O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet25/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

2.2. Boshqaruv usullari.
Rivojlangan davlatlarni mutaxassislar fikricha korxona va firmalarning muvaffaqiyatli faoliyatining kaliti firma boshqaruvini samarali tashkil qilishdadir, ya’ni

1.Firma boshligini harakati. 2.Ishlovchilar xulki.
3.Jamoaning ishlab chiqarish faoliyati. 4.Firma ishining natijasi.
Boshqaruv tizimi darajama-daraja bo‘ysunish qoidasi asosida ko‘riladi.
Rahbarning usuli – bo‘ysunuvchilarning ishdan roziligi jarayonidir. U yoki bu usulni qo‘llash yutug‘i ko‘pgina vaziyatlarga bog‘liq: vazifalarning mazmuni va ularning hal qilinishi muddatlari, rahbar shaxsiyati, jamoa va ijrochining xususiyatlari, “joriy lahza” ning o‘ziga xosligi va boshqa omillar.
Usul deganda, rahbarning qo‘l ostidagilarga munosbati bo‘yicha shunday ahloqiy manerasi tushuniladiki, unda rahbar o‘z qo‘l ostidagilarga ma’lum bir vaqtda zarur bo‘lgan narsani qildira oladi. Ikki asosiy usul shkalasi mavjud:
  1. “hokimiyat shkalasi”, uning diapazoni to‘liq demokratiyadan mutlaq avtokratiyagacha cho‘ziladi. Bu yerda rahbarning qo‘l ostidagilarga boshqaruv sub’ekti sifatidaga munosbati muhokama qilinadi;


  2. “kutilayotgan afzalliklar” shkalasi, bunda rahbarning qo‘l ostidagilarga boshqaruv ob’ekti sifatidagi munosabati aks etadi.




Boshqaruv usullari -qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi tizimcha — boshqaruv subyektini boshqariluvchi tizimcha — boshqaruv obyekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy obyekti)ga ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullariga ajratiladi. Boshqaruv usullari boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan jarayonini ta’riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar bajariladi. Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ularga. an’anaviy ravishda iqtisodiy, ma’muriy (ba’zida ularni tashkiliy deb ataydilar) va ijtimoiy-psixologik usullar kiradi.
Boshqarish usullari - bu rahbar xodimlarning asosiy boshqarish usullari va mexanizmlari bo‘lib har qanday ishlab chiqarish samaradorligi, natijalarini shu usullardan oqilona foydalanishga har tomonlama boѓliqdir. Zamonaviy boshqarish usullari iqtisodiy faoliyatda muhim o‘rinni tutib, quyidagilar asosida ish olib boradi:
1.Iqtisodiy boshqarish usuli. 2.Tashkiliy - ma’muriy usuli. 3.Ijtimoiy - psixologik usul.4.Ma’naviy ma’rifiy usul

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling