O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU. MENEJMENT TEXNOLOGIYASI. Reja
- Boshqaruv vazifalari-yoki funksiyalari
Nazorat savollari:
Boshqaruv mehnati deganda nimani tushunasiz? Mehnatni boshqarishning xarakteri to‘g‘risida tushuncha bering. Boshqaruv mehnatining o‘ziga xos qanday xususiyatlari mavjud? Mehnatni boshqarishning qanday turlari mavjud? Mehnatni boshqarishning hunarmandchilik turi haqida nimalarni bilasiz? Mehnatni boshqarishning texnokratik turi to‘g‘risida tushuncha bering F.Teylor mehnatni boshqarishning qanday usullarini ishlab chiqqan? Yuqori unumdorlikka erishish uchun qanday usullardan foydalanilgan? D.Mak-Gregor qanday nazariyalarga asos solgan? “Sifat to‘garagi” qanday tashkil qilingan? Mehnatni innovatsion boshqarish nima? 4-MAVZU. MENEJMENT TEXNOLOGIYASI. Reja: 4.1. Boshqaruv jarayoni va funksiyalari. 4.2.Menejmentda axborot va kommunikatsiya. 4.3.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va takomillashtirish yo’llari. 4.1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari- funksiyalari. Boshqarish jarayoni-bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro boglangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yigindisi hisoblanadi. Boshqaruv vazifalari-yoki funksiyalari - boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi. Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va vazifalarning mazmuni tashkilotning turi (ma’muriy, ijtimoiy, ta’lim va h.k.), uning faoliyati ko‘lami va sohalari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko‘rsatish), boshqaruv ierarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, o‘rtacha yoki quyi darajasi), tashkilot ichidagi roli (ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bog‘liq. «Funksiya» – bu lotincha so`z bo`lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma`nolarni bildiradi.1 «Vazifa» – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo`lgan masala, erishilishi lozim bo`lgan, ko`zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal2 demakdir. «Funksiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan torroq ma`noga ega. Zero, funksiya faqat o`z faoliyat doirasidagi vazifalarni o`z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona hisobchisining yoki muhandisining vazifasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. «Vazifa» esa o`z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo`lishi mumkin. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o`rganish boshqaruv jarayonini to`g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Funktsiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta`sir qilish yo`nalishlarini aks ettiradi. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beriladi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; motivatsiya. Boshqaruvning tashkilotdagi vazifalari turli-tumanligiga qaramasdan faoliyatning bir xildagi turlari mavjud bo‘ladi. 1916 yilda ushbu konsepsiyani birinchi bo‘lib ishlab chiqqan A.Fayolning yozishicha, beshta dastlabki vazifalar mavjud bo‘ladi: boshqaruvni oldindan aytib berish va rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni bildiradi. Gap u yoki bu tashkilotning xususiyatlari (o‘lchami, belgilanishi, mulkchilik shakllari va h.k.) dan qat’iy nazar boshqaruvning har qanday jarayoni tarkibiy qismlari bo‘lgan vazifalar haqida ketmoqda, shuning uchun ularni umumiy deb ataydilar. boshqaruvning beshta umumiy vazifalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: rejalashtirish - maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash; tashkil qilish - vazifalarni bo‘linmalar yoki xodimlar o‘rtasida taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish; motivatsiya - ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish; muvofiqlashtirish - ratsional aloqalarni o‘rnatish yo‘li bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari o‘rtasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi; nazorat - haqiqiy erishish mumkin bo‘lgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling