O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari. 
Таҳсил олувчилар – o‘quvchi, tahsil oluvchi, tinglovchi, ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimi ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarga qatnashuvchi. 
Ta’lim berish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim beruvchini tahsil oluvchi bilan 
tartibli o‘zaro harakati. Ta’lim berish, ikkita bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq hodisalardan iborat: 
o‘qitish va o‘qishdan. 
Texnologiya – yunoncha so‘z – «texno» - san’at va «logos» - o‘rganish. Materiallar yoki yarim 
fabrikatlarni olish, ishlov berishi va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi 
ilmiyfandir. 
Tushunish – uning ko‘rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin 
materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini oqibatlar bashorat qilish. 
Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv – o‘qituvchilar mashg‘ulot davomida o‘quv uslubiy 
adabiyotlardagi ko‘rgazmali vositalar orqali «tayyor» holda bilim oladilar. 
Transferancy – бу ECTS (European Credit Transfer System) tizimiga xohlagan shaxs yoki 
tashkilotning to‘siqsiz kirishiga shart –sharoit yaratish. 
O‘qitish metodlari – o‘qitish maqsadga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish 
va boshqarish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari haqida nazariy tushncha beruvchi didaktik 
kategoriya tushuniladi. 
O‘rgatuvchi modul – o‘qitishning muayyan modul birligi bo‘yicha mazmuni, o‘quvchining o‘quv 
harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan mazmun bo‘yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy 
ishlanmalar mazmunidan iboratdir. 
O‘qitish – ta’lim oluvchilarga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar (BKM) yig‘indisini yetkazishga va 
ularni ta’lim jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchining maxsus faoliyati. O‘qish 
faoliyatini boshqarish o‘qitish predmeti hisoblanadi. 
O‘qish – 1) tahsil oluvchilarning BKM ni o‘zlashtirishga, psixologik jarayonlarni va qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan, maxsus tashkil qilingan faol mustaqil faoliyati: 2) tashkil qilingan 
o‘quv-bilish faoliyati bo‘lib, ushbu jarayonda tahsil oluvchi hissiy qabul qilish, abstraksiyalash va 
amaliyotga suyangan holda bilmaslikdan bilimlilikka, to‘liq bilmaslikdan to‘liqroq va mukammal 
bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling