O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet83/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

FONETIK HODISALAR
Singarmonizm
Qadimgi turkiy, eski turkiy, eski o‘zbek tili singarmonizm qonuniga asoslangan, singarmonizm qonuni tanglay va lab ohangdoshlikdan iborat. Bundan tashqari, assimilatsiya hamda dissimilatsiya hodisasi orqali undoshlar ohangdoshligi ham vujudga kelgan.
Tanglay ohangdoshligi so‘zlarning o‘zagi yoki birinchi bo‘g‘indan oxirigacha qattiq yoki yumshoq talaffuz qilish hodisasidir. Lab ohangdoshligi esa turkiy so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablangan unli bo‘lsa, shu so‘zlarning keyingi holatlarida lablangan unlilarning kelishidan iborat. Undosh tovushlar garmoniyasi qadimgi turkiy til davridan eski turkiy hamda eski o‘zbek tili davriariga o‘tgan sayin kengayib brogan. Qadimgi turkiy til yozma manbalarida singarmonizm qonunining qattiq-yumshoqlik ohangdoshligi to‘la ustunlikka ega, lab garmoniyasi ham mavjud bo‘lgan, undoshlar ohangdoshligi amalda bo‘lgan.
Eski o‘zbek tilining oxirgi davrlariga oid yozma manbalarda turkiy so‘zlarning tarkibidagi ba’zi unli tovushlarda qattiq, yumshoq talaffuz oraliq holatga o ‘tishi orqali singarmonizm qonuni buzila boshlagan: keltiirg‘an (Sh. tar, 10), yarag‘lik (Gulx., 25) – ichmag‘um (Furq., 1, 35), ozg‘ag‘a (Furq.. 1, 30). Turkiy yozma manbalarga o‘zlashgan so‘zlar ko‘pincha qattiq talaffuzga moyil bo‘lgan: safarg‘a (Tf, 47 a), vafasizhq (Nav., MN, 308 a), jam ng‘a (XIII, 78 a), mavjudg‘a (Nav.. MN, 5), firaqing‘a (Nav., HA. 107), haramig‘a (Muq., 1, 40), sultamg‘a (F urq., 1, 27). Shu bilan birga, b ir guruh o ‘zlashgan so‘zlar yumshoq aytilishga moyil: kclfirlik (Tf, 37 b), la ’natga (Rabg‘., 5 b), falakkii (Lutf., 22), puyasigii (Nav., M N , 5), tavuslarga (Muq.. 1, 44), xastalik (Furq., 1, 36).
Unlilar tizimidagi fonetik hodisalar
A, и unlilari qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tili yozma manbalarida birinchi bo‘g‘inda moslashgan. Eski turkiy: anlar (Tf, 45 b ) / / unlar (Tf, 24 b )- ular. Eski o‘zbek: alar (Nav., MQ, 1 9 )// ular (Lutf., 17 b); anlar (Sh. tar, 5) unlar (Dahn, 81); qavla (K.T, 24 b) / / quvla (F u rq ., 30).
Eski turkiy yozma manbalarda ayrim o‘rinlarda orqa q a to r –л hamda iablangan orqa qator o ‘rta keng -o unlilari moslashgan: bashlag‘ (MK, 1, 429)//boshlag* (Q BN , 164 b) — bo‘sh, erkin; qamtrmach (MK, 1, 454)//qogiurmach (MK, 1,454) — qovurmoch. Ey ву и, u unlilari XI—XIV asrlarga oid b a ’zi yozma m an b a larda turkiy so ‘zlarning birinchi bo‘g‘inida mos holda uchraydi: etmak (Tf, 99 a ) / / otmcik (MK, П, 312) — non; eriiij (Rabg1., 25 a) !forat] (R a b g \, 4 a) - oq; ew (M K , I, 7 3 ) // uw (MK, 1, 109) — uy; sech (QBN, 34 b) ffsuch (MK , 11, 139) — och; sechuk (Tf, 39 a) / / chiichiig (Tf, 65 a) — chuchuk. E, e, u unlilari eski o ‘zbek tili yozma manbalarida turkiy so‘zlarning birinchi bo‘giinida moslashgan: degiil (Nav., HA, 6) / / diigiil (Lutf.. 94); etmak (BAL, 173) / / oimak (Nav., HA, 99); echkii (Nal. 710) / / ochku (Nav., Tm, 202); ev (Nav., HA, 66) / / uy (Nav., MQ, 46); esftik (Nav., MK, 38) / / asruk (NAL. 626).
Oy e unlilari eski turkiy til yozma manbalarida tarixiy dialektal hodisa sifatida asosiy holatda ba’zan moslashgan: kop (QBN, 193) / / qop (MK, 1, 465) ! /k o p (MK, 1, 183) - ko‘p; opmaq (MK, 1,183) / / (M K , I, 176) — o‘pmoq; yong (Tf, 11 b) / / yorug (Tf, 7 a ) - yoYiq.
U, u unlilari mosligi b a ’zan tarixiy-qabilaviy til hodisasi tarzida uchraydi: suchug‘ (Tf, 65 a) / / siichiik (Rabg‘., 4 a ) - chuchuk; buyurduqum (Tf, 124 a) //biiyiimuk (MK, III, 202) - buyurganim; buyumoq. ii, i, i unlilari mosligi b a ’zan eski turkiy til yozma manbalarida tarixiy-qabilaviy til sifatida vuz bergan: yiin (MK, 1, 465) / / yin (MK, 1, 306) - yung; iinda'iQBN, 149 a) / / inda (QBN, 158 b) - inda; ishqa (Tf, 6 a) / / ishkci (Tf, 28 b) - ishga; bichaq (DTS, 104) / / bichak (MK , 1, 356) - pichoq.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling