O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Ï unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; i


Download 0.95 Mb.
bet8/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Ï unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; iham lablanmagan, tor, old qator. Bu ikki unli fonema hozirgi o‘zbek adabiy tili - singarmonizmsiz lahja va shevalarda ï ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (i)ga aylangan. Ammo o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalari hamda boshqa turkiy tillarda o‘z holicha saqlangan. Masalan, qozoq, qirg‘iz va tatar tillari hamda o‘zbek tilining qipchoq shevalarida sïz-(chiz-) fe’li bilan siz olmoshi bir-biridan ï va i fonemalari tufayli farqlanadi. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ï bilan old qator i ikki mustaqil fonemadir:
yig(yaxshi) yïğ- (yig‘moq)
tik-(tikmoq) tïq- (tiqmoq)
yal(yol) yïl (yil)
O unlisi lablangan, keng va orqa qator; öham lablangan, keng,lekin oldqator.Bu ikki fonema ham hozirgi o‘zbek adabiy tili hamda singarmonizmsiz lahja va shevalarda oning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (o)ga aylangan. Ammo boshqa turkiy tillar, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida o bilan ö ikki mustaqil fonemadir. Masalan, mazkur til hamda lahjalarda ot (olov yoki o‘simlik)dan öt (tana a’zosi yoki o‘tmak fe’li) o, ö unlilari yordamida farq qiladi. Qadimgi turkiy tilda orqa qator o bilan old qator ö alohida fonema sanaladi:
ol (u) ö l-(o‘lmoq)
ot (olov) ö t-(o‘tmoq)
oz- (o‘zmoq) ö z (o‘z, jon)
U unlisi lablangan, tor va orqa qator; ü ham lablangan, tor, lekin old qator. Bu unlilarning ham hozirgi holati öva o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va ü alohida fonemahisoblanadi:
tu-(to‘smoq)tü (tuk)
ur-(urmoq) ür-(puflamoq)
uč(uch) ü č(3)
Hozirgi o unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalagan. Masalan, hozirgibosh, so‘zi bash, qor so‘zi qar tarzida talaffuz etilgan. E unlisi hozirgidek mustaqil fonema bo‘lmasdan ä ning varianti sifatida talaffuz qilingan: äl el.


UNDOSHLAR
Qadimgi turkiy tilda quyidagi undoshlar amalda bo‘lgan: l, m, n, ŋ, r, b, g, d, z, ğ, y, p, t, s, š, k, q, č
1. Jarangli: b, g, d, z, ğ
2. Jarangsizlar: p, t, s, š, k, q, č
3. Sonorlar: l, m, n, ŋ,r, y
O‘rxun alifbosidagi ayrim harflar tovushlar birikmasini ifodalaydi: nt, nč, lt, mt. Bu birikmalar jarangli va jarangsiz tovushlar birikmasidan iborat: bunday xususiyat uyg‘ur va arab alifbosida uchramaydi. Qadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg‘aluvchi lab undoshi f yo‘q. O‘rxun yozuvida v uchun maxsus harf kuzatilmaydi. Uning o‘rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur yozuvida esa v uchun maxsus harf bor. Qadimgi turkiy tilda bo‘g‘iz undoshi hva til orqa x, sirg‘aluvchi jundoshi mavjud boʻlmagan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling