O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


QADIMGI TURKIY TILDA SODDA VA QO‘SHMA GAPLAR


Download 0.95 Mb.
bet65/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

QADIMGI TURKIY TILDA SODDA VA QO‘SHMA GAPLAR
Reja:
1. Qadimgi turkiy tilda sodda gaplar.
2. Qadimgi turkiy tilda qo‘shma gaplar.
3. Qo‘shma gap turlari.
Asosiy tushunchalar: sodda gap, qoʻshma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar, bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplar, ega ergash gapli qoʻshma gap, aniqlovchiergash gapli qoʻshma gap, toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap, kesim ergash gapli qoʻshma gap, payt ergash gap, shart ergash gap.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo‘lgan gap qo‘shma gap hisoblanadi. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng yoki tobe munosabatda bo‘ladi.
Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining ilk davrlarida kommunikativ vazifani, asosan, sodda gaplar bajargan. Murakkab fikrlarni ifodalashda sintaktik aloqaning eng qadimgi turi bo‘lgan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan konstruksiyalardan foydalanilgan.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi nazarda tutiladi.Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalardir. Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang yordamida bog‘lanadi.
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar; ergashgan qo‘shma gaplar; bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Barcha qo‘shma gaplar tarkibida ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni mujassamlantirishi bilan xarakterlanadi. Bu sodda gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘lishi yoki qo‘shma gapning bir qismi ikkinchisini izohlab kelishii mumkin.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qadimgi yodnomalar tilining asosini tashkil etadi. Qoʻshma gaplar tarkibidagi sodda gaplar tuzilishiga koʻra oddiy (koʻpincha sodda yigʻiq) boʻlib, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi, mazmunan va shaklan bir-biriga tobe bo‘lmaydi. Bunda sodda gaplar asosan sanash ohangi, intonatsiya vositasida bogʻlanadi, bir paytda, ketma-ket roʻy bergan voqea-hodisa, belgi-xususiyat, shuningdek, zidlik, qiyoslash, sabab-natija, izohlash munosabatlarini ifodalaydi: Udar Saŋun kälti, Tabğač qağanta Isyi Likaŋ kälti, bir tümän ağï, altun, kümüš kärgäksiz kälürti Udar Sangun keldi, tabgʻachdan Isyi Likang keldi, bir tuman (oʻn ming) ipak, oltin, kumushni haddan ortiq keltirdi (KT); Ol sabïğ äsüdip, tün udïsïqïm kälmädi, küntüz olursïqïm kälmädi – Bu soʻzni eshitib, kechasi uyqum kelmadi, kunduz oʻtirgim kelmadi (Toʻn); Toquz oğuz bodun käntü bodunïm ärti, täŋri yär bulğaqïn üčün yağï boltï - toʻqqiz oʻgʻuz xalqi oʻz xalqim edi, koʻk, yer fitnaga toʻlgani uchun dushman boʻldi (KT); Täŋri kuč bärtük üchün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis, yağïsï qonitäg ärmis – Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning lashkari boʻriday ekan, dushmani qoʻydek ekan (KT); Özi yaŋïldï, qağanï oltï, bodunï kuŋqul boltï – oʻzi adashdi, xoqoni halok boʻldi, xalqi choʻri, qul boʻldi (KT); Üč körüg kiši kälti, sabï bir: qağanï sü tašïqdï, on oq süsi qalïsïz tašïqdï – uch koʻruvchi kishi keldi, soʻzi bir: xoqoni qoʻshin tortdi, oʻn oʻq qoʻshini tamom yurishga chiqdi (Toʻn).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling