O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet31/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

4.Ma’naviy usul - ta’lim tarbiya, mehnat va bozor madaniyati, urf-odatlar, odob normalari, insoniylik, birlik va xokozalar. Ishlab chiqarishni boshqarish ob’ektiv omillarga boѓliq bo‘lmasdan, ma’lum darajada sub’ektiv, ya’ni sotsial-psixologik omillarga ham boѓliq bo‘lib, ishlab chiqarishni boshqarish sistemasiga iqtisodiy usullar bilan bir qatorda sotsial-psixologik usullar ham kiradi
Nazorat savollari:

  • “Menejment”atamasi nimani bildiradi?


  • Boshqaruv nima?


  • Tashkilot menejmenti tizimining tuzilishi qanday?


  • “Boshqaruv” va “Menejment” tushunchalaridagi farq nimadan iborat?


  • Boshqaruvning iqtisodiy usullari nimaga asoslanadi?


  • Boshqaruv tamoyillari deganda nimani tushunasiz?


  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa nima? Teskari aloqa-chi?


  • Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari nimaga asoslanadi?


  • Ijtimoiy-psixologik usullarning mohiyati nimada? Ular qanday fanlarga asoslanadi?


  • Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari qanday muammolarni echishga qaratilgan?


  • Boshqaruvning tashkiliy-ma’muriy usullari nimaga asoslanadi?




3-MAVZU. MEHNATNI BOSHQARISH USULLARI.
Reja:
1.Mehnatni boshqarishning xarakteri.F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari. Mehnatni texnokratik boshqarish.
2.D.MakGregorning “X” va “Y” nazariyasi. Mehnatni innovatsion boshqarish.


1.Mehnatni boshqarishning xarakteri.F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari. Mehnatni texnokratik boshqarish
Mehnat o‘zining xarakteri bo‘yicha hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo‘lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil etishni va tartibni taqozo etadi.Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda bu — organizmda yig‘ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo‘ladigan asab va mushaklar harakati hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir. Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiypsixologik jarayon bo‘lib, u kishilarning yashashi uchun shart bo‘lgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson bilan tabiat o‘rtasida sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson o‘zining faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Mehnat - bu insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir. Dastlab inson o‘z harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud bo‘lishi ongli mavjudot bo‘lgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina bajaradigan ish tushunchasidan ajratib turadi. Maqsadga ega bo‘lgan inson tabiat in’omi — bug‘doy yoki javdar, yog‘och yoki loy, paxta tolasi, jun yoki teridan foydalanib, yangi mahsulot yaratadi, ya’ni o‘z organizmining jismoniy va aqliy quvvatidan foydalanib, mehnat harakatlarini ongli ravishda amalga oshiradi. Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan mehnat vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayonini tasvirlaydigan bo‘lsak, u uchta asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: xomashyo materiali (mehnat predmetlari); mehnat vositalari; jonli mehnat sarflari

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling