O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet27/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish;


  • iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish;
  • aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni ijtimoiy himoyalash.

    Undiriladigan soliq summasining soliq ob’ekti summasi (hajmi)ga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qat’iy, progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. SHu sababli uni cheksiz oshirib bo‘lmaydi.
    Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun soliqlar firma topgan foydaning 40 foizidan oshmasligi kerak. Aks holda firma rivojlana olmaydi.
    Subsidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi kuchli moliyaviy vositalaridan hisoblanadi.
    Subsidiya – bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.
    Subsidiyalar:

    • iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o‘zgartirish);


    • eksport-importni muvozanatlashtirib turish;


    • novatsiya (yangilikni o‘zlashtirish) ishlarini yo‘lga qo‘yish;


    • ayrim hududlarga yordam berish;


    • konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi.




    Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta’minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me’yorda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
    Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
    • korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;


    • qarzni to‘lash muddatini kechiktirish;


    • qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;


    • korxonaga soliqdan engillik berish;


    • soliqni kreditga aylantirish;


    • korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;


    • subsidiya ajratish;


    • korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.


    Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. Birinchisi – korxonaning milliy yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak, ikkinchisi – korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob’ektiv sabablar bo‘lishi lozim.


    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlarning keskin farqlanishi, aholining turmush darajasi bo‘yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning haddan tashqari va haddan tashqari kambag‘allardan iborat qutblarga ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga olishga madjbur bo‘ladi.
    Bunday taqsimlash shaxsiy daromadlarni progressiv soliqqa tortish va transfert to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.

    Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling