O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.72 Mb.
bet123/157
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#267799
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157
Bog'liq
2 5282874318848527501

Kuchli fuqarolik jamiyati – inson manfaatlari ustuvorligi va fuqarolik jamiyati institutlari orqali ularning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat.

Qonun – qonunchilik hokimiyatining fuqarolar, jamiyat va davlat hayotiga taalluqli munosabatlarda muayyan tartib joriy etish borasidagi irodasining namoyon bo‘lishi.

Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo‘ladi. YA’ni, hech kim, hech birdavlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.

Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Tarixan an’anaviy, xarizmatik, oqilonaqonuniy shakllarda nomoyon bo‘ladi.

Liberalizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiysiyosiy harakat. U ijtimoiy imtiyozlar va avloddanavlodga o‘tuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua qatlamlarining qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni cheklash zarurligi (asoschilari I.Bentam, J.Mill, A.Smit, G.Spenser).


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling