O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari


Download 0.6 Mb.
bet34/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida vazifaviy xodimli boshqaruvning ajralishi va uni tashkiliy tuzilmalar doirasida ajratilishi sodir bo‘lgan. Dastavval xodimlar xizmatlari faqat ishga yollash masalalari bilan, 20-yillardan boshlab esa mehnatni tashkil qilish va hisobga olish, xodimlarni rag‘batlantirish va ularning malakasini oshirish masalalari bilan shug‘ullanganlar.
Yetakchi firmalarning korxonalarida mehnatdan ratsional foydalanish, ish usullari va yo‘llarini ularning muvofiq birlashuvini belgilash bilan tashkil qilish, ish vaqti, mehnat sarflanishini nazorat qilish, ish haqi tizimini qo‘llash bo‘yicha tadbirlar borgan sari kengroq amalga oshirilgan. Bu yangiliklar tadbirkorlarga mehnatni ko‘proq jadallashtirishga imkon bergan. F.Teylor, G.Emerson, F.Gilbert va boshqalarning asarlari bu faoliyatning nazariy asosi bo‘lgan.
F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko‘ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o‘rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan. Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan. Mashhur fransuz fizigi Le SHatelening fikriga ko‘ra, bu sanoatda mehnatni tashkil qilishga nisbatan qo‘llanilgan matematikadan iborat bo‘lgan. YUqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foydalanilgan:
  • ishbay ish haqining alohida tizimi (me’yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajarilmaganlar uchun – stavkalarni 20-30 % ga pasaytirilishi, jarimalar);


  • vazifalarning bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko‘proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batafsil yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta’minlash, hisob, nazorat.


F.Teylor tizimidan foydalangan korxonalarda o‘rtacha mehnat unumdorligi uch yil ichida ikki marta o‘sgan. Birinchi o‘ttiz yil ichida bu tizim etarlicha keng tarqalgan, deyarli barcha yuqori rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari undan foydalanganlar. F.Teylor o‘zining tizimini ishlab chiqarishning muvaffaqiyati birinchi navbatda xodimning o‘ziga, uning jismoniy kuchiga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqqan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida texnika birinchi o‘ringa chiqqan. Va shunga qaramasdan uning tizimi hali ham ishlab chiqarishni ratsionallashtirishning asosida yotadi. Undan bugun ham takrorlanuvchi operatsiyalarga ega korxonalarda keng foydalaniladi.


AQSH va boshqa mamlakatlardagi F.Teylorning izdoshlari bu tizimni takomillashtirganlar va rivojlantirganlar, ba’zi bir joylariga tuzatishlar kiritganlar. Ular alohida ishlab chiqarish operatsiyalarini o‘rganishdan butun ishlab chiqarish jarayonini va uni tartibga solish usullarini o‘rganishga o‘tganlar. F.Teylorning eng yaqin yordamchisi G.Gant o‘ziga xos jadvalni ishlab chiqadi, unda har bir ishchi har qanday vaqt uchun o‘zining ish haqi natijalarini ko‘rishi mumkin edi.
Jadvalda yana ishlab chiqarish dasturlarining bo‘limlari va vazifani bajarilishining borishi o‘rtasidagi vaqtincha aloqalar aks ettirilgan.
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, bu jadval o‘sha vaqtda mehnatni boshqarishda inqilobni keltirib chiqargan. U korxona doirasidagi ishlab chiqarish jarayonini operativ rejalashtirish, hamda keyinchalik ishlab chiqilgan tarmoqli jadvallarning asosiga yotgan.
F.Teylorning zamondoshi F.Gilbert xronometrajning kashfiyotchisi hisoblanadi.
Amerikadagi kompaniyalardan birining boshqaruvchisi R.Vulьf mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy rag‘batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruvchining ba’zi bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan.
Sotsiolog M.Follet korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi bilan shug‘ullangan.
Garvard universiteti professori G.Meynsterberg mehnat unumdorligini psixologik omillarga bog‘liqligini ta’kidlagan. U birinchi testning va muhandislik psixologiyasining birinchi tizimli ocherkining muallifi bo‘lgan, kasblarni tanlashga ilmiy yondoshishni boshlab bergan.
Muhandislar va ishlab chiqarishning boshqa mutaxassislari bilan bir qatorda psixologlar halokatlar va jarohatlarni oldini olish muammosi, hamda atrofdagi jismoniy sharoitlar – yoritish, isitish, shamollatish va h.k.larning mehnat unumdorligiga ta’sirini tadqiqot qilish bilan shug‘ullanganlar. Ularning g‘oyalari zamonaviy fanda rivojlana boshlagan, uni Evropada ergonomika, AQSHda esa – sotsial injeneriya deb ataydilar.
Ushbu olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy tashkil qilish” tamoyillari ko‘p yillar davomida mehnatni texnokratik boshqarishning asoschisi bo‘lganlar.
Birinchi navbatda bu -
  • rahbarlikni yakka xodimga qaratish;


  • mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishga me’yoriy yondoshishni kiritish;


  • mehnat jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni tashkil qilish;


  • xodimlarni tanlab olish va tayyorlashni o‘tkazish; boshqaruv faoliyatiga mehnat taqsimotini kiritish;


  • ixtisoslashtirilgan xodimlar bo‘linmalarini ajratish haqidagi qoidalardir.


Texnokratik boshqaruv G.Ford zavodlarida yuqori darajada rivojlangan. Uzluksiz-konveyerli ishlab chiqarishni puxta tashkil qilish, rahbarlikni markazlashtirish va mehnatga ilmiy yondoshish tufayli G.Ford va boshqa kompaniyalardagi uning izdoshlari ishlab chiqarish xarajatlarining ancha pasayishi va ishlab chiqarishning o‘sishiga erishganlar.


Fordizm o‘sha vaqtda mehnatni texnokratik boshqarishning o‘zining namoyon bo‘lishi bo‘yicha eng obro‘li texnik-iqtisodiy va sotsial jihatlari bilan jipslashib ketgan.
Teylor nazariyasining printsiplari quyidagilardan iborat:
  • Mehnat taqsimoti nafaqat quyi darajalarda (balki bitta ustaxonada yoki ustaxonada) bo'lishi kerak, balki boshqaruv qatlamlarini qamrab olishi kerak. Ushbu postulatdan tor ixtisoslik talabiga rioya qilindi: nafaqat ishchi o'ziga yuklatilgan funktsiyani bajarishi kerak, balki menejer ham.


  • Funktsional rahbarlik, ya'ni ishchi tomonidan unga yuklangan vazifalarni bajarish ishlab chiqarishning har bir bosqichida amalga oshirilishi kerak. Korxonada bitta usta o'rniga bir nechta bo'lishi kerak, ularning har biri o'z vakolati bo'yicha ishchiga tavsiyalar beradi.


  • Ishchilarga qo'yiladigan talablar ro'yxatini va ularni amalga oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish vazifalarini batafsil bayon qilish.


  • Ishchilarni rag'batlantirish. Teylor har kimga uning maoshi mahsuldorlikka bevosita bog'liqligini etkazishni zarur deb bildi.


  • Individuallik ikki yo'nalishda tushuniladi. Birinchidan, olomonning ma'lum bir odamning ishiga ta'sirini cheklash, ikkinchidan, har bir xodimning individual qobiliyatini hisobga olish.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling