Ko‘ppartiyaviylik–mamlakat parlamentida ko‘pchilik o‘rinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud bo‘lgan siyosiy tizim.
Kuchli davlat –omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga egabo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi.Uningqudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdankuchli jamiyat sari – ushbu konsepsiyaning mohiyati odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich o‘tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi demakdir.
Kuchli jamiyatmustahkam negizning barqaroligi ta’minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |