Konfessiya lat. cōnfessio dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va yo‘nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha.
Konsepsiya lot. conceptioidrok qilish, idrok, o‘zlashtirish; u yoki bu hodisalarga nisbatan qarashlar tizimi; qandaydir hodisalarni ko‘rib chiqish, nimanidir anglash usuli.
Kon’yunktura – lot. conjunctura bog‘lash, qo‘shish. Bozorkon’yunkturasi – talab va taklif, baholar darajalari, mollar zaxiralari, shuningdek, iqtisodiy sikllar o‘zgarishlar davri – ko‘tarilish yoki tanazzul kabilar o‘zaro tegishli nisbati natijasida erkin bozordayuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatlar. Kon’yunkturaning birinchi belgisi uning tez o‘zgaruvchanligi, doimiy emasligi va aksariyat hollarda tebranib turishi hisoblanadi.
Kooperatsiya lot. cooperatiohamkorlik; ko‘pchilik kishilarning birgalikda bitta yoki o‘zaro birbirlariga bog‘lik o‘lgan bir necha faoliyatlardagi ishtiroki, mehnatni tashkil etish shakllaridan biri; ishlab chiqarish va mahsulot ayirboshlash sohasidagi jamoaviy birlashma.
Kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) — dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kyechish g‘oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizm ya’ni, qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha erni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |