O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Š undoshi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda shin


Download 0.95 Mb.
bet11/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Š undoshi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda shin ش harfi bilan yozilgan, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: šad “shad, unvon nomi” (KT), ašsïz “yeguliksiz” (KT), yaš “yosh” (E), örtänmiš “o‘rtangan” (Irq).
K undoshi urxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda kof ک harfi bilan ifodalangan. Bu jarangsiz, portlovchi tovush jarangli va jarangsiz tovushlar hamda sonorlar bilan yondosh keladi: küč “kuch, quvvat” (KT), ičkü “ichimlik” (Oltun yorug‘), kölkä “kolga” (Irq).
Q tovushi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda qof ق harfi bilan ifodalangan, jarangsiz, portlovchi, chuqur til orqa tovush turkiy so‘zlarning barcha holatida qo‘llanadi: qağan “xoqon” (KT), yablaq “juda” (Oltun yorug‘), Qaraqum “joy nomi” (Toʻn).
SONORLAR
M undoshi oʻrxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda mim م harfi orqali ifodalangan. Sonor b dan talaffuzida burun bo‘shlig‘ining ishtiroki borligi va shovqinsizligi bilan farqlanadi. Demak, m lab-lab, nazal, sirg‘aluvchi burun tovushi: män “men” (KT), kümüš “kumush” (Toʻn), qaŋum “otam” (Irq).
Y sonori urxun-enisey xatidayumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus belgi, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab xatidagi manbalarda yo ى bilan berilgan, jarangli, sirg‘aluvchi fonemadir. Barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: yämä “yana” (KT), ayğučï “maslahatchi” (Toʻn), käyik “yovoyi hayvon” (Toʻn).
L undoshi oʻrxun-yenisey yodgorliklarida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda lom ل harfi orqali ifodalangan. Sonor turkiy tillarning xususiyatidan kelib chiqib, so‘z boshida uchramaydi, so‘z o‘rtasi va oxirida mavjud: altï otuz “yigirma olti” (BX), Eltärish qağan “Eltarish xoqon” (Toʻn), yïğïlmïš “yigʻilgan” (Oltun yorug‘).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling