O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish


Download 0.6 Mb.
bet55/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo`yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. SHu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko`lamiga ko`ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi (8-chizma).


Qarorni ishlab chiqish jarayoni bosqichlari.

1

Vaziyatni tahlil


qilish



8

Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va unga baho berish






2

Muammoni aniqlash







7

Qaror ijrosini uyushtirish






3

Mezonlarni tanlash





6


Qaror to`g’risida kelishib olish






4

Muqobil variantlar ni aniqlash





5


Muqobil variantni tanlash




8-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar.
Keltirilgan chizma taxminiy bo`lib vaziyatga va hal qilinayotgan holatning xususiyatlariga ko`ra o`zgarishi mumkin.
Qaror qabul qilish jarayonida qarorlar tashkiliy, intuitiv, fikr-mulohazaga asoslangan qarorlar va hokazo bo`ladi.
Tashkiliy qaror – bu rahbar egallab turgan lavozimi bo`yicha vazifalarni bajarish uchun qilinishi kerak bo`lgan tanlov. Tashkiliy qaror maqsadi tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishni ta`minlash. Shuning uchun eng samarali tashkiliy qaror, oxirgi maqsadga erishishga eng ko`p hissa qo`shadigan va haqiqatda amalga oshiriladigan tanlov hisoblanadi. Tashkiliy qaror dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan bo`ladi.
Dasturlashtirilgan qaror– bu matematik tenglamalarni yyechishdagi kabi, qadamlar va harakatlarning ma`lum ketma-ketligida amalga oshirish natijasi. Bunda muqobillar soni chegaralangan va tanlov tashkilot belgilangan yo`nalish chegarasida amalga oshirilishi kerak. Dasturlashtirishni samarali tashkiliy qarorlarni qabul qilishda muhim yordamchi vosita deb hisoblash mumkin. Qaror qanday bo`lishi kerakligini aniqlab, rahbariyat xatolik ehtimolligini kamaytiradi va vaqt qisqartiriladi. Agar tuzilgan qaror qabul qilish uslubiyoti noto`g’ri bo`lsa, qaror samarasiz bo`ladi.
Dasturlashtirilmagan qarorlar– ma`lum darajada yangi, tizimlashtirilmagan yoki noma`lum omillar bilan bog’liq bo`lgan holatlarda kerak bo`ladi. Oldindan kerakli qadamlar ketma-ketligini tuzish mumkin bo`lmaganligi sababli, rahbar qaror qabul qilish protsedurasini ishlab chiqishi kerak. Bunday qarorlarga misollar: tashkilot maqsadlari qanday bo`lishi kerak, mahsulot sifatini qanday oshirish kerak, boshqaruv strukturasini qanday takomillashtirish zarur, xodimlar motivatsiyasini qanday kuchaytirish kerak va hokazo.
Rahbar bir qancha tanlov variantlariga ega. Bunda asosiy maqsad – qarorlarni samarali qabul qilish imkoniyatlarini beruvchi asoslarni o`rganish. Shuni ta`kidlash kerakki, qabul qilingan qaror natijalari ayrim sohalar uchun salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun qarorlar tashkilotni tizim sifatida ko`rib, hamma qismlari uchun javob beradigan holda qabul qilinishi kerak. Rahbar oxirgi natijani ko`zlab, kamchiligi bo`lsa ham shunday muqobil qaror qabul qilish kerakki, natijada ko`proq maqsadga erishilsin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling