O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish masalasi


Download 0.95 Mb.
bet72/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish masalasi
Turkshunos olimlar o‘zbek tili tarixini turlicha davrlashtiradilar.
N.A. Baskakov turkiy tillarni quyidagicha davrlashtiradi:
1. Oltoy davri (eramizgacha).
2. Xun davri (V asrgacha).
3. Qadimgi turk davri (V—X asrlar).
4. O‘rta turk davri (X—XV asrlar).
5. Yangi turk davri (XV—XX asrgacha).
6. Eng yangi davr (XX asrlar)1.
S.E.Malov o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘ladi: uyg‘ur davri, chig'atoy davri va hozirgi o ‘zbek adabiy tili. Bu davrlashtirishga ko‘ra, hozirgi o‘zbek adabiy tili chig‘atoy adabiy tilidan, bu til esa, o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy tilidan kelib chiqadi. S.E.Malov bu tillar taraqqiyotini uch bosqichga bo‘ladi:
1-bosqich. Turkiy tillarning lashish bosqichi. Bu bosqichda so‘z oxiri va o‘rtasidagi hozirgi y tovushi d tarzida talaffuz qilinadi. Bu tilga run va qadimgi uyg‘ur yozuvida ma’lum bo‘lgan yodnomalar tili kiradi.
2-bosqich. O‘tkinchi davr. Bu davrda d- lovchi tillar y – lashga o‘tadi: qadin>qayin, adaq>ayaq, kedin>keyin kabi. Bu xususiyat oldin jonli tilda ro‘y berib, keyinroq yozma adabiy tilga ko‘chadi.
3-bosqich. Til batamom y - lashishga o‘tgan bosqich. Bu davrda arab alifbosi asosiy yozuv bo‘lib qoladi. Tilga, ayniqsa, uning adabiy shakllariga g 'a rb iy (o ‘g‘uz) guruh tillarining ta’siri kuchayadi.
A.N. Samoylovich o ‘zbek tili tarixini quyidagi davrlarga bo‘ladi:
1-davr: qoraxoniylar davri adabiy tili (X—XI asrlar). Bu davr adabiy tilini qoraxoniylar davrida yozilgan adabiy asarlar tili tashkil etadi.
2-davr: o ‘g‘uz-qipchoq adabiy tili davri (X iI— X/V asrlar). Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmda shakllangan adabiy til bu davr tilini tashkil etadi.
3-davr: O‘rta Osiyo turkiy adabiy tili davri (XIV—XX asrlar). Bu davr tilini XIV asrdan XX asr boshlarigacha yozilgan asarlar tili tashkil etadi. A.N.Samoylovich hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini uchinchi davr adabiy tilining davomi deb tushuntiradi.
A.K.Borovkov bu davrlashtirishni ba’zi o‘zgartishlar bilan qabul qiladi. A.M.Sherbak o‘zbek tili tarixida quyidagi bosqichlarni belgilaydi:
1) birinchi bosqich — o ‘zbek adabiy tilining eng qadimgi davri (X—XIII asrlar); 2) ikkinchi bosqich — o ‘zbek adabiy tilining o‘rta — “chig‘atoy” tili davri (XIV—XVII asrlar);
3) uchinchi, “yangi” bochqich (XVII—XVIII asrlar);
4) eng yangi bosqich (XIX asrdan boshlanadi).
O.Usmonov o‘zbek tili tarixini quyidagicha davrlashtiradi:
1) qadimgi tugyu tili (V I-IX asrlar);
2) qadimgi o ‘zbek tili (IX—XII asrlar);
3) eski o‘zbek tilining ilk davri (XIII—XIV);
4) eski o'zbek tili (XIV-XIX);
5) hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishda ikki masala yoddan ko‘tarilmasligi kerak. Birinchidan, o‘zbek tili tarixini o‘zbek xalqi shakllana boshlagan davrdangina (XI—XII asrlar) boshlash noto‘g‘ridir. Chunki XIV asrga kelib shakllangan o‘zbek tili uzoq yillik tarixiy taraqqiyot mrhsuli bo‘lib, bu davrga qadar o‘zbek tilining shakllanishida asos bo‘Igan qadimgi turkiy qabila va urug‘ tillar qo‘llanar edi. Ikkinchidan, qadimgi va O‘rta Osiyo (VII—XII asrlar) turkiy tilni qadimgi yoki eski o ‘zbek tili deb atab, faqat o ‘zbek tiliga nisbat berish ham o‘rinsizdir. Sababi, VII—XIII asrlardagi turkiy qabila va urug‘ tillari faqat o‘zbek tili uchungina emas, balki boshqa turkiy tillar (uyg‘ur, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalar) uchun ham asos bo‘lgan.
O‘zbek adabiy tili tarixida quyidagi davrlar ajralib turadi:
I. Eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha boMgan davr tili).
II. Qadimgi turkiy adabiy til ( VII asrdan X asrgacha boMgan
davr tili).
III. O‘rta Osiyo adabiy tili (XI—XIV asrlargacha).
IV. Eski o ‘zbek adabiy tili (XIV—XVII asrlargacha).
V. Yangi o ‘zbek adabiy tili (XVII—XX asr boshlari).
VI. Hozirgi o'zbek adabiy tili (XX asrning 30-yillari).
I bosqich. Eng qadimgi turkiy tilni O‘rta Osiyo hududida yashagan eng qadimgi sak va massaget qabilalari tili, ularga xun va yue-chji hamda boshqa turkiy qabiia va urug‘lar tilining aralashuvidan hosil bo‘lgan til tashkil etadi. Bu tillarga oid birorta matn (yozma yodgorlik) qolgan emas, ammo bu urug‘ tillari hozirgi zamon turkiy tillarining, jumladan, o‘zbek tilining shakllanishiga asos bo‘lgan. Keyingi davrdagi turkiy tillar ana shu mahalliy tillar bilan aralashib ketgan. Qadimgi turkiy tilni o‘rgangan akademik A.N. Kononov va S.G. Klyashtorniy bu tilning mukammalligini qayd etib, bunday tilning shakllanishi miloddan avval boshlanganini ko'rsatib o‘tadilar. ≪Devonu lug‘atit-turk≫da keltirilgan she’riy parchalar ham miloddan oldingi davrda boy og‘zaki adabiyot bo‘lganini isbotlaydi.
II bosqich. Qadimgi turkiy adabiy til — turk xoqonligi barpo bo‘lgandan (VI asr), to qoraxoniylar davrigacha (X asr) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan run, uyg‘ur, sug‘d, moniy, braxman yozuvlarida yozilgan yodgorliklar hozirgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar toshlarga, sopollarga, yog‘ochlarga, terilarga yozilgan. Ana shunday yozma yodnomalardan eng mashhuri Kultegin (731) va To‘nyuquq (712-716) sha’niga qo'yilgan tosh yozmadir. Toshga yozilgan bu yodnomalar O‘rxun daryosi yonidan (Mo‘g‘uliston) topilgani uchun O‘rxun yodnomalari yoki yozuviga ko‘ra, turk-run yodnomalari deyiladi. Yodnomalar XVIII asrning ikkinchi yarmida topilgan. Bunday yodnomalar keyinroq boshqa yerlardan ham (Yenisey daryosi bo‘ylari, Talas vodiysi, O‘rta Osiyo, hatto Vengeriyada) ko‘plab topildi. Run yozuvlarining sirini V. Tomsen (1893) va V.Radlov ochishga muvaffaq bo‘ldi (1894).
Qadimgi turkiy til o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu til d- lovchi til hisoblanib, morfologik tomondan ham alohida xususiyatga ega b o ‘lgan. Chunonchi, tushum kelishigi -g / -g qo‘shimchasiga, jo‘nalish kelishigi esa -g‘aru/-garii shakliga ham ega bo‘lgan, hozirgi chiqish kelishigi qo'shimchasi qo‘llanmagan. Sifatdosh va ravishdoshning o‘ziga xos shakllari ishlatilgan (-dug, -g‘ma, -u, -ta va boshqalar), shart fe’li -sar shaklida bo‘lgan va hokazo. Shunday bo‘lsa-da, O‘rxun-Enasoy yodnomalari tili ko‘p jihatdan hozirgi zamon turkiy tillariga yaqin turadi.
III bosqich. O'rta Osiyo adabiy tili. Til taraqqiyotining bu bosqichi qoraxoniylardavlati barpo bo‘lish davri bilan boshlanadi (XI-XIII asrlar). Bu bosqichda o‘zbek xalqi va umum tilining shaklianishiga zamin tayyorlana boshlaydi. Boshqa qardosh turkiy xalq va tillarining shakllanishi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraxoniylar sulolasi davrida Movarounnahr va Qashqarda qarluq-uyg‘ur va qisman qipchoq-o‘g‘uz urug‘ tillari xususiyatini o‘z ichiga oigan turkiy adabiy til mavjud edi. Bu adabiy tilde “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atit-turk”, “ Hibatul haqoyiq”, Yassaviyning “Hikmatlar”i, “Tafsir”, “ O‘g‘uznoma”, Rabg‘uziyning “Qissas-ul anbiyo”si kabi asarlar yozilgan.
“Qutadg‘u bilig” falsaiy didaktik xarakterdagi asar bo‘lib, Qoshg‘arda Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069 - 1970-yillari yozib tugatilgan. Hozir bu asarning uch nusxasi mavjuddir (Farg‘ona va Qohira nusxalari arab yozuvida, Vena nusxasi uyg'ur yozuvida). Bu asar qarluq tili xususiyatlarini ko‘proq aks ettiradi.
“Devonu lug‘atit-turk” asari Mahmud Koshg‘ariy tomonidan 1073—74-yillari yozib tugallanadi. Koshg‘ariy bu asarida o‘z zamonasidagi turkiy urug‘ tillarining xususiyatlari, joylanishi haqida ma’lumot beradi, tasniflni va ularning boy lug‘atini tuzadi.
Yassaviy “ Hikmatlar”ining hozirgi nusxasi til jihatdan juda o‘zgartirib yuborilgan, o‘z davrining til xususiyatini aks ettirmaydi. Yassaviy hozirgi Turkiston shahri yonida (Yassada) yashab, 1166-yili vafot etgan, deb taxmin qilinadi.
“Hibatul haqoyiq” asari XII asrlarda Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan. Ushbu risolaning tili, bir tomondan, eski turkiy tilga, ba’zi xususiyatlari bilan eski o‘zbek tiliga yaqin turadi. Garchi “O‘g‘uznoma” X asrda yozilgan bo‘lsa-da, bu asaming tili “Hibatul haqoyiq”ning tiliga nisbatan eskiroqdir. Shuning uchun ham bu asar mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davrda yaratilgan, deb taxmin qilinadi. Asar qipchoq, qangli, qarluq tili xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
“Qissas-ul anbiyo” asari Qarshiga yaqin Raboti o‘g‘uz degan joyda qozi Burhoniddin o‘g‘li Nasriddin Rabg‘uziy tomonidan 1310-yili yozilgan. Bu davrga oid yozma manbalarning yana biri “Tafsir”dir. “Tafsir” ning bir necha nusxasi ma’lum. Bu nusxalardan biri Qarshidan topilgan. A.K.Borovkovning fikricha, asar til jihatdan turli turk uruglarining til xususiyatini ifodalaydi olim qolyozmani taxminan XII—XIII asrlarga oid deb biladi).
IV bosqich. Eski o ‘zbek adabiy tili (X IV asrdan XVII asrgacha). XIII asrga kelib, o‘zbek adabiy tili yanada mukammallashadi. Shu bilan birga, yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli unda sheva xususiyatlari ham saqlanib qoldi va ular adabiy asarlarda ham ma’lum darajada o‘z aksini topdi. Farg‘ona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili o ‘rtasida ma’lum darajada sheva farqlari sezilib turdi. Eski o‘zbck tili shakllana boshlagan davrda (XII asr), adabiy asarlarda, ayniqsa, urug‘ tillarining xususiyatlari yaqqol ko‘rinar edi. Movarounnahr, Farg‘ona va Xorazmda qarluq-uyg'ur, uyg‘ur-o‘g‘uz va qipchoq sheva guruhlarining xususiyatlari saqlanishi bilan birga, ba’zi asarlarda bu farqlar aralash holda ham kokrinadi. Masalan, “Muhabbatnoma” va “Taashshuqnoma”da o‘g‘uz sheva xususiyatlari, “Xusrav va Shirin”da qipchoq sheva xususiyati o‘z aksini topgan bo‘lsa, XVI asrga oid “Boburnoma”da bu shevalarning xususiyatlari aralash holda qoMlanadi. Demak, bu davrga keiib, mavjud sheva xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan umumiy adabiy tilni shakllantirishga intilish kuchaya boradi va umumiy o ‘zbek adabiy tili shakllanadi. Adabiy til sohasida ro‘y bergan bu yo‘nalish (tendensiya), shubhasiz, jonli tilde bolayotgan jarayonni aks ettirar edi.
Ma’lumki, XII asr boshlarida Xorazm davlatining mavqei tobora ko‘tariIib, mustahkamlanib boradi va u butun Movarounnahrni o‘z tasarrufiga oladi. Xorazm fan, madaniyat va adabiyot markaziga aylanadi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida ham (XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha) bu harakat davom etadi. Bu davrda Xorazm Oltin O‘rda xonligi tarkibiga kirgan edi. XIII asr oxiriga kelib esa Oltin o‘rda xonligi tarkibidagi Xorazm yerlari, butun Rus va bulg‘or yerlari, Dashti qipchoq, Qrim, Qozon, Astraxan alohida xonliklarga bo‘linib ketadi.
XIII—XIVasrlar mobaynida Oltin O‘rdada va Xorazmda o‘ziga xos adabiy markaz vujudga keladi. Bu yerda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq qipchoq-o‘g‘uz urug‘ tillari xususiyatini o‘zida ifodalaydi. O‘g‘uz urug‘lari ko‘pchilikni tashkil etib, ular Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmda joylashgan edi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, Qutbning “Xusrav va Shirin” asari, diniy xarakterdagi “ Rohat ul qulub”, “Najhul farodis”, Alining “Qissayi Yusuf”i (XIII asrda Xorazmda yozilgan), To‘xtamish va Temur Qutluq yorliqlari Oltin O‘rda adabiy tilini shakllantiradi. Bu asarlar Oltin O‘rda xonligining Urganch, Saroy, Sig‘naq kabi o‘sha davrning eng ilg‘or ilmiy-ijodiy markazlarida yaratilgan edi. Oltin O‘rda adabiy tiliga oid asarlarning ayrimlari Misrda va Suriyada mamluklar davrida yaratildi. Qipchoq tili xususiyatlarini ko‘proq o‘zida aks ettirgan Sayfi Saroyining “Guliston” taijimasi va she’rlari, turli turkcha-arabcha va arabcha-turkcha lug‘atlar shular jumlasidandir.
Oltin O‘rda adabiy tili qoraxoniylar davridagi adabiy til bilan bog‘langan bo‘lib, uning davomi hisoblanadi. Bu ikki adabiy til orasidagi farq — asarlarning yaratilish o'rni va Oltin O‘rda tilining ko‘proq o‘g‘uz va qisman qipchoq tillari xususiyatlarini o‘zida aks ettirishidir. Bu davrda Movarounnahrda — Buxoro, Samarqand va shu hududdagi boshqa shahar va qishloqlarda ham eski adabiy til (Qoraxoniylar davri adabiy tili) an’analari davom etib, Durbek, Lutfiy, Sakkokiy kabi shoirlar ijod etadi. Ular yaratgan adabiy asarlar ko‘proq qarluq-uyg‘ur tili xususiyatlarini aks ettiradi. Bu dialektal xususiyatlar asta-sekin yo‘qola bordi va XV asrga kelib yagona, umumiy adabiy til asosiy o‘rinni egalladi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling