Sintez – elementlardan, bo‘limlardan yangilikka ega bo‘lgan yaxlitlikni yaratish ko‘nikmasini
anglatadi.
Credits-host – universitetida (qabul qilgan universitet) muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post-
universitetda (tinglovchini boshqa OTMga jo‘natgan universitet) hisobga olinishi zarur.
Tabaqalashtirilgan o‘qitish – o‘quv jarayonini tashkil etishni bu shakli umumiy didaktika tizimiga
asoslangan bo‘lib.maxsus tashkil ettirilgan tinglovchilarning gomogen guruhlarida, o‘kuv jarayonini
maxsuslashtirishni ta’minlaydi.
Tahlil – bu toifa o‘rganilgan material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol ko‘rsatish
ko‘nikmalarini anglatadi.
Ta’lim axboroti – muayyan faoliyatturi, ixtisosini amalga oshirishda qo‘llashi uchun, ta’lim
oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimdir.
Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga tayyorlashning
asosiy vositasidir.
Ta’lim texnologiyasi – bu ta’limiy axborotlarni manbadan iste’molchiga uzatishda qo‘llaniladigan
didaktik uslublar majmuasidir.
Ta’limni tashkil qilish shakli (lotinchadan forma - tashqi ko‘rinish, qobiq), avvalombor, o‘quv
jarayonini amalga oshirish bilan: ta’lim oluvchilarning soni, o‘qitish vaqti va joyi bilan: ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini tashqi ifodasi bilan bog‘liq: frontal yoki individual ish,
guruhlarda ishlash shakllari.
Ta’lim metodi (lotinchadan metods - yo‘l, usul) – belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchining bir-biri bilan bog‘liq faoliyatini tartiblangan usuli.
Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar,
sinfdagi asbob–uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va b. vositalar hisoblanadi.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |