O’quv materiallari 15- mavzu


Download 201.69 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi201.69 Kb.
#1039847
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-maruza (1)

5.Aktiv transport.
Hozirgi vaqtda hujayraning o’tkazuvchanligini tekshirish uchun quydagi asosiy metodlar osmotic, bo’yoqlar va radiofaol izotoplar qo’lanadi.Osmotik moddalar hujayralarning har xil konsentratsiyali gipertonik eritmalariga joylashilganda ularning hajimlari o’zgarishining kinetikasini kuzatishga asoslangan. Hujayralarda tekshirilayotgan moddalarning gipertonik eritmasiga solinganda, ulardan suvning chiqishi tufayli ularning hajmi kichrayadi. Tekshirilayotgan modda hujayraga kirib borishi bilan hujayra va muhit orasidagi osmotik bosim farqi kamayadi va hujyra o’zining avvalgi hajmini tiklashini kuzatib borib, unga moddaning kirish tezligi haqida fikir yuritish mumkin.
- o’tkazuvchanlikni tekshirishning navbatdagi metodi- bo’yoq metodidir. Bu metod hujayraga malum moddalar kirganda hujayra tarkibining rangi o’zgarishiga asoslangan. Bu hodisa mikroskop yordamida kuzatiladi. Avvalgi hujayraga indikator kiritiladi, so’ngra г tekshirilayotgan modda eritmasiga solinadi. Bu moddalar hujayraga kirganda ranglanish kuzatiladi. Agar tekshirilayotgan modda o’zi bo’yovchi bo’lsa, oldindan hujayraga indicator kiritish shart emas. Bo’yoqlar metodining kamchiligi shundan iboratki, bo’yoqlarning kichik konsentiratsiyasiyalarini kuzatish qiyin, katta konsentiratsiyalari esa zaharli. Undan tashqari bu metod asosan sifat tomonidan javob beradi, yani modda hujayraga kiradimi kirmaydimi degan savolga javob beradi.
Nishonli atomlar (izotoplar) metodi.Bu metod radiaktiv izoto’plarni qo’llashga asoslangan. Bunda tekshiriladigan modda qandaydir izotop yordamida nishonlanadi, yani tekshiriladigan modda tarkibiga nishonlangan atom kiradi. Agar tekshiriladigan modda ato’mlar yoki ionlar ko’rinishida bo’lsa, ular radiaktiv izoto’plar bilan almashtiriladi. Bu moddalar hujayraga kirgandan keyin г radiaktiv bo’lib qoladi, natijada radiaktiv zarachalarni schetchigi yordamida qayd qilish mumkin. Hujayralarning radiaktivli unga kirgan moddaning miqdoriga propodsional bo’lgani bu metod miqdoriy natijalar beradi. Moddalarning hujayradan muhitga chiqarish oqimi o’lchanganda avvaliga unga qandaydir atom bo’yicha nishonlangan modda kiritilad, .bu mikroineksiya yo’li bilan yoki hujayralar kulturasi berilgani berilgan radiaktiv mavjud muhitda o’stiriladi. So’ngra berilgan moddaning hujayradan chiqishi oqimi o’lchanadi. Bu metod hujayra o’tkazuvchanligini o’rganish uchun eng aniq va mukamal metodidir. Bu metoddan foydalanib hujyra ichiga uning hayot faoliyatini buzmaydigan kichik konsentratsiyalardan (tekshiriladigan moddalarni) kiritish mumkin. Izoto’plarni qo’llash faqat organizim tarkibiga kirmaydigan moddalar molekulalarigina emas, balik uning tarkibiga hujayra va to’qima suyuqliklari tarkibiga kiradigan birikmalarni o’tkazuchanligini tekshirishga imkon beradi. Izotop metod yordamida modalarning muhitidan hujayraga va hujayradan muhitga bo’lgan oqimini ajratish mumkin, bu moddalarning kirish vachiqishi kinetikasini tekshirish uchun qulay va bu jarayonlarni tabiiy sharoitlarda, hujayra turg’un holatida bo’lganda tekshirishga imkon beradi.

Download 201.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling