O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet41/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Shart maylining -sar, - sär shakli runik, uygʻur, moniy, brahma yozuv obidalarida ucnraydi. Uning qisqargan shakli -sa, -sä Turfon matnlarida -sar, - sär bilan parallel qoʻllangan. Masalan: alsar, oqitsar, ičsär, kelsär, barsa, ešidsä va h.k. Fe’lning shart mayli shakli ish-harakatning bajarilishidagi shartni bildiradi.
Aniqlik mayli. Aniqlik mayli maxsus qo‘shimchaga ega emasligi bilan yuqoridagi mayl turlaridan farq qiladi. Fe’lning o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon formalari aniqlik maylida bo‘ladi. Fe’llarda zamon esa –ur, -ür, ar, -är, - ïr, -ir, -yur, -yür, - ğalïr, -gälir, dačï, -däči, -ğay, -gäy, -ğu, -gü, -ğuluq, -gülük, -tur, -tür, -duq, - dük, -tïğ, -tig, -erti, -mïš, -miš, -mušerti, -tüči ermiš va boshqalar orqali yasaladi va aniqlik maylida keladi. Masalan: barur, körür, tiläyür, atqalïr “otadi”, qaltačï “qolgan”, bolğay va h.k.
Fe’l zamonlari. Qadimgi turkiy tilda ham fe’lning uch xil shakli mavjud:
O‘tgan zamon fe’li
Hozirgi zamon fe’li
Kelasi zamon fe’li.
O‘tgan zamon fe’li. Fe’l o‘zaklariga -dï, -di, -tï, -ti, -duq, - dük, -tuq, tük, -mïš, -miš, -miš+erti, - yür erti, -ğay erdi kabi affikslarni va shaxs-sonni qo‘shish bilan fe’lning o‘tgan zamon shakli hosil bo‘ladi: saqïntï “oʻyladi”, toqïdï “toʻqidi”, bitdi, qalmaduq, körmädük, tutmïš, ïdmïš “yuborgan”, qïlmïš erti, sävälayür erti, bolmağay erdi.

Shaxs

Birlik

Ko‘plik

I shaxs

qïltïm

qïltïmïz

II shaxs

kïltïŋ

qïltïŋïz

III shaxs

qïltï

qïltï

Bu affikslar orqali hosil bo‘lgan o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning o‘tmishda aniq bajarilgani, so‘zlovchining o‘zi ko‘rgan va bilganlari haqidagi aniq xabarni ifodalaydi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling