O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs Birlik Ko‘plik
- Kelasi zamon fe’li
- O‘zlik nisbat
- Majhul nisbat
- Orttirma nisbat
Hozirgi zamon fe’li –ur, -ür, -ar, -är, -yur, -yür, -ïr, -ir va shaxs-son affikslarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi:
Bu fe’l formasi ish-harakatning davom etishi, qanday vaqtda sodir bo‘layotganini ifodalaydi: qazğanur “qozonur”, išläyür, sözläyür, saqïnurman “oʻylayurman”, mengläyürmän “xursand boʻlurman”. Kelasi zamon fe’li. Qadimgi turkiy tilda kelasi zamon fe’lini hosil qilish uchun fe’l o‘zagiga -ğu, -gü -qu, -kü, -ğay, -gäy va shaxs-son affikslari qo‘shiladi: bolğay, kelgäy, barğusï, barğumïz, barğuŋïz. Fe’l nisbatlari. Ma’lumki, fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat fe’l o‘zagiga maxsus affikslar qo‘shilishi orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari aniq nisbat, o‘zlik nisbat, majhul nisbat, orttirma nisbat va birgalik nisbatlarga bo‘linadi. Aniq nisbat. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas. Harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki narsa-predmet tomonidan bajarilgani yoki bajarilmaganini ko‘rsatadi. Masalan: Kögmän yïšïğ yorïp “Koʻgman vodiysiga borib” (KT). O‘zlik nisbat fe’l oʻzaklari unli bilan tugaganda -n, undosh bilan tamom boʻlganda –ïn, -in, -un, - ün qoʻshimchasi bilan hosil qilinadi: körün, qïlïn, bilin, qarğan “qargʻamoq”, qolun “tilanmoq”, tapïn “topinmoq”. Majhul nisbat. -l, -q(-k) majhul nisbat formasini yasaydi. Undosh bilan tugagan negizga qo‘shilganda oldida bir tor unli paydo bo‘ladi, uning sifati o‘zakning qalin-ingichkaligi va oxirgi bo‘g‘indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq: adrïl “ayrilmoq”, teril, ačïl, sačïl, buzul, basïq, boluq, alsïqdï “olindi”. Orttirma nisbat. Fe’l negizlariga -t, -ut, -üt, -ït, -it, -r, ur, -ür, -ïr, -ir, - tur, tür, -dïr, -dir, dur, -dür, -gur, gür affikslarning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi13. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma nisbat qo‘shimchalari bor: 1. -z, -uz,-üz qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: tutuz “tutqizmoq”, tuyuz “sezdirmoq”, altïz “oldirmoq”, ütüz “yutqizmoq”. 2. - r qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor, ba’zan keng unli paydobo‘ladi: ketär “ketkizmoq”, yashur“yashirmoq”, olur “boʻlur”, küyür “kuydir”. 3. -t qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: oqït ‘o‘qitmoq”, küčät “zo‘rlatmoq”, sevit “sevdirmoq”, sülät “lashkar tortmoq”, yarat “yaratmoq”. 4. -tur, -tür, dur, -dür qo‘shimchasi: aqtur “oqizmoq”, bintur “mindirmoq”, yüküntür “yukuntir”, ešitdür “eshittir”, yedür “yedirmoq”. 5. -qur, -kür, -ğur, -gür qo‘shimchasi: turqur “turgʻiz”, azğur “adashtirmoq”, tirgür “yashatmoq”, yatğur “yotqizmoq”. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling