovushlar ham qadimgi va eski turkiy hamda eski o‘zbek tili davrlariga oid yozma manbalarda turli fonetik hodisalarga uchrab, tadrijiy yo‘l bilan rivojlanib, hozirgi o‘zbek tili davriga yetib keldi.
Qadimgi turkiy til davriga xos d undoshi so‘zlarning o‘rtasida, oxirida fonetik o‘zgarishlarga uchrab, eski turkiy til davriga kelib jarangli sirg‘aluvchi-portlovchi d tovushiga o‘tdi, d tovushi eski turkiy til davri uchun yangi tovush, bu tovush bir guruh turkiy tillarda qollandi, XI—XIV asr uchun xarakterli tovushga aylandi. Shuningdek, ba’zi turkiy so‘zlarda d undoshi saqlandi, yana bir guruh turkiy so‘ziarda fonetik zaruratga ko‘ra, sirg‘aluvchi sonor y tovushiga o‘tdi yoki d>d>z>y fonetik hodisasi yuz berdi. Yana bir guruh turkiy so‘zlarda d tovushi jarangli sirg‘aluvchi oddiy z undoshiga o‘tdi: d>d>z undoshlarining tadrijiy rivojlanishi yuz berdi: qod (To‘n, 2) // qod (Taf, 80 a)>qoz (MK, III, 444)>qoy (fe’l); aqad (KT, kch, 47) // adaq (HH, 228) // adaq ( O‘n, 2)>adaq (QBN, 30 b ) // adaq (QR, 24 a) >adaq (MK, 1, 60) >ayaq (MK, 1, 1 1 2 ) // ayaq (Taf, 1066) ayaq>ayoq kabi d undoshi eski o‘zbek hamda hozirgi o‘zbek tilida asosan sonor y undoshiga o‘tgan. Shuningdek, d tovushli holat ezgu, qoziq, qozon kabi so‘zlarda rudiment (qoldiq) tarzida uchraydi.
Hozirgi qardosh turkiy tillarda d>d>z>y fonetik hodisasi sinxronik holat kasb etib, r, t, z, y undoshlari tarzida iste’mol qilinmoqda: hur, qos, qoy-qo‘y; taran, tot, toz, tos-to‘ymoq; atax, azak, azaq, ayaq-ayoq kabi.
Qadimgi turkiy til davridan so‘ng X—XIV asrlardagi turkiy yozma obidalarda b, g‘, g undoshlarining fonetik o‘zgarishlarga uchrashi orqali bir guruh so‘zlarning o‘rtasida, oxirida jarangli sirg‘aluvchi lab-tish -w tovushi paydo bo‘lgan, bu tovush arab yozuviga xos bir va uch nuqtali fe (ڨ ,ڣ) orqali ifodalangan, b>w>v>y; g‘>w>v>y; g>w>p>y kabi fonetik jarayon yuz bergan: ab (Too, 30)> ew (QBN, 162)> ev (Sh.Tar. 19) uy; yalg‘adi (MK,1II, 321 )> yalwadi (MK, I, 321 )> yalvadi> yaladi; sog‘ul (Taf, 98 b)> soyul (Taf, 45 b) to‘sil.; yag‘i (Sh.Tar. 49)> yav (Sh.Tar. 42) yov; kegür (QBN, 90 a)> kewür (Taf, 17 b)>keüur (QR, 8 a) kirit, yubor kabi. Shuningdek, w tovushi eski o‘zbek tili yozma manbalarida lab-lab v undoshi bilan qo‘shilib ketdi yoki sonor y tovushiga aylandi, ≪ew (NF, 360)> ev (lII.Tar. 19) >uy, hozirgi o‘zbek tilida ham bu fonetik jarayon yov, yovuz, uy kabi so‘zlarda uchraydi.
Turkiy tillar tarixida burun tovushi sonor y undoshi singarmonizm qonuniga ko‘ra, so‘zlarning qalin yoki ingichka talaffuziga muvofiq, til orqa qator hamda til oldi qator xususiyatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, sonor ŋ undoshi meŋiz, keŋrü, kɵŋil, beriŋ, ishläŋ, sɵzltäŋiz kabi misollarda ingichka talaffuzli mustaqil fonema hisoblangan. Shuningdek, qoŋuz (MK, III, 375), qaliŋ (MK, III, 382), taŋ (MK, III, 367) kabi turkiy so‘zlarda sonor undoshi qalin aytiluvchi mustaqil fonema vazifasini bajargan. Qalin talaffuzli so‘zlar jo‘nalish kelishigi bilan turlanganda n va g‘ undoshlari qo‘shilib, qalin aytiluvchi qorishiq ŋ — sonorini hosil qilgan. Muŋa (HH, 177), aŋa (XX, 178). Ingichka aytiluvchi so‘zlar jo‘nalish kelishigi bilan kelganda ŋ va g undoshlari qo‘shilib, ingichka talaffuzli qorishiq ŋ sonori paydo bo‘lgan: meŋa (HH, 179), seŋa (HH, 180).
Sonor ŋ undoshining har ikki yoki qalin va ingichka hamda qorishiq variantlarining nazal holatga o‘tishini ko‘rsatuvchi misollar uchraydi. Turkiy yozma manbalarda ŋ>n+ g‘>g‘ kabi fonetik hodisalar sodir bolgan: yalŋuz (Taf, 18 a)> yalg‘uz (Taf, 27 b, O‘N, 7) yolg‘iz; toŋa (QBN, 27 a) > tog‘a (QBN, 17 a) to‘ng‘a, botir; yanan (MK, HI, 3%)>yag‘an (HH, 224) fil kabi. Hozirgi o‘zbek tilida ŋ sonorining nazal holatga o‘tgan shakllari mavjud: maŋiz >mag‘iz > mayiz; mäŋiz>mägiz>meyä>miya; barsaŋiz>barsägiz>borsayiz kabi misollarda qollanilmoqda.
O‘rxun-Enasoy yozma manbalarida jarangli hamda sonor undoshlardan so‘ng jarangsiz tovushlarni qo‘llash xarakterli xususiyat kasb etgan: anta (KT, kt, 2) u yerda, qilintuqda (KT, kch, 1) yaratilganda, adirilti (Tog, 2) ayrildi. Jarangsiz portlovchi t undoshi eski turkiy til davriga o‘tganda, sonor tovushlardan so‘ng jarangli holatga o‘tish yuz bera boshlagan: alqinti (Tog, 3) > alqindi (MK, 1, 255) tugadi, o‘ldi; arti (KCh, 4)> erdi (MK, 1, 177) - edi. Eski o‘zbek tili davrida sonorlardan so‘ng t tovushining d undoshiga o‘tishi kuchaygan: bärtüg (Tog, 6) > berdi (MK. I, 195) > berdi (Sh.tar., I4-b) - berdi; bolti (KT, kch, 7) > boldi (MK, 1, 195) > boldi (Sh.turk, 14 b) bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek tilida sonorlardan so‘ng t undoshi o‘rnida jarangli d tovushini qo‘llash xarakterlidir: olti, qayt, to‘rt kabi so‘zlarda qadimgi turkiy tilga xos xususiyat saqlanib qolgan.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling