O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
e fonemasi alif -u, yo, kasra orqali ifodalangan, old qator, lablanmagan o‘rta keng tovush, turkiy so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida keladi. Eski o‘zbek hamda hozirgi o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lib, yumshoq o‘zakli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida uchraydi: erkan (Nav., HS, 75); esruk (Nav., MQ, 38); necha (Tar., 24); kechti (Muq., 1, 243). O‘zbek tili shevalarida ham e unlisi hamda uning fonetik ko‘rinishlari mavjud. E tovushi e’lan, ehsan, mezban kabi o‘zlashgan so‘zlar tarkibida ham bor.
Bir guruh turkiy tillarda so‘zlarning keyingi holatlarida ham e unlisining fonetik muqobillari uchraydi. Ba’zi turkiy tillarda e unlisi old qator lablanmagan tor i tovushiga aylangan. O unlisi o‘rxun uyg‘ur yozuvida maxsus harf, eski turkiy, eski o‘zbek tili yozma obidalarida alif vov, vov, damma, ba’zan alif damma orqali ifodalangan. O unlisi orqa qator, lablangan o‘rta keng, turkiy so‘zlarning boshida uchraydi: og‘ush (KT, kt, 1) - urug‘; yol (Tog, 16) – yo‘l; otachi (Xrist., 34) - tabib; yog‘un (QBN, 177 b) - yo‘g‘on; oz (MK, 1, 48) - o‘zg‘in; yoq (HH, 34) - yo‘q; orman (O‘n, !2) - o‘rmon; oq (Yaqin, 315 a); oxshar (Sh.tar., 21). O unlisi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflari bilan yozilgan, arab xati bilan bitilgan manbalarda alif vov, vov, damma, ba’zan alif damma orqali ifodalangan, qadimgi turkiy yozma manbalarda old qator lablangan keng tovush, XI—XIX asr yozma obidalarida old qator lablangan, o‘rta keng unli; turkiy so‘zlarning asosiy holatida uchraydi: ɵŋre (Tor), 6) — sharqqa; kɵk (lrqb, 98) — ko‘k; tɵrt (Suvr, 6) - to‘rt; ɵgdachi; (QBN, 82 b)- maqtovchi; bɵkdi (MK, II, 26) — bo‘kdi; ɵzgä (Tf, 80 b) —o‘zga; ɵz (Nf, 144) — o‘z; kɵz (Lutf., 159 b); ɵlmäk (Nav., MQ, 150); kɵŋul (SHN, 3). Tarixan ɵtmäk (MK, II. 312), etmäk (TF, 99 a) — non; kɵpäläk (NAL, 327); käpäläk (Muq., II, 354) kabi so‘zlarda ɵ, ä unlilarning parallel qo‘llanishi mavjud. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ɵ unlisi hamda o tovushi yozuvda farqlanmasa ham, talaffuzda o‘z o‘rni bor. U unlisi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar bilan ifodalangan, arab yozuvidagi obidalarda alif damma, alif vov, vov hamda damma orqali ifodalangan; orqa qator lablangan tor tovush, turkiy so‘zlarning barcha pozitsiyalarida uchraydi; qattiq aytiluvchi unli va undoshlar, uyg‘unlashuvchi (indifferent) undoshlar asosida tuzilgan so‘zlar tarkibida keladi: ulg‘artdim (Tog, 53) — ulg‘aytirdim; qush (lrqb, 4) — qush; urtim (KTM, 11) —yozdim; qut (QBN, 67 a) — qut; umundum (MK, I, 213) — umid qildim; bu (HH, 236) — bu; anut (Tf, 4 b) — tuza; ushbu (Nav., HA, 4 ); qilsun (Ahmad, 322 a); tutul (Lutf., 160 a). U undoshi o‘zlashgan qusur, muqim, musiqiy kabi so‘zlarda qattiq talaffuzga moyil bo‘lgan: kutubxona, maktub, mushkul kabi so‘zlar tarkibida k undoshi mavjud, shunga ko‘ra, yumshoq aytilgan. Hozirgi o‘zbek tili shevalarida ham u unlisining talaffuzi bir guruh so‘zlarda saqlangan. O‘zbek adabiy tilida bu, u, ur, urug‘, urg‘u, orun, qavurma, qavun, quvur, ulug‘ kabi so‘zlarda u unlisi qattiq talaffuz etiladi; uzum, butun, tuz, tutun kabi so‘zlarda u unlisi va u tovushi birikuv hodisasiga uchrab, uyg‘unlashgan holatda talaffuz qilinmoqda. Ü unlisi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar bilan yozilgan, arab xatidagi yozma yodgorliklarda alif vov, vov, damma, ba’zan alif damma orqali ifodalangan; old qator lablangan tor tovush, turkiy so‘zlarning barcha holatlarida, yumshoq talaffuzli unli va undoshlar hamda shaklan uyg‘unlashuvchi undoshlar bilan birga keladi: sü (Irqb, 84) - qo‘shin; ilgärü (Ktb, 2) - oldinda, üch (Manx, 87) — uch; tükäti (KTM, 1) - tugal; ügürlüg (MK, 1, 167) — uyurli; küchlüg (MK, I, 194) — kuchli; türlüg (HH, 58) — turli; üchün (R ab g \, 6 a ) — uchun; keltürgüchi (XSH, 68) - keltiruvchi. Tarixiy dialektal hodisa sifatida asosiy holatda ü unlisi o tovushi bilan ham talaffuz qilingan: ünüp/ɵnüp (Xrs, 51) - unub; üküṣ//ɵküṣ (QBN, 13 b) — ko‘p; kümüṣ// (O‘n, 21) - kumush. Ü unlisi eski o ‘zbek tili yozma manbalarida ham talaffuz jihatdan o‘zgarishga uchramagan: bükülgün (Yaqin, 315 a); üchün (Ahmad, 328 a); yüklün (Nav., HA); yüz (Hl. Tar., 4). Singarmonizm qonuni saqlangan o‘zbek tili shevalarida ü unlisi talaffuz jihatdan yozma manbalartiliga yaqin turadi: bütün, üchün, ülüsh, külgi, küt kabi. I unlisi o‘rxun va uyg‘ur xatida maxsus harflari bilan berilgan, arab xatidagi yozma obidalarda yo, alif, ba’zan alif kasra orqali bitilgan; orqa qator lablanmagan tor; ı unlisi qattiq aytiluvchi turkiy so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi, qattiq talaffuzli unli va undoshlar bilan birga keladi: ıdmıs (KT, kch, 7) yuborgan; yıṣg‘aru (Tor), 15) — o‘rmonga; yılta (Irqb, 21) - yilda, sıg‘ıt (Suvr, 5) - yig‘i; ınanchsız (QBN, 30 b) - inonchsiz; ısırdi (MK, I, 188) - qopdi; chıqar (HH, 9) — chiqar; qırıq ( O‘n, 11) - qirq; yarlıqı (Rabg\, 100 a) - yorlig‘i. Eski turkiy til yozma manbalarida o‘zlashgan so‘zlar tarkibidagi ı unlisi turkiy til qonunlariga moslashib i tovushiga yaqin talaffuz qilish hollari uchraydi; ıbadat (HH, 199) — ibodat, axır (XSH, 85 a) - oxir; batıl (NF, 10 b) — botil kabi. I unlisi eski o‘zbek tili yozma manbalarida qattiq aytiluvchi turkiy so‘zlarda saqlangan: qın (Lutf., 160 a); qaysi (Nav., MQ, 133); qırq (Nav.. FSH, 207). I hamda i tovushlarida vazn talabi, tarixiy dialektal xususiyatlar orqali birikuv hodisasi yuz berib, o‘zlashgan so‘zlarda oraliq talaffuz paydo bo‘la boshlagan: tarıqat//tariqat, haqıqat//haqiqat, ılhäm//ilhäm, ıltijä// iltijä, ısbät//isbät kabi. Shuningdek, ma’no farqlash, vazn talabiga rioya qilish uchun ı unlisining cho‘ziqroq ı://i: variantlari hosil bo‘lgan: tarıq//tari:q; ya:r ı //yari, qın//qi:n kabi. Hozirgi o‘zbek tili shevalarida qattiq aytiluvchi i unlisi tırnaq, qattıq, qıynaq, yatıq, tıqın, yaqın, qıl, qıyıq kabi so‘zlarda saqlangan. O‘zbek adabiy tilida ham ı unlisi turkiy so‘zlar tarkibidagi q, g‘, x undoshlari bilan yondosh kelganda qattiq talaffuz qilinadi, boshqa holatlarda ı tovushining oraliq talaffuzi qo‘llanadi. I unlisi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida esa maxsus harflari orqali ifodalangan, arab yozuvidagi yozma obidalarda alifyo yo, ba’zan alif kasra orqali bitilgan. Bu old qator lablanmagan tor tovush, yumshoq aytiluvchi turkiy so‘zlarning barcha o‘rinlarida keladi: ichräki (KT, kt, 2) - qaram; bilsär (Toi), 6) - bilsa; (Manx, 42) — tarbiyaladik; iglä (Suvr, 4) - kasal bo‘l; bɵri (lrqb, 40) — bo‘ri; isig (QBN, 25 a) — issiq; bir (H H, 7) - bir; igtilämäklik (Tf, 17 b) — tarbiyalash; tilä (MN, 291 b) tila; bildi (Dahn, 80), bizniŋ (BN, 177), biriga (Nav., HA, 6); tilini (Sh. tar., 14). Tarkibida k, g tovushlari qo‘llangan o‘zlashgan so‘zlarda –i unlisi yumshoq aytilishga moyil bo‘lgan: kibr (HH, 145) — kibr; ikräm (N F , 56 a) — ikrom; kilid (NF, 124 b) — kalit. O‘zbek tili shevalarida i unlisi ilgak, bilak, tilak, ildiz, ilik, tikan kabi so‘zlarda yumshoq talaffuzini saqlagan. Bir guruh o‘zlashgan so‘zlarning barcha holatlarida i unlisi oraliq holatida talaffuz qilingan: insan//ınsan; ilaj//ılaj; hisab//hısab; injener//ınjener; instrukior//ınstruktor kabi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling