O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet13/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

FONETIK HODISALAR
Qadimgi turkiy tilda quyidagi tovush o‘zgarishlari yuz bergan:
b˃m: bän (Ton) – män (E) “men”, bäŋkü (Ton) – mäŋkü (E) “mangu”.
n˃b: ana (KT) – aba (Oltun yorug‘) “ona”.
s˃z: bolsun (KT) – bolzun (Oltun yorug‘) “ bo‘lsin”.
s˃š: Santuŋ(Ton)- Šantuŋ (KT) “joy nomi”.
k˃g: kikür (KT) – kigür (Oltun yorug‘) “kirit”.
n˃y: anïğ (KT) –ayïğ(Oltun yorug‘) “buzilish”, qon (KT) – qoy (Oltun yorug‘) “qoʻy”.
Savol va topshiriqlar:
1. Qadimgi turkiy tildagi unlilar tizimi haqida ma’lumot bering.
2. Qadimgi turkiy tilning undoshlar tizimidagi asosiy xususiyatlarni ajrating.
3. Qadimgi turkiy tilda singarmonizm hodisasi va uning mohiyatini yoriting.
4. Undoshlar geminatsiyasi haqida fikr bildiring.
5. Qadimgi turkiy til va o‘zbek adabiy tili unli va undoshlar tizimini qiyosan tahlil eting.
Test sinovi
1. Qadimgi turkiy tilda nechta unli tovush boʻlgan?
A) 4 ta unli S) 6 ta unli
B) 8 ta unli D) 10 ta unli
2. Qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlmagan undosh tovushlar?
A) j, v, x S) x, d, y
B) g, h, j D) v, x, n
3. a, ä, o, ö qanday unlilar?
A) old qator unlilar S) orqa qator unlilar
B) keng unlilar D) tor unlilar
4. p, t, s, š, k, q, č qanday undoshlar?
A) burun tovushlari S) sonorlar
B) jarangli undoshlar D) jarangsiz undoshlar
5. l, m, n, ŋ,r, y qanday undoshlar?
A) burun tovushlari S) sonorlar
B) jarangli undoshlar D) jarangsiz undoshlar
6. oğuzğaru, ilgärü soʻzlari singarmonizmning qaysi turiga xos?
A) labial S) lab uygʻunligi
B) palatal D) singarmonizm kuzatilmaydi
7. Turkiy tillarda singarmonizmning mavjudligini birinchi boʻlib kim aytgan?
A) Alisher Navoiy S) Polivanov
B) Mahmud Zamaxshariy V) Mahmud Koshgʻariy
ADABIYOTLAR:
1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982.
2. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
3. Исҳоқов М., Содиқов Қ., Омонов Қ. Мангу битиглар. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2009.
4. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951. -452 с.
5. Маҳмудов Қ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. –Т.: Ижод, 2006.
6. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.:O‘zbekistonfaylasuflarimilliyjamiyati, 2009.
7. Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015.
8. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling