O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilma


Download 0.6 Mb.
bet83/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija mahsulot, is’temolchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarni markazlashuvi va ishlab chiqarish (tijorat) bo‘linmalarining faoliyatini markazlashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga bo‘linmalar operativ qarorlarni qabul qiladilar, “foydaninng markazlari” bo‘lgan holda, foyda olish uchun mas’uldirlar. Divizional tuzilmani ba’zida “muvofiqlashtirilgan markazlashtirmaslik” sifatida belgilaydilar. Undan ko‘p mahsulotli ishlab chiqarish(tijorat) yoki ko‘p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi hududiy tarqoqlikda mamlakatli bo‘limlarni avtonomlashtirish zarur. Ayniqsa u bozor holatining o‘zgarishlari kamroq ta’sir ko‘rsatuvchi va amalda texnologik yangiliklarga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda samarali qo‘llaniladi.
Tashkilotning divizional tuzilmasida har xil bozorlardagi faoliyatning turlarini ratsional boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish bo‘limlari rahbarlari o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot.ko‘rsatilayotgan xizmatlar va o‘zlariga biriktirilgan hududga ko‘ra faoliyatni nafaqat “daraja bo‘yicha”, balki “vazifalar bo‘yicha ” ham muvofiqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi.
Ammo ishlab chiqarish bo‘limlarida maqsadlarni “qisqartirish” tendensiyasi kuzatiladi. Bo‘limlarni tashkil qilish natijasida boshqaruv apparatini o‘sishi qo‘shimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirilgan holda taqsimlanishda ular etishmagan holda bo‘limlar o‘rtasida nizolar vujudga kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana bo‘limlararo karьera qiyinlashadi.
Mintaqaviy, mahsulotli va is’temolchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning turli-tumanligi bo‘ladi, unga ko‘ra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, xaridorlarning guruhlari yoki geografik alomatlari bo‘yicha elementlar va bloklarga bo‘linadi.
Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq geografik hududlarni qamrab olsa, unda uning tashkiliy tuzilmasini hududiy tamoyil bo‘yicha, ya’ni uning bo‘limlari joylashgan joy bo‘yicha qurish maqsadga muvofiqdir.
Mintaqaviy tuzilmada mahalliy qonunlar, odatlar va is’temolchilarning zaruriyatlari bilan bog‘liq muammolar tezroq va osonroq hal qilinadi, chunki tashkilotning mijozlar bilan, hamda tashkilot a’zolari o‘rtasidagi aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Yirik firmalarning keng geografik hududlarni qamrab oluvchi, o‘zlari ham, o‘z navbatida kichikroqlarga bo‘linuvchi bo‘linmalarga ega sotish tashkilotlari mintaqaviy tashkiliy tuzilmalarga misol bo‘la olali. Boshqa firmalar asosan (dori-darmon va im’temol tovarlari ishlab tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha) har xil mamlakatlarda maxsus sho‘‘ba kompaniyalarini tashkil qiladilar (23-chizma).

    3-Минтақадаги бўлим



    2-Минтақадаги бўлим



    1-Минтақадаги бўлим



    А туманидаги бўлим



    Б туманидаги бўлим



    В туманидаги бўлим



    Г туманидаги бўлим



    Д туманидаги бўлим



    Е туманидаги бўлим



1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling