O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Boshqaruvning matritsa tuzilmasi –


Download 0.6 Mb.
bet82/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Boshqaruvning matritsa tuzilmasi – bu boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi bo‘lib, u ikkita tuzilmalar to‘g‘ri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib borish yo‘li bilan yaratiladi.
To‘g‘ri chiziqli tuzilmaga muvofiq( vertikal bo‘yicha ) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, ta’minot, dasturiy maqsadli tuzilmaga muvofiq ( gorizantal bo‘yicha ) dasturi(loyiha)ni boshqarish.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur(loyiha)ning rahbari to‘g‘ri chiziqli rahbarlarga ham bo‘ysunuvchi mutahassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur bo‘yicha nima va qachon qilinishi kerakligini belgilaydi.to‘g‘ri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasining afzalliklari quyidagilar:
  • boshqaruv xodimlari faoliyatini vazifaviy bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi dasturiy bo‘linmalarni shakllantirish yo‘li bilan faollashtirish, boshqaruv vazifalarini yuqori natijalarga erishish uchun javobgar bo‘lgan rahbarlar (loyihaviy va dasturiy guruhlar rahbarlari) va mavjud resurslardan to‘liqroq foydalanish uchun javobgar bo‘lgan rahbarlar (vazifaviy bo‘linmalar boshliqlari) o‘rtasida etarlicha aniq taqsimlanishi;


  • barcha darajadagi rahbarlar va mutahassislarni ishlab chiqarish (tijorat) ni takomillashtirish bo‘yicha faol ijodiy faoliyatga jalb qilish;


  • qarorlar kabul qilish bo‘yicha vakolatlarni o‘rtacha darajaga topshirish natijasida yuqori darajadagi rahbarlarga yuklamani pasaytirish. Bunda asosiy qarorlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va uni nazorat qilish yuqori darajada saqlanib qoladi. Bir necha dasturlarni bajarishda resurslar bilan manevr qilishning egiluvchanligi va operativligi ta’minlanadi.


Matritsa tuzilmalarida yangi texnologik jarayonlar va unumli uskunalarni tadbiq etish bilan bog‘liq qayta qurishlarni tez tez o‘tkazish mumkin.


Matritsa tuzilmalariga o‘tishda murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishda yirik tashkilotlarda eng katta samaraga erishiladi.
SHu bilan birga guruhlardan tashkilotning matritsasini qurish elementlari sifatida foydalanish salbiy tomonlarga ham ega: bunday guruhlar barqaror tuzilmalar bo‘lmaydilar. Ulardan intensiv ravishda foydalanishda xodimlar “tashkiliy bino”dagi o‘z joylaridan mahrum bo‘ladilar, ular doimiy ravishda guruhdan guruhga ko‘chib yuradilar va butun tashkilot vaqtinchaga to‘xtab qoladi. Agar tashkilot bunday guruhlardan foydalanishga borgan sari ko‘proq murojaat qilsa, unda guruhlar va loyihalardagi rahbarlar va mutaxassislarni tez-tez o‘zgarishi nazoratni yo‘qligiga olib keladi va tashkilot osongina barbod bo‘ladi. Bu holda to‘liqligicha matritsa tuzilmasini tashkil qilishga to‘g‘ri keladi, bu salbiy samarani pasaytiradi. Bundan tashqari matritsa tuzilmalari uchun nizolarning yuqori darajasi xosdir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling