O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarangsiz undoshlar
Undoshlar
O‘rxun-Enasoy yozma manbalarida bir guruh undoshlar til orqa hamda til oldi qator variantlari alohida harflar bilan ifodalangan. Shuning uchun ular quyidagicha harfiy ifoda bilan beriladi: b (1) , b (2), g, d (1), d (2), z, q , g‘, p , m, n (1), n (2), l (1) , l (2), r (1), r (2), y (1), y (2), s (1), s (2), t (1), t (2), ṣ, x, ch, s, nt, tch, lt. Eski turkiy til yozma manbalarida quyidagi undosh tovushlar uchraydi: b, w, v, d, g, z, d, k , q, g‘, m, n, ŋ, j, p, s, l, r, y, s, t, ṣ, ch, ı, h, x , f . Eski o‘zbek tili yozma manbalarida esa tubandagi undosh tovushlar bor: b, v, d, g, z, d, k, q, g‘, m, n, ŋ, j, p, l, r, y, s, t, ṣ, ı, h, x, f. Ko‘rsatilgan yozma manbalar tiliga arab, fors-tojik so‘zlari o‘zlashgan, bu so‘zlar tarkibidagi undosh tovushlar turkiy til qonunlariga moslashgan. Jarangsiz undoshlar p undoshi o‘rxun va uyg4ur yozuvlarida maxsus harflari bilan yozilgan, arab xati bilan bitilgan manbalarda pe ( v ) harfi orqali ifodalangan. Bu jarangsiz portlovchi lab-lab tovush, turkiy so‘zlarning barcha holatlarida uchraydi: qapig‘qa (KT, kt, 4) — qopqaga; kdlipcin (KT, kch, 11) — kelib; qopmish (Toq, 17) — iurgan; alp (Toq, 10) - alp; push (Suvr, 622) — achchiqlan; qop (KT, kt, 9) — ko‘p. Eski turkiy yozma manbalarida ham p tovushi talaffuz, holati jihatdan qadimgi turkiy tildan farqsiz: pusug‘chi (QBN, 46 b) — pisuvchi; tapa (Tf, 97 b) — tomon. Shuningdek, ko‘rsatilgan davr yozma manbalarida o‘zlashgan so‘zlarda ham p undoshi bor: p a k (Tf, 88 a) - pok; p a n d (H H ., (47) - p a n d . Eski va hozirgi o‘zbek tilida ham p undoshi sifat, holat jihatdan o‘zgarmagan. T undoshi O‘rxun-Enasoy yozma manbalarida qattiq aytiluvchi va yumshoq talaffuzli so‘zlarda maxsus h a rf orqali ifodalangan; qadimgi uyg‘ur yozuvida esa qattiq, yumshoq / undoshi uchun bir xildagi belgiiar qo‘llangan; arab yozuvidagi manbalarda esa ( u ) te, ba’zan ( L ) itqi orqali ifodalangan, jarangsiz portlovchi tovush, turkiy so‘zlarning barcha holatlarida uchraydi, ayniqsa qadimgi turkiy tilda jarangli hamda sonorlar bilan yondosh kelishi xarakterli: !t, nt, rt, mt, td, tl, tm kabi. og‘linta (KT, kch, 1) — avlodidan; ath g \ (Torj, 4) — otliq; tort (KT, kch, 2) - to‘rt (KT, kch, 2), ertim (Yen, 1,2) — edim; yu/tuz (Xns, 10) - yulduz. Eski turkiy tilda ham 1 undoshining qattiq, yumshoq talaffuzi saqlansa ham, arab yozuvida bir xil belgi ( o ) bilan yozilgan; t undoshi turkiy so‘zlarda, jarangli hamda sonorlar bilan yondosh kelish (nt, lt, rt, mt yoki tn, tl, tr, tm) hollari qisman saqlangan. Eski o‘zbek tili yozma manbalarida / undoshining talaffuzi va holati eski turkiy tildan farqlanmaydi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida t undoshi holat jihatdan eski o‘zbek tilidan farqlanmasa ham, talaffuzda qattiq, yumshoqlik birikuv (konvergensiya) hodisasiga uchragan. S undoshi 0 ‘rxun-Enasoy yozma manbalarida qalin va ingichka; qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf orqali ifodalangan; arab yozuvidagi manbalarda esa sin (<_,*,) bilan yozilgan; jarangsiz sirg‘aluvchi tovush: batsiq (FCT, kt, 2) - g‘arb, sunusdimiz (Tog, 16) - urishdik; turgesh (Tog, 21) - geogr. nom; sab (KT, kt, 2) - so% kengash. Eski turkiy, eski o‘zbek tili yozma obidalarida ham s undoshining talaffuz holat xususiyati o‘zgarmagan: soda (QBN, 44 a) - so*zla; is ig ‘ {0 ‘n, 33) - issiq;qisqa (Tf, 122 b) - qisqa;yas (MK, III, 174) - ziyon, uiusi (NAL, 546); sekiz (Nav., HM, 9). Sin ( ^ ) , sod ( Hozirgi o‘zbek adabiy tilida s undoshi holati jihatdan yozma manbalar tilidan farqlanmaydi, talaffuz tomondan qattiq va yumshoqlikka nisbatan o‘zgargan, o‘zbek tilining singarmonizmli shevalarida esa ohangdoshlik qonuniga ko‘ra kombinator variantlarga ega. Q undoshi o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar bilan yozilgan, arab yozuvidagi manbalarda qof orqali ifodalangan, jarangsiz portlovchi, chuqur til orqa tovush, turkiy so‘zlarning barcha holatida qo‘llangan; qattiq aytiluvchi unli, undoshlar va uyg‘unlashuvchi undoshlar bilan birga uchraydi: qag‘an (KT, kch, 1) — xoqon; toquz (KT, kch, 3) - to‘qqiz, alqinti (Tog, 3) — surildi; qorqmish (Irqb, 3) - qo‘rqqan; yablaq (Irqb, 14) - juda; bashqundilar (Suvr, 17) — o‘rgandilar. Eski turkiy, eski va hozirgi o ‘zbek tillarida q undoshi pozitsiyasi, talaffuzi jihatdan o‘zgarmagan. K undoshi o ‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi yozma manbalarda kof harfi bilan ifodalangan. Bu jarangsiz, portlovchi sayoz tilorqa tovush, yumshoq aytiluvchi turkiy so‘zlarning barcha holatida uchraydi; к undoshi jarangli undoshlar, sonorlar hamda jarangsiz tovushlar bilan yondosh kelgan: tukati (KTM, I) — tu gal; tiirk (KT, kch, 3) — turk; alimka (Yen, 2) — elimga; ichiiqdak (Tog, 3) — qaram b o ‘Igan; kolka (Irqb, 33) — ko‘lga; к fin (suvr, 5) — кип (sutka); ichkii (Suvr, 5) - ichimlik; yakka (Manx, 64) — shaytonga. Eski turkiy, eski va hozirgi o ‘zbek tillarida ham к undoshi talaffuz, holat jihatdan o‘zgarmagan. Ch undoshi o‘rxun xatida uyg‘ur yozuvida maxsus harflar bilan yozilgan, arab yozuvidagi manbalarda chim ( ) orqali ifodalangan; affrikat, jarangsiz, qorishiq tovush; turkiy so‘zlarning barcha holatlarida uchraydi, barcha unli, undoshlar bilan yondosh keladi: chig‘an (KT, kch, 10) — yo‘qsil; yarchi (Too, 23) - yo‘l ko‘rsatuvchi; ig‘achqa (Irqb, 19) - yogbchga; uchuq (Tog, 8) - yirtqich qush; chog‘luq (Suvr, 607) — cho‘g‘li; iich (KT, kch, 4) — uch (son). Keyingi davrlarda ch undoshi talaffuz va pozitsiya jihatdan o‘zgarmagan. Sh undoshi o‘rxun yozuvida, uyg‘ur xatida maxsus harflar o rqali yozilgan, arab xati bilan bitilgan manbalarda shin ( <> ) orqali ifodalangan, jarangsiz sirg‘aluvchi tovush, qattiq, yumshoq aytiluvchi turkiy so‘zlarning barcha holatida uchraydi, tanglay ohangdoshligiga nisbatan shaklan oraliq undoshdir: shad (KT, kch, 17) — shad (mansab); ashsiz (KT, kch, 26) — oshsiz; tashra ( KT, kch, 26) - toshida; ortanmish ( I rqb, 14) — о‘rtangan; bashtinqi (Suvr, 11) — oldingi. Sh undoshi sonor hamda jarangli tovushlar bilan birga kelib undosh tovushlar birikmasini hosil qilgan: qachmish (Msh, 3) - qochdi, bashda (Mo‘g‘, 25) — cho‘qqida; yimshaq (KT, kch, 5) - yumshoq. Keyingi davrlarda ham sh undoshi talaffuz, holati jihatdan farqlanmagan. X undoshi qadimgi uyg‘ur yozma manbalarida ayrim turkiy so‘zlarning ba’zi o‘rinlarida uchraydi, asosan, o‘zlashgan so‘zlar tarkibida: maxsus belgi bilan ifodalangan, jarangsiz bo‘g‘iz tovush, qygi undoshlarining fonetik o‘zgarishga uchrashi orqali paydo bo‘lgan, turkiy tillar uchun yangi tovush, turkiy so‘zlarning oxirida, o‘zlashgan so‘zlarning o‘z qonunlariga muvoflq holda uchraydi: sa q tn tix (Manx, 6) — o‘ylagan. O‘zlashgan so‘zlar: Xiradis (Xrs, 2) — Iso unvoni', Msixa (Xrs, 14) - Iso unvoni; burqan (Manx, 66)>burxan (Manx, 58) — but kabi. Eski turkiy til yozma manba jc u n doshining qo‘llanishi kengayib, qattiq talaffuzli turkiy so‘zlarning anlaut, inlaut, ikki unli orasida uchray boshlagan: xayu (MK, III, 237) - qaysi; xanda (MK, III, 238) - qayerda; xam (Tf, 57 a) — shaman; xah (H H, 113) — agar; yaxshi (QBN, 1 b) - yaxshi; oxshag‘ (MK, 1, 136) - o‘xshash, qulxaq (MK, 1, 364) — quloq; axi (HH, 130) — saxiy. Shuningdek, o‘zlashgan so‘zlar tarkibida ham jc undoshi mavjud: xabar(Tf, 1 8 b ) - xabar; xana (Tf, 143 b) - xona; xarj (Rabg‘., 24 b) - xarj. Eski o‘zbek tili yozma manbalarida jc undoshining talaffuzi o‘zgarmagan va turkiy so‘zlarning boshi, o‘rtasi, ba’zan oxirgi holatlarida keladi: axtar (Lutf., 162 b); uyxisindin (Lutf., 204 b); xan (SHN , 29); yaxshi (Nav., HA, 4); saxlasa (BN, 63); choh (Furq., 1,99). O‘zlashgan so‘zlar tarkibida ham jc undoshi uchraydi: xali (Lutf, 162 a), x a r (B o b ., Muxt, 154); xilafat (Nav., MQ, 2); xitab (Nav., LT, 97). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida j c undoshi turkiy hamda o‘zlashgan so‘zlarning barcha holatlarida mavjud / / undoshi eski turkiy va eski o‘zbek tili yozma manbalarida hoyi h aw a z ( u ), hoyi xuti ( ^ ) orqali ifodalangan, jarangsiz bo‘g‘iz tovushi, ba’zi qattiq, yumshoq o‘zakli turkiy so‘zlarning boshida paydo bo‘lgan; XI asr boshlarida It undoshining paydo bo‘lishi tarixiy-qabilaviy til hodisasi sifatida sodir bolgan; turkiy til uchun yangi tovush, shunga ko‘ra, oraliq tovush tarzida talaffuz qilingan: hata (MK, 1, 68) — ota; hana (MK, 1, 68) — ona; hech-hech (MK, II, 326) - undov so‘z o‘zlashgan so‘zlarning ma’lum holatlarida ham h undoshi uchraydi: rahat(QBN, 8 b) — rohat; ilaha (QBN, 9 a) — iloha; ham (HH, 9) - ham. Ibrahim (Rabg‘., 25 a) - Ibrohim. Eski o‘zbek tili yozma manbalarida ham bir qator yumshoq aytiluvchi turkiy so‘zlarning boshida h undoshi so‘z boshida iste’mol etilgan: hidlik (Sakk., 56); hokiiz (Furq., II, 15). Bu misollarga qaraganda eski o ‘zbek tili davrida h undoshi turkiy so‘zlarda yumshoq talaffuz etilishidan darak beradi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham h undoshi oraliq talaffuz qilinadi. /-'undoshi fo ( j ) harfi orqali ifodalangan, lab-lab, jarangsiz Spirant tovush, eski turkiy til yozma manbalarida o‘zlashgan so‘zlar tarkibida barcha holatlarda uchraydi: fazl (HH, II) — fazl; saflya (HH, 71) — ahmoq; tavsq (R abg\ 7 a) — k o ‘mak;farq (Tf, 48 a) - farq; fay lasuf (QBN, 114 a) — faylasuf. Eski o‘zbek tili davrida ham /to v u sh i o ‘zlashgan so‘zlar tarkibida, ba’zan turkiy so 'z la r tarkibida ham keladi: tufraq (Lutf., 26 b), falakiyat (Nav., HA, II); iltifat (Lutf., 160 b); dilskur (Bob., Muxt, 159); sqfa (Nav., LT, 98). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi, o‘zbek tili shevalarida jarangsiz portlovchi p tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling