O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar


Download 0.6 Mb.
bet54/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga ko`ra qabul qilinadi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo`ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko`p hollarda asosli tankidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o`zini ko`rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo`ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o`zaro ishonchning yo`qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli o`laroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko`ra ilgari surilayotgan muqobil fikrni so`zsiz qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Kollegialliktamoyili «koalitsiyalar», ya`ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro`yirost ma`lum bo`lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo`liga o`tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko`pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko`pchilik hollarda yarmidan ko`p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me`yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya`ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo`llaniladi. O`z mohiyati bilan: Konsensus– bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Bunga o`zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo`llash yordamida erishiladi.
«Ringi» usuli yapon biznesida keng qo`llaniladigan usuldir.
9-jadval
«Ringi» usulini qo`llash bosqichlari


Bosqichlar

Izoh

1.

Birinchi bosqich


  • Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qa-ror qabul qilinishi lozim bo`lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarish)ga doir umumiy mulohaza-larni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o`rtaga tashlaydi.


2.

Ikkinchi bosqich

  • Muammo «pastga», ya`ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi.


3.

Uchinchi bosqich

  • Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo`-yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtilof-larni, qarama-qarshi nuqtai-nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.


4.

To`rtinchi bosqich

  • Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiya-lar o`tkaziladi.


5.

Beshinchi bosqich

  • Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o`z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.



Bu usulga ko`ra majlislarda emas, balki so`rab chiqish yo`li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Yaponiyada «Ringi» usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas`uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko`rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari semashaqqat bo`lgani uchun yapon matbuotida uning sha`niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo`lsada, uni qo`llashdan voz kyechish to`g’risida hech narsa deyilmaydi.

Qaror shaxs tomonidan qabul qilinadi, shunday ekan unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi.


Shu nuqtai-nazardan quyidagi ko`rinishdagi qarorlarning mavjudligi e`tirof etiladi: mo`tadil, muvozanatlashgan qarorlar; turtki beruvchi qarorlar; tinch holatni saqlovchi qarorlar; tavakkalli qarorlar; ehtiyotkorona qarorlar; oqilona qarorlar.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling