O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’l yasalishi.
- Sintaktik usul bilan fe’l yasalishi.
Birgalik nisbat. Fe’l o‘zak-negizlariga -š (-uš,-üš, -ïš, -iš) affiksi qo‘shilishi bilan fe’lning birgalik darajasi hosil bo‘ladi. Undosh bilan tugagan negizga qo‘- shilganda oldida tor unli paydo bo‘ladi: baqïsh “bir-biriga qaramoq”, oqush “chaqirishmoq”, sözläš, ökläš “urushmoq, olishmoq”, talaš “talashmoq”.
Fe’l yasalishi. Qadimgi turkiy tilda ham xuddi hozirgi o‘zbek tilidagi kabi 2 xil usul bilan fe’l yasalgan: morfologik va sintaktik usul. Morfologik usul bilan fe’l yasalishi mahsuldor hisoblanadi. Quyidagi qo‘shimchalar faol sanaladi: 1. -a, -ä/-ï, -i/-u, -ü qo‘shimchasi ot va sifatdan fe’lyasaydi: at “ot” – ata- “atamoq”, tüz “to‘g‘ri” – tüzä-“to‘g‘rilamoq”, aš “ovqat” – aša-“ovqatlanmoq”, tar “tor” – taru-“toraymoq”, qur “quruq” – quru-“quritmoq”. 2. -la, -lä qo‘shimchasi otdan fe’l yasaydi: yay “yoz” – yayla-“yozni o‘tkazmoq”, sü “Lashkar”– sülä-“lashkartortmoq”, at “ot” – atla-“ot solmoq”, bädiz “naqsh” – bädizlä-“naqsh solmoq”. 3. -lan, -län qo‘shimchasi ot va sifatdan fe’lyasaydi: qan “xon” – qanlan-“xonlik bo‘lmoq”, qatïğ “qattiq” – qatïğlan-“chiniqmoq”, yarïq “sovut” – yarïqlan-“sovut kiymoq”. 4. -ad, -äd qo‘shimchasi: qul “qul” – qulad-“qul qilmoq”, küŋ “joruya”– küŋäd-“joriyaga aylantirmoq”, qut “baxt”–qutad-“baxtli qilmoq”, yig “yaxshi” – yigäd-“yaxshilamoq”. 5. -ïq, -ik qo‘shimchasi otdan fe’l yasaydi: taš “tashqari” – tašïq-“tashqari chiqmoq”, tağ “tog” – tağïq- “toqqa chiqmoq”, ič “ichkari” – ičik-“ichkari kirmoq”, yol “yol” – yoluq- “yoʻliqmoq”. 6. -sïra, -sirä qo‘shimchasi otdan fe’l yasaydi va «-sizlan» ma’nosida ishlatiladi: qağan “xoqon” – qağansïra-“xoqonsiz bo‘lmoq”, el “davlat”–elsirä-“davlatsizlanmoq”, tatïğ “tot, ta’m”–tatïğsïra- “totsizlanmoq”, ög “aql”–ögsirä-“behush boʻlmoq”. 7. -sa, -säqo‘shimchasi ot va fe’ldan fe’lyasaydi: et “go‘sht”– etsä-“go‘shtsiradi”, ač-“ochmoq” – ačsa “ochmoqchi bo‘lmoq”, körüg “koʻrish” – körügsä-“koʻrmak istamoq”, barïğ “borish”– barïğsa- “bormoq istamoq”. 8. -ta, -tä/ -da, -dä qo‘shimchasi: ün “ovoz” – üntä-“undamoq”, is “iz” – istä- “izlamoq”, al “hiyla”–alda-“aldamoq”. 9. -qar, -kär,-ğar, -gär qo‘shimchasi: qodï “quyi”–qodïqartur-“pastlatmoq”, čïn “rost” - čïnğar-“rostlamoq”, baš “boshliq” – bašğar “boshqarmoq”, köŋül “koʻngil” – köŋülkär-“oʻylamoq”, töz “asos” – tözkär-“asoslamoq”, ič “ich” – ičkär-“ichkarilatmoq”. 10. -qa, -kä qo‘shimchasi: yarlïğ “buyruq” – yarlïqa-“buyurmoq”, erinč “baxtsiz”– erinčkä-“gʻam yemoq”. Sintaktik usul bilan fe’l yasalishi. Sintaktik usul bilan qo‘shma (juft va takroriy) fe’llar hosil bo‘ladi. Qo‘shma fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ularning yetakchi komponenti sifatida ot, sifat va otlashgan so‘zlar qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda yetakchi fe’lga qoʻshimcha ma’no ottenkalari quyidagi koʻmakcni fe’llari orqali beriladi: süyläyü ber “urishib bermoq”, iltü ber “eltib bermoq”, yanïp kel “qaytib kelmoq”, adïrïlu bar “ajralib ketmoq”, yatu qal “yotib qolmoq”, qolu tur “soʻrab turmoq”, alï olur “yigʻib olmoq”, yep qod “yeb qoymoq”, küyütut “saqlab turmoq”, učup bar “uchib ketmoq”. Qadimgi turkiy tilda qo‘shma fe’llar ermiš, erinč, ersär formasi orqali ham hosil bo‘ladi. Ermiš formanti sifatdosh formalari bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi. Jumladan, bu formant -ur, -ür sifatdoshi bilan birikib, tugallanmagan o‘tgan zamon fe’lini yuzaga keltiradi. Masalan: Qaǧanï alp ermiš, ayǧučïsï bilgä ermiš “xoqoni botir ekan, maslahatchisi dono ekan”(Toʻn). Xuddi shunday ma’no әrmish formantining -mïš, -miš sifatdoshi bilan birikishidan ham hosil bo‘ladi: adïğlï toŋuzlï art uzä soqušmïš ermiš “ayiq bilan to‘ng‘iz dovon ustida toʻqnashgan” (KT). Ärinč formanti aslida är-in-č shaklida morfemalarga bo‘linuvchi ermaq so‘zining o‘zlik darajasidagi formasidan yasalgan. Chunki shu yo‘l bilan yasalgan va kishining his-tuyg‘usi, psixologik ahvolini anglatuvchi sevinč, qorqinč, quvanč, išanč, saqïnč, ökinč kabi otlar borki, bular ham tuzilishi jihatdan shu so‘zga o‘xshaydi. Ammo ärinč so‘zi hozirgi turkiy tillarning birortasida uchramaydi. Yodgorliklarda ham bu so‘z qadimgi so‘z yasash usulining qoldig‘i sifatida ko‘zga tashlanadi. Ammo ärinč so‘zidagi «č» elementi qanday affiks ekanligi hozircha aniq emas. Ärinč so‘zi qo‘shma fe’l tarkibida yoki ot- kesimda bog‘lama sifatida kelib, ichki his-tuyg‘u bilan bog‘liq bo‘lgan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Anï üčün älig anča tutmïs ärinč “shuning uchun davlatni shu tarzda tutgan shekilli” (KT). -sar, -sär fe’l o‘zagiga qo‘shilganda, shart ma’nosidan tashqarida ish - harakatni bajarishga bo‘lgan intilish, istak ma’nolarini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun ham -ersär formanti bilan kelganda qo‘shma fe’llar ish- harakatining sharti, istagi, zaruriyatini bildiruvchi modal forma sifatida ishlatiladi: Ïraq ärsär yablaq ağï bärür, yağïq ärsär ädgü ağï bärür “yiroq bo‘lsa, yomon ipak beradi, yaqin bo‘lsa yaxshi ipak beradi” (KT). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling