O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Identifikatsiyalangan o‘quv maqsad


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

Identifikatsiyalangan o‘quv maqsad – tinglovchilar hatti-harakatlari orqali ifodalangan 
rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish 
uchun, o‘quv maqsadlari shundan aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan 
aniqlash mumkin bo‘lsin. 
Ijodiy izlanish – pedagog boshchiligida qo‘yilgan muammolar, masalalarni yechishning yo‘llarini 
faol izlashni tashkil etish usuli, fikrlash jarayoni produktiv (unumli) xarakterga ega bo‘ladi. 
Imitatsion o‘yinlar – bo‘lim, sex, korxona tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion 
o‘yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va obyektlar tarkibi va 
ahamiyati haqidagi tavsilotlarni o‘z ichiga oladi. 
Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda pedagogning 
tinglovchilar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi 
va butun guruh hamda har bir alohida tinglovchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit 
yaratiladi. 
Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog va tlaba 
yakkama-yakka o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar, tinglovchi o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k) 
yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi. 
Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bunda o‘quv jarayonini tashkil etishda individual 
yondashish va o‘qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. 
Individuallashtirilgan o‘qitish – bunday o‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish 
asosida o‘qitish yo‘llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda 
tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishninng 
so‘nggi oylarida o‘tkaziladi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling