O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-jadval Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalarini solishtirish


Download 1.79 Mb.
bet127/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

16-jadval
Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalarini solishtirish



Afzalliklar

Kamchiliklar

Ichki manbalar

“ilgari surish”g‘oyasining shakllanishi;
baholashning yaxshi imkoniyatlari;
qidirishga kam xarajatlar;
xodimlarning motivatsiyasi

“buzilish” ehtimoli;
boshqa xodimlar bilan muammolar;
tashkilot ichidagi istalmagan aloqalar;
xodimlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish zarurligi

Tashqi manbalar

“yangi qop”
o‘qitishga xarajatlarning pasayishi;
tashkilotda istalmagan aloqalarningyo‘qligi;
tashqi tajribani aralashtirishi

birga bo‘la olmaslikning extimoli;
tashkilotda ishlovchi nomzodlar uchun ma’naviy muammolar;
moslashuvning uzoq davri

Nomzodlarni baholash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:



  • manbashunoslik (bibliografik). Xodimlar haqidagi ma’lumotlar, ularni hisobga olish bo‘yicha varaq, ariza, tarjimai hol, ma’lumot haqidagi hujjatlar, ta’rifnoma, rezyumeni tahlil qilishdan iborat bo‘ladi;

  • xodim bilan inson va uning kasbiy tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ixtiyoriy shaklda yoki yaxshisi – oldindan tuzilgan sxema bo‘yicha “savol-javob” tarzida suhbatlashish (intervьyu olish). Bunda ekspert guruhlarining xodim bilan ikki va ko‘proq bosqichli suhbatlashishlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir;

  • anketa so‘rovlarni o‘tkazish – shaxs sifatlariga o‘ziga-o‘zi baho berish va ularni keyinchalik tahlil qilish uchun maxsus anketa yordamida so‘rov;

  • baholanayotganni yaxshi biluvchi xodimlarni sotsiologik (anketali) so‘rash va shaxs sifatlarining diagrammasini qurish;

  • baholanayotgan xodimning orqasidan norasmiy va ishchi holatida kuzatish;

  • testdan o‘tkazish, ya’ni kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar, qobiliyatlarni maxsus testlar yordamida belgilash va keyinchalik ularni “kalitlar” yordamida shifrlarini ochish;

  • keskin hodisa, ya’ni vaziyatni yaratish va odamning uni hal qilish jarayonidagi xulqi orqasidan kuzatish;

  • ishbilarmonlik o‘yini, uning natijalari bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarning tahlili, o‘yinchilarning ularning rollari bo‘yicha ranjirovkalash (“g‘oyalar generatori”, “tashkilotchi” va boshqalar) va kichik guruhda ishlash qobiliyatini baholash bajariladi;

  • nomzodga tahlil qilish va uni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash vazifasi bilan berilgan aniq vaziyatning tahlili;

  • dasturlashtirilgan nazorat, ya’ni nazorat savollari yordamida kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar, aqlning darajasi, tajriba, ishlash qobiliyatini baholash;

  • imtihon (zachyot, bizes-rejalarni himoya qilish) – ma’lum fan bo‘yicha tayyorgarlik va imtihon komissiyasi oldida so‘zga chiqishni ko‘zda tutuvchi bilimlar va ko‘nikmalarning nazorati.

Bunda bir necha usullardan foydalanishni o‘z ichiga oluvchi majmuaviy yondoshuv eng yaxshi natijalarni beradi.
Ushbu ishni o‘tkazishda aniq lavozimga talablar va nomzodlarning ushbu lavozimga ma’lumotlarini solishtirilishini o‘tkazish kerak.
Buning uchun lavozimning professiogrammasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Professiogramma – bu mutaxassislik, kasb, lavozimning (psixologik, ishlab chiqarish – texnik, tibbiy-gigienik va h.k.) xususiyatlari aks ettirilgan (bayon qilingan) hujjatdir.
Professiogrammada kasb, lavozimning batafsil ta’rifi uni o‘zlashtirishda ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi ushbu kasb, lavozimning eng murakkab vazifalarini ko‘rsatish bilan beriladi. Bunda odamning psixofiziologik sifatlari (ko‘zning xiraligi, sekin javob qaytarish va h.k.) va ishlabchiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ko‘rsatiladi.
Professiogramma asosida ushbu lavozimni egallaydigan odam albatta ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni ajratish kerak.
Keyin ekspert yo‘li bilan har bir sifatning salmog‘i belgilanadi, hamda ushbu lavozimga da’vogar bo‘lgan aniq odamning har bir sifatiga baho beriladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, sifatlarni tanlab olish va ayniqsa ularning menejerlarning har bir guruhi uchun salmog‘i o‘zgartiriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ishbilarmonlik sifatlarining ekspert baholari jadvalga kiritiladi, har bir kishining salmog‘i ham xuddi shunday qilinadi (17-jadval).

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling