O’quv materiallari 15- mavzu
Yengillashgan diffuziya (aylanma diffuziya)
Download 201.69 Kb.
|
15-maruza (1)
Yengillashgan diffuziya (aylanma diffuziya).
Yengillashgan diffuziya mexanizmi shundan iboratki, muayyan modda mustaqil ravishda o’zi membrana orqali sekin diffuziyalanadi, lekin bu moddaning Amolekulasi tajribalarga ko’ra, lipidlarda eriydigan yordamchi moddalarning X molekulalari bilan birikma hosil qilsa, uning diffuziyasi ko’p marotaba ortadi, unda membrane yuzasida A molekulalar X molekulalar bilan birikadilar va AX birikma holida hujayraga diffuziyalanadilar.Hujayralarda A molekulalar birikmadan chiqib ketadilar. Yordamchi moddalarning molekulalari esa, A molekulalar bilan birikadilar. X molekulalar tashuvchi molekulalar deb ataladilar.Bunga misol qilib, valinomitsin (antibiotik) molekulalarini olish mumkin. Ular qo’shqatlamli lipid membranalar modelida K+ ionini membrane orqali tashiydi. Bu molekula K+ ionini “o’rab olib”, lipidlar eriydigan kompleks hosil qiladi va membrana orqali o’tadi. 2-rasm.Kaliy ionlarining valinomitsin yordamida membrana orqali o’tishi (sxema). Osmos. Difuziya hujayralardagi modda teshilishining asosiy ko’rinishidir. Passiv tronsportning boshqa turlari asosiy suvning transportiga tegishli, suv hujayralarning hayoti faoliyatida muhim ro’lni o’ynaydi, shu sababli hujayra va to’qimalarning suv uchun o’tkazuvchanligini o’rganish katta ahamiyatga ega. Hujayraning suv uchun o’tkazuvchanligi ancha katta.Bu suv molekulalarning kichik o’lchami bilan bog’liq. Shu sababli menbirana tekisliklaridan ular oson o’tadilar (0,36 nm suv uchun va 0,88 nm gulikoza uchun). Suvning hujayra va to’qimalariga kirishi osmos va filtirlanishi natijasida amalga oshishi mumkin. Hujayra menbiranalari yarim o’tkazuchanlik xossasiga ega, yani bir xil moddalarni yaxshi o’tkazish qobiliyatiga, xususan suvni va boshqa moddalarni yomon o’tkazish qobiliyatiga ega. Shu tufayli suv hujayra menbiranalari orqali asosan o’smo’s tufayli o’tadi. Osmos- suv molekulalarning yarim o’tkazuvchan menbirana orqali erigan moddaning konsentiratsiyasi kichik bo’lgan sohadan katta bo’lgan sohaga harakatidir. Erituvchining bu harakatini vujudga keltiruvchi kuch osmotik bosim deyiladi. Eritmaning osmotikbosimi erigan zarachalarning soniga va tempira turaga bog’liq. Vant –Goff teoremiyasiga ko’ra eritmaning osmotik bosimi P, erigan moddaning konsentiratsiyasi C ga va absolyut temperaturaga T ga to’g’ri propodsional P=i* R*C*T (4) Bu yerda; R-gaz doimiysi, i-molekulalar dissosiyalanganda erigan zarachalar miqdorining necha marotaba ortishini ko’rsatadigan, izotonik koeffisent. Noeliktrolitlaruchuni=1. Elektrolitlaruchunizotonikkoefisentdoimbirdankattavadissotsatsiyadarajasigavamolekulalarningdissotsiyalanishidahosilbo’ladiganzarachalarmiqdorigabog’liq. Demak, Osmotik erituvchi molekulalarning difuziyasidan iboratdir. Menbirana orqali suvning osmotik o’tishining tezligitenglamadan topish mumkin. dm/dt=K*S*(P1-P2) (5) Bu yerda dm/dt –yuzasi S bo’lgan membrane orqali birlik vaqt ichida o’tgan suv miqdori; P1va P2 eritmalarning menbirananing bir va boshqa tomonlaridagi osmotik bosimi; K-o’tkazuvchanlik koeffitsienti. Yana bir turi: anomal osmos osmotik va elektirik gradeyentlar mavjudligidagi suvning tashilishiga aytiladi. Filtrlash Osmosdan tashqari suvning ko’chishi gidrostatik bosim gradeyenti mavjud bo’lganda asosan to’qimalarda filtirlanish yo’li bilan ham amalga oshishi mumkin. Filtirlanish to’siqning qandaydir teshiklari orqali gidrostatik bosim ta’siridagi harakatidir. Filtiratsiya tezligini dv/dt ni kapilyardagigidrostatik bosimi ta’sirida chiqishini ifodalovchi Puzelyl tenglamasidan topiladi. dv/dt=πr4(P1-P2)/ 8ηl (6) Buyerda; r- teshikningradusi, l-teshikuzunligi, η-suyuqlikyopishqoqligi, P1 vaP2 –teshikning boshi va oxiri orasidagi bosim farqi,V-filtirlangan suyuqlik hajmi. Filtirlanish hodisasi ko’pdan –ko’p fizologik jarayonlarda muhim ro’l o’ynaydi. Qon plazmasida qon bosimi ta’sirida filtirlanish natijasida buyrak nefronlarida birlamchi siydik hosil bo’lishi misol bo’la oladi. Filtirlanish va osmos hodisalari qon va to’qima orasida suv almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Download 201.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling