O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’l mayllari.
Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi.
Bo‘lishli shaklda hech qanday qo‘shimcha qo‘shilmaydi: ölürti “oʻlardi” Bo‘lishsiz shakli esa fe’llarga –ma, -mä affiksini qo‘shish yoki ermäs yoki yoq so‘zlari yordamida ifodalanadi: qatun yoq bolmïš erti “malika yoq erdi” (To‘n); barma, kelmä, qïlma, alma. Tuslanish. Qadimgi turkiy tilda ham fe’llar shaxs-sonda tuslanadi. Ammo shaxs–son formalari hozirgidan farq qiladi. Birinchi guruhda birinchi va ikkinchi shaxs birlik hamda ko‘plikda kishilik olmoshlari birinchi va ikkinchi shaxs predikativ affiksi sifatida keladi: Birlik ko‘plik I shaxs -män/bän/ - bïz, -biz II shaxs –sän - sïz,-siz III shaxs – ba’zan ol, bu, turur -lar, lär Shaxs-son affikslarining mazkur formalari -mïš,- miš, -b ( -ub,-üb, -ib, -ïb),- a, -ä,- r(-ar, -är,- ur,- ür), -tačï, -täči, -dačï, däči kabi zamon formalarini olgan fe’llarga qo‘shiladi: baramïšman “borganman”, turabïz “turamiz”, turarsiz “turarsiz”, qaltačïbïz “qolganmiz” kabi. II guruh paradigmasi egalik affikslari ishtirokida tuziladi: Birlik ko‘plik I shaxs –m - mïz, - miz, -muz, müz, -maz,-mäz II shaxs – ŋ - ŋïz/lar/,-ŋiz/lär III shaxs –ï, -i ba’zan ol, turur Masalan, kelürtüm “kelturdim”, bartum “bordim”, basdïmïz “bosdik”, süŋüštümüz “urushdik”. Shaxs-son affiksining qisqargan formalari –dï, -di, -tï, -ti affiksi bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi. Masalan: sančdïm, körüŋiz. Fe’l mayllari. Fe’l mayllarining quyidagi turlari bor: 1) buyruq mayli; 2) istak mayli; 3) shart mayli; 4) aniqlik mayli. Qadimgi turkiy tilda fe’lning buyruq mayli formasi turli shaxslarda turlicha bo‘lgan. Bu mayl o‘zak-negizga –ğïl, -gil, -qïl, -kil, -ïŋ, -iŋ (lar) kabi qushimchalarni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi: qïlğïl, ešidiŋ, biliŋ. Buyruq shaklining ikkinchi shaxs birligi fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz negizi bilan bir xildir, ko‘pligi esa birlik shakliga –n qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: ay-, ešid-, barïn “boring(iz)”, oluruŋ “o‘tiring(iz)”, emgätmäŋ“qiynamang(iz)”. Buyruqning –qïl, -kil; -ğïl, -gil formasi ham bor: baqqïl, qačğïl, bilgil, kelgil. Buyruq shaklining uchinchi shaxsi -zun, -zün, -su, -sü qo‘shimchasi bilan yasaladi: barzun “borsin”, yarlaqazu “yorlaqasin”, bolzu “boʻlsin”, yitmäzün “yo‘qolmasin” Fe’l o‘zagiga –ayïn, -äyin, -yïn, -yin, -alïm, -älim, -lim, -lïm, -zun, -zün, -sun, - sün affikslarining qo‘shilishi orqali fe’lning istak mayli hosil bo‘ladi. Bunday fe’l formalari istak, iltimos, xohish va boshqa shunga o‘xshash ma’nolarni ifodalaydi. Istak formasining birinchi shaxs birligi –(a) yïn, -(ä) yin, ko‘pligi -alïm, -älim qo‘shimchasi bilan yasaladi: bolayïn “boʻlayin”, tiläyin “tilayin”, adrïlmalïm “ayrilmaylik”, ötünälim “oʻtinaylik”, azmalïm “adashmaylik”. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling